Urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakultet iqtisodiyot kafedrasi
Download 201.58 Kb.
|
Asadbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy rahbar: __________ __________________ (imzo) Kurs ishi himoya qilingan sana “____” __________2022y. Baho “_____” ___________
- II.Bob. Yalpi talab tushunchasi va grafigi……………………………………..
- Xulosa………………………………………………………………………………. Foydalanilgan adabiyotlar royxati…………………………………………….. KIRISH
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI IQTISODIYOT FAKULTET IQTISODIYOT KAFEDRASI «MAKROIQTISODIY TAHLIL VA PROGNOZLASH» fanidan KURS ISHI Mavzu: « Yalpi talab va yalpi taklif modeli » Bajardi: Madrimov Asadbek guruhi: 193-Iqtisod Ilmiy rahbar: __________ __________________ (imzo) Kurs ishi himoya qilingan sana “____” __________2022y. Baho “_____” ___________ Urganch – 2022 yil MUNDARIJA: Kirish……………………………………………………………………………….. I.Bob. Yalpi talab- yalpi taklif modeliga umumiy tavsif……………………… 1.1 Yalpi talab tushunchasi…….. …………………………………………………… 1.2 Yalpi talabga tasir etuvchi omillar….……………………………………….. II.Bob. Yalpi talab tushunchasi va grafigi…………………………………….. 2.1 Ad-as modelida narxlar va milliy ishlab chiqarish real hajmining muvozanati darajalari…………………………………………………………………………… 2.2 Yalpi talabning bozor munosabati. Xulosa………………………………………………………………………………. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati…………………………………………….. KIRISH Iqtisodiyotni o'rganishda va uni hayotga tadbiq etishda, biz avvalam bor uning eng muhim bo'lgan qirralarini anglashga kirishamiz. Insoniyat paydo bo'lib hayot jarayoni rivojlanishi bilan jamiyatda va odamlar o'rtasida shunday bir kategoriya paydo bo'ldiki, uning borligini hech kim rad eta olmaydi. Bu insonlarning ehtiyojidir. Ehtiyoj har bir insonda, hattoki, hayvonlarda ham mavjuddir. Lekin shu o'rinda, biz ayta olamizki inson ehtiyojlari hayvonlarning ehtiyojidan juda kata farq qiladi. Insonlar yig'ilib jamiyatni tashkil etgandan keyin bu o'z o'rnida jamiyat ehtiyojlarini keltirib chiqaradi. Ehtiyoj bo'lsa o'z o'rnida yana bir muhim element talabga yo'l ochadi. Har qanday ehtiyojlar ham talab bo'la olmaydi. Ular ma'lum bir mezonlardan o'tgandan keyin bu elemtga aylanadi. Shuni qaror qildikki talab haqida qisqacha ma'lumot berishga. Va shu o'rinda talab bir odamga yoki ayni indivividualga tegishli bo'lsa, yalpi talab degan atama ham bizga uning kengroq doiradagi tushunchasini anglatadi. Ya'ni ehtiyojlarning kengayib borishi va hamda jamiyat taraqqiyoti mobaynida mamlakat yoki ma'lum bir xududlarda bir individualga emas, aksincha juda ko'plab odamlarning manfaatlari doirasida yuzaga keladigan, hamda ular ko'pchilik tomonidan o'zlashtiriladigan va istemol qilinadiga talabdir. Yalpi talab shu holatni anglatishi bilan oddiysidan farq qiladi.Jamiyat ehtiyojlari cheksizdir. Ulardan oqilona foydalanish uchun esa har birimizdan bilim va shu sohadagi ko'nikma talab qilinadi. Resurslardan oqilona foydalanish zarurdir. Har qanday jamiyatning asosini iqtisodiy munosabatlar tashkil etadi. Iqtisodiy munosabatlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida o’ziga xos xususiyat kasb etadi. Iqtisodiy munosabatlar bir joyda o’zgarishsiz qotib turmaydi. Ular doimo o’zgarib rivojlanib boradi. Har qanday mamlakat iqtisodiy o’sish, iqtisodiy resurslarning to’la bandligi va narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladi. Ammo uzoq muddatli iqtisodiy o’sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari ta’sirida tebranib turadi. Jahon miqyosida raqobat tobora kuchayib borayotgan bugungi keskin bir davr barchamizdan yangicha ishlash va fikrlashni, yuqori darajada safarbarlikni talab qilmoqda. Shunga ko’ra, mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’tarish maqsadida 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5ta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo’llagan murojatnomasida 2020-yilda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va inflyatsiyani jilovlash- iqtisodiy islohotlar jarayonidagi bosh vazifamiz ekanligini ta’kidladi. Biz shu yildan boshlab inflyatsiyani targetlash tizimini joriy qilishga o’tdik. Bu borada Iqtisodiyot va sanoat vazrligi, Moliya vazirligi iqtisodiy o’sish bilan inflyatsiya o’rtasidagi muvozanatni ta’minlashi, tashqi xavf-xatarlarni hisobga olishi zarur. Xalqaro tajribani o’rganib, raqobatni olib kirish mumkin bo’lgan monopoliya sohalariga xususiy sector uchun yo’l ochish va shu orqali raqobat muhitini shakllantirish lozim. Bu borada tabiiy monopoliya va raqobat to’g’risidagi qonunlarni yangilash hamda iqtisodiyotda raqobat muhitini shakllantirish strategiyasini ishlab chiqish talab qilinadi. Iqtisodiyotni yuqori sur’atlar bilan rivojlantirish uchun faol investitsiya siyosatini izchil davom ettirish zarur. Hozirgi vatda qurilish sohasi iqtisodiyotning muhim “drayver”laridan biriga aylandi. Bu sohaning YaIM dagi ulishi 6 foizdan oshgani ham bu fikrni yaqqol tasdiqlab turibdi. Ushbu tarmoqni yanada rivojlantirish uchun qurilishga oid normalarni xalqaro standartlar bilan uyg’unlashtirish, zamonaviy qurilish texnologiyalari va materiallarini tatbiq etish, soha uchun kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish va sohada axborot texnologiyalarini keng joriy qilish zarur. Barqaror iqtisodiy o’sishning eng muhim asosi- raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, ular uchun yangi xalqaro bozorlar topish va eksportni ko’paytirish, tranzit salohiyatidan to’liq foydalanish hisoblanadi. Amalga oshirilayotgan islohotlarimiz jahon hamjamiyati tomonidan munosib baholanmoqda. Xususan, dunyodagi nufuzli nashrlardan biri- “Ekonomist” jurnali O’zbekistonni 2019-yilda islohotlarni jadal amalga oshirgan davlat- “Yil mamlakati” deb e’tirof etdi. Bunday baho barchamizga cheksiz g’urur, iftixor va kuch bag’ishlaydi. Mazkur kurs ishini yozishda makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning sklliligi, sikllarning turlari va inqirozning mazmun mohiyati hamda kelib chiqish sabablari, jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining O’zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri, uning oldini olish va yumshatish choralari yoritib beriladi. Download 201.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling