Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


Download 0.49 Mb.
bet3/36
Sana19.09.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1680925
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
Автореферат 15.07.2023

I. S. Abdullayev
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy
kengash raisi, i.f.d, professor


T.J. Raximov
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy
kengash ilmiy kotibi, Phd.


U.R. Matyakubov
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy
kengash qoshidagi ilmiy seminar
raisi, i.f.d., (DSc), dotsent
Kirish (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi)


Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahon mamlakatlarida sanoatni tarmog‘ini diversifikatsiyalash jarayonlari jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda. “Bugungi kunda AQSh, Yaponiya, Germaniya, Frantsiya, Italiya, Koreya Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi kabi rivojlangan davlatlarning mintaqaviy iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash strategiyalarini amalga oshirish asosida barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atiga erishmoqda. AQShda 2022-yilning 4 choragida sanoatda yaratilayotgan YaIMning xususiy mahsulot ishlab chiqarish tarmoqlari 4.0 foizga, xususiy-servis sanoati 2.3 foizga oshgan”1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xududiy iqtisodiyotni rivojlantirish, iqtisodiy jarayonlarini diversifikatsiya qilish strategiyasini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Jahonda globallashuv va iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida, diversifikatsiyalash jarayonlarini rivojlantirish xususiyatlari va ta’sirini aniqlash mintaqalarning o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olib, iqtisodiy jarayonlarini diversifikatsiyalash bo‘yicha qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Hududlarda diversifikatsiya strategiyasini amalga oshirishning dastlabki shartlarini aniqlash, ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribalarni o‘rganish va takomillashtirish, diversifikatsiyani kontseptual yondoshuvlarini ishlab chiqish, diversifikatsiya jarayonlarini ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirish va prognoz qilish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar ustuvor yo‘nalishlar sifatida qaralmoqda.
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining 22-maqsadida “Milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash va yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushini oshirishga qaratilgan sanoat siyosatini davom ettirib, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 1,4 baravarga oshirish belgilangan”2. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi yirik sanoat tarmoqlari va hududiy korxonalar o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va diversifikatsiya qilish ustuvor vazifalardan hisoblanadi. Ushbu vazifalarni samarali bajarilishi hududdagi iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasida diversifikatsiya darajasini o‘lchashning o‘zgarmas-miqdoriy usullarini takomillashtirish, diversifikatsiya jarayonlarini jadallashtirish maqsadida, klasterli yondoshuvlardan samarali foydalanish, diversifikatsiya jarayonlarini 2027-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlarini ishlab chiqishni taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” gi, 2020-yil 11-noyabrdagi PQ-4889-sonli “2020-2023- yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-иқтисодий rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2022-yil 30-maydagi PQ-264-sonli “Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy tumanlarida tadbirkorlikni rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 155-sonli “2022 - 2026 -yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu tadqiqot natijalari muayyan darajada xizmat qiladi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling