Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi


Download 160.92 Kb.
bet7/21
Sana16.06.2023
Hajmi160.92 Kb.
#1489466
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
Автореферат Юсупов Ш. Х

Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot xulosalariga ko‘ra Xorazmning XIVXV asrlardagi siyosiy va iqtisodiy holati, shaharlar madaniyati va ularning madaniyat komplekslari, shu davr ma’naviy hayoti masalalarini tahlil qilish asosida Xorazmning shu davrlarda Amir Temurning ulkan saltanati tarkibiga kirganligi hamda Amir Temur va temuriylar davrida amalga oshirilgan bir qator tadbirlar yagona saltanatning boshqa hududlari qatori Xorazmning ham madaniy rivojlaninshi yo‘lidagi omillardan bo‘lganligi bilan bog‘liq xulosalardan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 20202022-yillarda bajarilgan “Markaziy Osiyo mutafakkirlari asarlari asosida buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi ma’rifiy, tarbiyaviy kurash asoslarini o‘zida jamlagan multimedia dasturi hamda mobil ilovasini yaratish” nomli FZ202002146 amaliy loyihada foydalanilgan(O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan berilgan 2023-yil 28-martdagi 02292-sonli dalolatnomasi). Tadqiqot natijalaridan foydalanish innovatsion loyihaning ilmiy ahamiyatini oshirib, ayrim nazariy masalalarning yechimi sifatida xizmat qilgan.
Mavzu bo‘yicha natijalar Qurolli Kuchlar Davlat muzeyidagi ekspozitsiyalarning bo‘limlarini shakllantirishda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida 20212022-yillarda bajarilgan “O‘zbek harbiy san’ati tarixi” mavzusidagi fundamental loyiha doirasida foydalanilgan;
tadqiqot xulosalariga ko‘ra yozma manbalarning yangicha tahlili hamda ularni yangi arxeologik tadqiqotlar ma’lumotlari bilan qiyosiy tahlil qilish asosida Xorazmning Amir Temur va temiriylar davridagi madaniy rivojlanish jarayoni mustaqillikgacha bo‘lgan ilmiy adabiyotlarda, ayniqsa, sobiq Sovet tarixshunosligida o‘zining haqqoniy aksini topmaganligi, Sovet tuzumi davri adabiyotlaidagi Amir Temur hujumlari natijasida Xorazm madaniyati yer bilan yakson qilinganligiga doir fikrlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi va chiqarilgan xulosalar xolislikka ega emasligi kabi ilmiy asoslangan fikr-tavsiyalar loyiha doirasida joriy etilgan.
Taqdim etilgan ilmiy ish natijalari Qurolli Kuchlar Davlat muzeyi ekspozitsiyalarini boyitishda xizmat qilgan. Dissertatsiya natijalarining samaradorligi va ular asosida ishlab chiqilgan tavsiyalarning amaliyotga tatbiq etilishi yuzasidan erishilgan ijobiy natijalar loyiha doirasida dastur, to‘plamlar ishlab chiqishda foydalanildi(O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2023-yil 29-martda berilgan 10/559-sonli dalolatnomasi). Tadqiqot natijalari muzeyga tashrif buyuruvchilarda mavzu yuzasidan yangicha tafakkurni shakllantirishga va ilmiy bilimlarni boyitishga xizmat qilgan.

Download 160.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling