Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Download 0.49 Mb.
|
Автореферат 15.07.2023
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hudud iqtisodiyotini rivojlantirishda diversifikatsiya qilishni takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
hududdagi iqtisodiyot tarmoqlar o‘rtasida diversifikatsiya darajasini o‘lchashning o‘zgarmas-miqdoriy usullari takomillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2018-yil 16-avgustdagi 87-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan “Qoraqalpog‘iston Respublikasining 2030-yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish kontseptsiyasi” da Qoraqalpog‘iston Respublikasi "Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi faoliyatida qo‘llash uchun joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2023-yil 29-fevral 06/202-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotda joriy etish natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyot tarmoqlarida diversifikatsiya darajasini va takribiy o‘zgarishlarni tahlil qilish imkoniyatini oshirgan; hududda diversifikatsiya jarayonlarini jadallashtirish maqsadida iqtisodiyot tarmoqlariga ixtisoslashgan qurilish, baliqchilik, farmatsevtika, paxta-to‘qimachilik, sutni qayta ishlash klasterlarini tashkil qilish maqsadga muvofiqligin asoslash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2018-yil 16-avgustdagi 87-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan “Qoraqalpog‘iston Respublikasining 2030-yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish kontseptsiyasi”da Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi faoliyatida qo‘llash uchun joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2023-yil 29-fevral 06/202-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotda qo‘llash natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mavjud faoliyat turlari bo‘yicha shahar va tumanlar sanoatida chuqur ixtisoslashuv, ya’ni klasterlar tuzishning salohiyatini aniqlash imoniyatini bergan; Qoraqalpog‘iston Respublikasining qishloq hududlarining o‘ziga xos xususiyatlari, mavjud resurslardan samarali foydalanish salohiyatini hisobga olgan holda, diversifikatsiya jarayonlari sxemasi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2018-yil 16-avgustdagi 87-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan “Qoraqalpog‘iston Respublikasining 2030-yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish kontseptsiyasi”da Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi faoliyatida qo‘llash uchun joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2023-yil 29-fevral 06/202-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq joylarida diversifikaktsiyani amalga oshirishdagi asosiy to‘siqlarini 1,5 martaga kamaytirish imkoniyati yaratilgan; Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsuloti, xizmatlar hajmi va asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmining 2023-2027-yillarga mo‘ljallangan prognoz taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 2018-yil 16-avgustdagi 87-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan “Qoraqalpog‘iston Respublikasining 2030-yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish kontseptsiyasi”da Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi faoliyatida qo‘llash uchun joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2023-yil 29-fevral 06/202-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotda qo‘llash natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida diversifakatsiya jarayonlarini takomillashtirish uchun maqsadli dasturlar ishlab chiqish, mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish orqali yangi imkoniyatlar yaratish va hududning samarali istiqbolini belgilashning ustuvor yo‘nalishlari aniqlangan. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling