Urganch davlat universiteti kimyo texnika fakulteti


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana03.09.2017
Hajmi0.58 Mb.
#14896
1   2   3   4   5


Navbahor  ishqoriy-yer    bentonitini  aktivligi  termik  ishlov  berish  natijasida  juda  kam 

miqdorda  oshganligini  inobatga  olib,  unga  aktivligini  oshirish  maqsadida  kislota 

yordamida  ishlov berishni  ma’qul deb topdik. Navbahor ishqoriy-yer bentonitiga kislotali 

ishlov berishni maqbul parametrlarini aniqlash keyingi bo’limda ko’rib chiqilgan.  

 

TAJRIBA - 3. Navbahor ishqoriy-yer bentonitini  aktivligi o’zgarishini kislotli 



ishlov berishga bog’liqligini o’rganish. 

(1kg  bentonitga  qo’shiladigan  konstentrastiyasi  10  %  bo’lgan  sulfat  kislota  eritmasi 

tayyorlash  uchun  (250/0.1)  2500  ml  kislota  eritmasi  zarur  bo’ladi.  Buning  uchun  kerak 

bo’ladigan 98% li sulfat kislotani og’irligi (2500 x 1.049 x 10/98) 268 grammni, hajmi esa 

(268/1.841) 146  ml ni, suv hajmi esa (2500 - 146) 2354 ml ni tashkil qiladi.) 

Navbahor  ishqoriy-yer  bentonitini  kislota  yordamida  aktivlashtirish  maqsadida 

mazkur  bentonit  namunalari  dastlab  temir  va  chinni  xovonchalarda  kukun  holiga 

kelguncha  maydaladik.  So’ngra  undan  100  gramdan  namunalar  o’lchab  olinib,  xlorid  va 

sulfat  kislotalar  yordamida  ishlov  berish  uchun  500  ml  hajmli  tagi  dumaloq  kolbaga 

solindi  va  laboratoriya  suv  hammomida  (100

0

C)  qizdirib  1,  2,  3,  4,  5  va  6  soat    vaqt 



davomida parrakli aralashtirgich bilan aralashtirib turilgan holatda ishlov berdik.  

Kislota  yordamida  aktivlashtirilgan  bentonit  suspenziyasi  Byuxner  varonkasiga 

qog’oz  filtr  ustiga  quyilib,  Byunzen  kolbasiga  o’rnatildi.  So’ngra  laboratoriya  vakuum 

nasosi  yordamida  siyraklanish  hosil  qilinib,  toki  filtratda  kislotali  muhit  yo’qolguncha 

(pH=7) bir necha marotaba suv bilan yuvildi. Bunda hosil bo’lgan qovushqoq loy dastlab 

laboratoriyada ochiq sharoitda, so’ngra esa quritish shkafida maqbul 190-210

 o

C da 2 soat 



davomida  quritildi.  So’ngra  tajriba  adsorbent  namunalarini  disperlik  darajasini  sorbentlik 

xususiyatiga ta’siri № 0056 (10000 tesh/sm

2

) elakdagi qoldiq 0,5-50% bo’lguncha elangan 



namunalarda o’rganildi. Shundan keyin tayyor bo’lgan adsorbent namunalarini adsorbstiya 

qobiliyati analitik tarozida o’lchab olib tekshirdik. 

Quyidagi  5  –  jadvalda  Navbahor  ishqoriy-yer  bentonitini  kislotali  aktivlashtirish 

yordamida  olingan  adsorbentni  adsorbstion  qobiliyati  dastlabki  rangliligi  9  q.b.ga  teng 

bo’lgan paxta yog’ida tekshirish natijalari keltirilgan.                                                                                                                 

 


 

 

 



   Jadval 5 

Kislotali aktivlashtirishni Navbahor ishqoriy - yer bentonitini adsorbstion 

xususiyatiga ta’siri

 

Xlorid kislota 



konstentrastiyasi, %  

Sulfat kislota 

konstentrastiyasi, % 

10 



15 

10 


15 

20 


Aktivlashtirish 

vaqti, (soat) 

1%  kislotali aktivlashtirilgan Navbahor ishqoriy-yer 

bentonitida oqlangan paxta yog’i rangliligi, qizil birlik 

5.0 


4.3 

5.1 


4.3 

3.9 


4.5 

4.5 



4.2 

5.0 


4.0 

3.7 


4.4 

4.2 



4.1 

5.0 


3.9 

3.7 


4.3 

4.2 



4.1 

4.9 


3.9 

3.7 


4.3 

4.2 



4.1 

4.9 


3.9 

3.7 


4.4 

4.2 



4.2 

5.0 


3.9 

3.6 


4.5 

Yuqoridagi dastlabki rangliligi 9 q.b.ga teng bo’lgan paxta yog’i parallel ravishda 1% 

miqdordagi  import  (Amerika)  adsorbenti  bilan  oqlanganda  uning  rangliligi  4.0  q.b.ga 

tushganligi aniqlandi.  

Yuqoridagi  5 –jadvaldan xlorid va sulfat kislota yordamida ishlov berilgandan keyin 

Navbahor  ishqoriy  -  yer  bentonitini  paxta  yog’ini  oqlash  darajasi  ya’ni  aktivligi  keskin 

oshganligini ko’rish mumkin.  

Quyidagi  5-6-7-rasmlarda  esa  Navbahor  ishqoriy-yer  bentonitinidan  olingan  adsorbentni 

paxta yog’ini oqlash qobiliyatini ishlov berish vaqtiga, kislota sarfi va konstentrastiyasiga 

o’zaro bog’liqlik grafiklari keltirilgan. 



 

 

 



Rasm – 5 Bentonit adsorbsion xususiyatiga kislotali ishlov berish vaqtining tasiri 

 a) Xlorid kislota 10%        b) Sulfat kislota 10% 

          Bentonit  adsorbsion  xususiyatiga  kislotali  ishlov  berish  vaqtining  tasirini 

o`rganganimizda  10%  li  xlorid  kislota  bilan  1  soat,  10%  li  sulfat  kislota  bilan  2  soat 

ishlagandan  so`ng  o`zgarmay  qoldi.  Demak,  10%  li  xlorid  kislota  bilan  1  soat  ishlov 

berilgan tajribamiz yahshi natija berdi. 

              

Rasm – 6  Bentonit adsorbsion xususiyatiga kislota sarfining tasiri  

a) Xlorid kislota 10%        b) Sulfat kislota 10% 


 

 

 6 - rasm. Navbahor ishqoriy-yer bentonitinidan olingan adsorbentni paxta yog’ini 



oqlash qobiliyatini xlorid (a) va sulfat (b) kislota yordamida ishlov berish parametrlariga 

bog’liqlik grafigi.  

      6-rasmdan  Navbahor  ishqoriy-yer  bentonitiga  xlorid  va  sulfat  kislotalari  bilan  ishlov 

berishda  25–  30  %    kislota  sarfi  maqbul  ekanligi,  ishlov  berishni  dastlabki  bir  soatida 

keskin  o’zgarishlar  sodir  bo’lishi,  keyingi  2-  va  3-  soatlarda  o’zgarish  sekinlashishi  va 

undan  keyin  deyarli  o’zgarmasligini  kuzatish  mumkin.  Oxirgi  5-  va  6-  soatlarda  va 

kislotalarni  yuqori  konstentrastiyalarida  olinadigan  sorbentni  aktivligi  bir  muncha 

pasayishi  kuzatiladi.  Buni  montmorillonit  minerali  kristall  tuzilishini  buzilishi  bilan 

tushuntirish mumkin. 

 

Rasm- 7 Bentonit adsorbsion xususiyatiga kislota konsentratsiyasining tasiri 



   a) Xlorid kislota 5%               b) Sulfat kislota 10% 

         

Yuqoridagilar  asosida  xlorid  kislota  yordamida  Navbahor  ishqoriy-yer 

bentonitini  aktivlashtirishda  5%  li  xlorid  kislota  eritmasi  yordamida  2-3  soat  davomida 

ishlov  berish  vaqti  yoki  10%  li  xlorid  kislota  yordamida  1  soat  davomida  ishlov  berish 

vaqtida yuqori oqlash effektiga erishilganligini kuzatish mumkin.  

Shuningdek  mazkur  bentonitni  sulfat  kislota  yordamida  aktivlashtirishda  10  %  li 

sulfat kislota eritmasi yordamida 2-3 soat davomida ishlov berish vaqti yoki 15 % li sulfat 

kislota eritmasi  yordamida  1 soat davomida ishlov berish  vaqtida  yuqori oqlash effektiga 

erishilganligini  ko’rish  mumkin.  Ulardan  qaysi  birini  qo’llash,  ishlab  chiqarishni  kislota 



 

 

bilan  ta’minlash  masalasi  va  ishlab  chiqarish  xarajatlaridan  kelib  chiqqan  holda  korxona 



tomonidan belgilanadi. 

Keyingi  tajribalar  yuqorida  sanab  o’tilgan    maqbul  sharoitda  ishlov  berilgan 

namunalarda  davom  qildirildi.  Ushbu  adsorbentlar  namunalari  3600  tesh/sm 

2

,



 

6000 


tesh/sm 

2

  va  10000  tesh/sm 



2

    elaklarda  qoladigan  qoldiq  0,5  %    bo’lguncha  tuyildi  va 

maqbul  xaroratda  quritildi,  so’ngra  ularni  disperlik  darajasini  sorbentlik  xususiyatiga 

ta’siri o’rganildi. Tekshirishlar natijasida № 0056 (10000 tesh/sm

2

) elakdagi qoldiq 0,5-25 



%    bo’lguncha  elangan  namunalar  nisbatan  yuqori  oqlash  xususiyatini  namoyon  qilishi 

kuzatildi.  Shuningdek  ushbu  namunalarda  adsorbent  va  paxta  yog’ini  belgilangan  100

0



temperaturada aralashtirish vaqtini dastlabki rangliligi 9 q.b.ga teng bo’lgan paxta yog’ini 



oqlash jarayoniga ta’siri o’rganildi. Olingan natijalar quyidagi 6-jadvalga joylashtirildi. 

                                                                                                                      Jadval 6 

Kislota yordamida aktivlashtirilgan Navbahor ishqoriy-yer bentonitini paxta yog’ini 

oqlash darajasiga aralashtirish vaqtini ta’siri

 

Aralashtirish 



vaqti, minut 

15 


30 

45 


60 

90 


Rangliligi, 

qizil birlik 

5.0 

4.5 


4.6 

4.8 


5.2 

 

Yuqoridagi  6  –  jadvalda  maqbul  aralashtirish  vaqti  30  minutga  teng  ekanligini 



ko’rish mumkin. 

Quyidagi  jadvalda tajribalarimiz natijsi Navbahor  ishqoriy-yer bentonitini  kislotali 

aktivlashtirish yordamida olingan adsorbent namunalarini adsorbstion qobiliyati  dastlabki   

rangliligi  28 qizil birlik va 3 ko’k birlikga teng bo’lgan paxta yog’ida tekshirish natijalari 

keltirilgan: 

                                                                                                                                   Jadval 

Kislotali aktivlashtirishni Navbahor ishqoriy - yer bentonitini adsorbstion 



xususiyatiga ta’siri

 

Xlorid kislota 



konstentrastiyasi, %  

Sulfat kislota 

konstentrastiyasi, % 

10 



15 

10 


15 

20 


Aktivlashtirish 

vaqti, (soat) 

0.5 % adsorbent namunasi yordamida oqlangan paxta yog’i 


 

 

rangliligi, qizil (ko’k) birlik 



27 (1) 


26 (1) 

27 (1) 


27 (1) 

26 (1) 


25 (1) 

26 (1) 



25 (1) 

26 (1) 


27 (1) 

25 (1) 


24 (1) 

25 (1) 



25 (1) 

26 (1) 


26 (1) 

26 (1) 


25 (1) 

26 (1) 



26 (1) 

27 (1) 


27 (1) 

26 (1) 


26 (1) 

27 (1) 



27 (1) 

27 (1) 


27 (1) 

27 (1) 


27 (1) 

27 (1) 



27 (1) 

28 (1) 


27 (1) 

28 (1) 


28 (1) 

 

1  % adsorbent namunasi yordamida oqlangan paxta yog’i 



rangliligi, qizil(ko’k)  birlik 

18 (1) 



18 (1) 

18 (1) 


18 (1) 

17 (1) 


18 (1) 

17 (1) 



18 (1) 

17 (1) 


18 (1) 

17 (1) 


18 (0.5) 

16 (1) 



17 (0.5) 

17 (1) 


18 (0.5) 

16 (1) 


17 (1) 

17 (1) 



17 (1) 

17 (1) 


17 (1) 

16 (0.5) 

17 (1) 



17 (1) 



17 (1) 

17 (1) 


17 (1) 

17 (1) 


17 (1) 

17 (1) 



17 (1) 

16 (1) 


17 (1) 

17 (1) 


18 (1) 

Dastlabki rangliligi 28 qizil  birlik  va 3 ko’k birlikga teng bo’lgan tajriba paxta yog’i 

0.5%  va 1%  miqdordagi  Amerikaning  «Pure-Flo Supreme  B81»  markali adsorbenti  bilan 

oqlanganda, uning rangliligi mos ravishda 27 qizil  birlik  va 0.5 ko’k birlik hamda 18 qizil  

birlik  va 0.5 ko’k birlikga tushganligi aniqlandi. Bundan tashqari yuqoridagi tajriba paxta 

yog’i  namunasini  parallel  ravishda  0.5%  va  1%  miqdordagi  Germaniyaning  «Tonsil» 

adsorbenti bilan oqlanganda, uning rangliligi mos ravishda 28 qizil  birlik  va 1 ko’k birlik 

hamda 18 qizil  birlik  va 0.5 ko’k birlikga tushganligi aniqlandi. 

 Bu  erda  shuni  alohida  ta’kidlab  o’tish  kerakki,  tajriba  paxta  yog’i  namunasini 

oqlashda chet el adsorbentlari va tajriba adsorbentlarini miqdorini (2% gacha) oshirish uni 

sifatiga  sezilarli  ta’sir  ko’rsatmaganligi,  ya’ni  uning  ranglilik  darajasini  ko’pi  bilan  1-2 

qizil    birlikka  kamaytirganligi  aniqlandi.    Shunga  ko’ra  1%  miqdorda  adsorbent  qo’shib 

oqlangan  yuqoridagi  barcha  paxta  yog’i  namunalarini  rangliligi  yana  0.5% 

aktivlashtirilgan  ko’mir  qo’shish  orqali  8  q.b.ga,  ya’ni  paxta  yog’i  uchun  qo’yiladigan 

texnik  shart  talablari  darajasigacha  tushirishga  erishildi.Tadqiqotlar  natijasida  uzoq 

muddat  saqlangan  chigitdan  olingan,  qiyin  oqlanadigan  tajriba  paxta  yog’ini  oqlash 



 

 

natijasida  Navbahor  ishqoriy-yer  bentonitini  kislotali  aktivlashtirish  yordamida  olingan 



tajriba  adsorbentini  adsorbstion  qobiliyati  Amerika  va  Germaniya  adsorbentlariga  yaqin 

ekanligi qayd qilindi. Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish  mumkinki, olib borilgan 

ilmiy  tadqiqotlar  natijasida  Navbahor  ishqoriy-yer  bentonitiga  kislotali  ishlov  berish, 

so’ngra maqbul parametrlarda quritish va tuyish natijasida chet eldan import qilinayotgan 

yuqori sifatli adsorbentlar o’rnini bosuvchi arzon adsorbent olishga erishildi.  Shuningdek 

tadqiqotlar  natijasida  mazkur  tajriba  adsorbenti  Respublikamizdagi  ko’pchilik  yog’-moy 

korxonalarida  ishlatilayotgan  Amerikaning  «Pure-Flo  Supreme  B81»  markali  va 

Germaniyaning «Tonsil» seriyasidagi adsorbentlari o’rnini bosishi mumkinligi aniqlandi.         

                                       

                                   3.4   Olingan natijalar xulosasi 

Yuqoridagilardan  kelib  chiqib,  Navbahor  ishqoriy  va  ishqoriy-yer  bentonitlaridan 

adsorbent  olish  maqsadida  ularga  asosiy  texnologik  faktorlarni,  yani  termik  ishlov  berish 

temperaturasi va vaqti, disperlik darajasi, shuningdek, kislotali ishlov berishda esa kislota 

konstentrastiyasi  va  sarfi  hamda  ishlov  berish  davomiyligi  dastlabki  tekshirishlar 

natijasida o’rganildi. 

 Bunga  ko’ra  kutilganidek  Navbahor  ishqoriy  bentonitiga  termik  ishlov  berish 

natijasida  uni  adsorbstion  qobiliyati  sezilarli  darajada  oshganligi,  ishqoriy-yer  bentonitini 

aktivligi  esa  termik  ishlov  berish  natijasida  juda  kam  darajada  oshganligi  kuzatildi. 

Disperslik darajasini oshishi esa ikkala tur bentonit uchun ham ijobiy tasir qilishi kuzatildi. 

Navbahor  ishqoriy-yer  bentonitini  arzon  va  ishqoriy  bentonitga  nisbatan  past 

sifatga  ega  ekanligi,  ishlatilish  sferasi  kamligi  hamda  termik  aktivlashtirish  unga 

kuchsiz  ta’sir  ko’rsatganligini  hamda  unga  kislotali  ishlov  berishda  yuqori  sifatli  va 

nisbatan arzon sorbent olish mumkinligini inobatga olib, bu tur bentonit uchun kislotali 

aktivlashtirish usulini qo’llash kerakligini adabiyotlarni tahlil qilishda o`rganib chiqdik. 

Yuqoridagilardan  qisqacha  xulosa  qilib  shuni  aytish  mumkinki,  o’tkazilgan  ilmiy  va 

amaliy  tadqiqotlar  natijasida  har  bir  tur  Navbahor  bentoniti  uchun  iqtisodiy  va 

texnologik jihatdan qulay dastlabki texnologik sxema belgilandi. 

Navbahor ishqoriy va 

ishqoriy-yer  bentonit  turlariga  belgilangan  texnologik  sxema  bo’yicha  ishlov  berishni 

maqbul parametrlarini aniqlash keyingi qismda batafsil ko’rib chiqilgan. 



 

 

 



 

V. 


Olingan natijalarni ishlab chiqarishga tadbiqi 

1.  Ishlab chiqariladigan mahsulot nomenklaturasi 

Ushbu texnologik reglament Navbahor koni ishqoriy va ishqoriy-yer bentonitli giliga 

termik  yoki  kislotali  ishlov  berish  yo’li  bilan  olingan  “o’simlik  moylarini  oqlovchi 

adsorbent” olish uchun ishlab chiqilgan bo’lib, bentonitli gil turiga va ishlov berish usuliga 

bog’liq ravishda adsorbent quyidagi markalarda ishlab chiqariladi: 

NIEB-KA

 

-  Navbahor  koni    ishqoriy-yer  bentonitini  kislotali  usulda  aktivlashtirib 



olingan adsorbent; 

NIB-TA  -  Navbahor  koni    ishqoriy  bentonitini  termik  aktivlashtirib  olingan 

adsorbent. 

 

2. Navbahor koni ishqoriy-yer bentonitli gilidan kislotali aktivlashtirish usulida                  



adsorbent ishlab chiqarishning texnologik sxemasi 

Bentonitni qazib olish (ekskavator) 

↓ 

Tashish (yuk avtomobili) 



↓ 

Saqlash (xom-ashyo ombori) 

↓ 

Telfer 


↓ 

Dag’al maydalash (strugach yoki bolg’ali maydalagich) 

↓ 

Tasmali uzatgich 



↓ 

Mayin maydalash (dezintegrator) 

↓ 

Tasmali uzatgich 



↓ 

Suv →  Suspenziya tayyorlash  

(parrakli aralashtirgichli xovuz) 

                                                   ↓                                                 ↓ 

             →kislotali eritma, Xlorid yoki sulfat kislota← 

                               ↑                                    ↓ 

Kislotali aktivlashtirish (95-100

0

C )← o’tkir bug’       



 

 

( Sovutgichli (deflegmator) 



kislotabardosh futerovkali hovuz) 

↓ 

  Suspenziyani uzatish (membranali nasos) 



↓ 

Filtrlash (filtr press) → kislotali eritmani  

(matochno’y rastvor)  stiklga qaytarish↑ 

↓↑ 


Korjalarni qayta yuvish 

(parrakli aralashtirgichli xovuz) 

↓ 

kanalizastiya ←neytralizastiyalash← Ca(OH)



↓ 

Tasmali uzatgich 



↓ 

O’choq   →   ventilyator      →        Quritish 

(400-500 

0

C li issiq havo)    (quritish barabani, 190-210



0

C da) 


↓ 

Elevator 

↓ 

Mayin tuyish (sharli tegirmon, № 0056 elakdagi qoldiq 0.5-25% ) 



↓ 

Tasmali uzatgich 

↓ 

Qoplarga qadoqlash (qadoqlash uskunasi) 



↓ 

Tasmali uzatgich  

↓ 

Tayyor mahsulot ombori  



 

3. Navbahor koni ishqoriy-yer bentonitli gilidan kislotali aktivlashtirish usulida 

adsorbent ishlab chiqarishning texnologik sxemasi yozuvi 

Navbahor  koni  ishqoriy-yer  bentonitidan  ishlab  chiqarish  sharoitida  adsorbent  olish 

uchun Navbahor bentonit konining geologik xaritasiga tayanib, selektiv tanlash yo’li bilan 

ekskavator  yordamida  qazib  olingan  Navbahor  ishqoriy-yer  bentoniti  yuk  avtomobillari 

yordamida  xom-ashyo  omboriga  keltiriladi.  U  yerda  bentonit  xom-ashyosining  bir  oyga 

etadigan zahirasi saqlanadi. 

Navbahor koni ishqoriy-yer bentonitiga ishlov berish uchun telfer yordamida strugach 

yoki  bolg’ali  maydalagichga  beriladi.  U  yerda  dag’al  maydalangan  bentonit  yana  mayin 

maydalash uchun dezintegratorga beriladi. 


 

 

So’ngra  dastlab  tasmali  uzatgich  orqali  suv  bilan  suspenziya  tayyorlash  uchun 



parrakli  aralashtirgichli  hovuzga  beriladi,  undan  keyin  esa  xlorid  yoki  sulfat  kislota 

yordamida  tanlab  olingan  maqbul    sharoitlarda  kislotali  aktivlashtirish  olib  borish  uchun 

kislotabadosh  futerovka  bilan  qoplangan  hovuzga  beriladi.  U  yerga  95-100

0

C  gacha 



qizdirish uchun o’tkir suv bug’i beriladi yoki hovuzga qizdirgich (ten) o’rnatiladi. Kislotali 

aktivlashtirish  tugatilgandan  keyin,  nordon  suspenziya  membranali  nasos  orqali  filtr 

pressga beriladi. Undan chiqqan  filtrat - kilotali eritma (matochno’y rastvor)  yana stiklga 

qaytariladi.  Filtr-  pressdan  chiqqan  korjalar  esa  qayta  yuvish  uchun  yana  parrakli 

aralashtirgichli  hovuzga  tushiriladi  va  parrakli  aralashtirgich  yordamida  suspenziya  hosil 

qilinib,  yana  membranali  nasos  orqali  filtr-  pressga  beriladi.  Undan  chiqqan  kislotali  suv 

neytralizastiyalash  hovuziga  berilib,  Ca(OH)

2

  bilan  neytrallanadi  va  kanalizastiyaga 



chiqarib  yuboriladi.  Bu  stikl  toki    filtratda  vodorod  ionlari  yo’qolib,  neytral  muhit  hosil 

bo’lguncha bir-necha marotaba takrorlanadi. 

Shundan  keyin  esa  korjalar  tasmali  uzatgichga,  so’ngra  esa  elevator  yordamida 

quritish  barabaniga  beriladi.  Navbahor  ishqoriy-yer  bentoniti  quritish  barabanida  tanlab 

olingan  maqbul  sharoit  ya’ni  190-210

0

C  temperaturada  2  soat  davomida  quritiladi. 



Qurituvchi sifatida tabiiy gaz yordamida qizdiriladigan o’choqdagi temperaturasi 400-500 

0

C bo’lgan issiq havo ventilyator yordamida quritish barabaniga puflab beriladi.  



Barabanli  quritgichdan  chiqqan  temperaturasi  80-90

0

C  bo’lgan  bentonit,  №  0056 



elakda  qoladigan  qoldiq  miqdori    25  %    dan  kichik  bo’lguncha  taxminan  6-8  soat 

davomida  sharli  tegirmonda  mayin  tuyiladi.  Kerakli  darajagacha  mayin  tuyilgan  bentonit 

tasmali uzatgich orqali qadoqlash uskunasiga kelib tushadi. U erda oldin tortib olinadi va, 

so’ngra  sig’imi  25  va  50  kg  bo’lgan  qog’oz  yoki  polietilen  qoplarga  joylab  qadoqlanadi. 

So’ngra  mahsulot  qadoqlangan  qoplar  tasmli  uzatgich  orqali  tayyor  mahsulot  omboriga 

uzatiladi. 

4. Navbahor koni ishqoriy-yer bentonitli gilidan kislotali aktivlashtirish usulida 

adsorbent ishlab chiqarish uchun sarflanadigan asosiy xom-ashyo materiallari 

miqdori 

Navbahor  koni  ishqoriy-yer  bentonitli  gili  asosida    korxona  sharoitida  1  tonna 

aktivlashtirilgan adsorbent ishlab chiqarish uchun ketadigan asosiy xom-ashyo materiallari 

sarfi quyidagicha:  



 

 

-  Navbahor koni ishqoriy-yer bentoniti – 1200-1250 kg; 



-  Xlorid kislota -250-300 kg yoki Sulfat kislota- 250-280kg; 

-  Ohaktosh-80-100 kg; 

-  Texnik suv- 2500-3000 litr; 

-  Tabiiy gaz- 70-80 m3; 

-  Elektr energiya-280-300 kvt. 

 

5. Navbahor koni ishqoriy bentonitli gilidan termik aktivlashtirish usulida 



adsorbent ishlab chiqarishning texnologik sxemasi 

Bentonitni qazib olish (ekskavator) 

↓ 

Tashish (yuk avtomobili) 



↓ 

Saqlash (xom-ashyo ombori) 

↓ 

Telfer 


↓ 

Dag’al maydalash (strugach yoki bolg’ali maydalagich) 

↓ 

Tasmali uzatgich 



↓ 

Elevator 

↓ 

O’choq →   ventilyator  →   Quritish 



(400-500 

0

C li issiq havo)  (quritish barabani, 190-210



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling