Urganch davlat universiteti oilaviy hayot adaptatsiyasi potensiali ijtimoiy-psixologik tadqiqot predmeti


Download 346.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana23.10.2023
Hajmi346.22 Kb.
#1716805
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Uslubiy qo\'llanma

Mas’ul muharrir: B.Nurullaeva ps.f.n.dotsent.,  
Taqrizchilar: D.A.Urazbaeva – UrDU, ps.f.d.dotsent.,
N.SH.Umarova – TDPU, Amaliy psixologiya
kafedrasi mudiri, ps.f.d.(DSc), dotsent 
Ushbu uslubiy qo`llanma Urganch davlat universiteti ilmiy-uslubiy kengashning 
2023 yil 16-fevral 3-sonli yig`ilish qaroriga binoan nashr etishga tavsiya etilgan. 
© R.S.Razakova,2023. 
ISBN: 978-9943-9163-8- 8 © “Khwarezm travel” nashriyoti, 2023. 
 
 



K I R I S H 
Jahonning rivojlangan mamlakatlarida oilaviy hayot psixologiyasini 
nikohgacha bo‘lgan munosabatlar doirasida o‘rganish, psixologik maslahatlar 
berish hamda oilaviy psixoterapiya sohasini rivojlantirishga xizmat qiladigan 
tadqiqotlarga bo‘lgan muayyan ehtiyoj tobora ko‘proq sezilmoqda. Hozirgi 
davrda butun dunyoda oila instituti, oilaviy munosabatlar, oila qurish va ajrimlar 
masalasi turli mamlakatlarda turlicha manzarada namoyon bo‘lmoqda. Shu 
nuqtai nazardan bugungi kunda oilaviy munosabatlar va nikohdan qoniqqanlik 
sifatining 
yomonlashuvi 
natijasida 
erkak 
va 
ayollarning 
adaptatsiya 
imkoniyatlarining pasayishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Dunyo miqyosidagi psixologik tadqiqotlar tahliliga ko‘ra, oilaviy 
munosabatlar va nikohdan qoniqish sifatining yomonlashuvi, erkaklar va 
ayollarning 
bir-birlariga 
adaptatsiya 
imkoniyatlarining 
pasayishi 
qayd 
qilinmoqda. Bundan tashqari, hayotiy tajriba va xalqaro ilmiy tadqiqotlar 
isbotlaganidek, ko‘pgina hollarda oilaviy faoliyatning buzilishi, ajrashish, 
hammadan oldin qizlarda hissiy soha buzilishlarini, davomli ruhiy zo‘riqishni 
kuchaytiruvchi turli aksentuatsiyalar rivojlanishining kuchli va ruhiy jihatdan 
tuzatish qiyin bo‘lgan omiliga aylanmoqda. Shu bois oilaviy hayot uchun 
nomuvofiq individual-ruhiy xarakteristikalar, ularning lozim bo‘lgan o‘zaro 
munosabatlarga tayyorligi darajasi o‘rganilishiga qaramasdan, bevosita 
qizlarning oilaviy hayotga adaptatsiyasi xususiyatlari hamda oilaviy hayot 
adaptatsiyasi potensialini ijtimoiy-psixologik tadqiqot predmeti sifatida 
o‘rganish ushbu tadqiqotlarning muhim dolzarb yo‘nalishi hisoblanadi. 
Mamlakatimizda bugungi kunda nikoh profilaktikasi, uning lozim darajada 
faoliyat ko‘rsatishi, shuningdek, qizlarning ruhiy jihatdan salomatligini 
ta’minlashning ham dolzarb yo‘nalishlaridan biri ularning oilaviy hayotga 
adaptatsiyasining 
samarali 
xususiyatlarini 
ishlab 
chiqishdan 
iboratdir. 
Respublikamizda 
oilaga 
va 
birinchi 
navbatda, 
onalikka 
psixologik 
tayyorlashning zarurligiga davlat ahamiyati darajasida e’tibor qaratilib, 
zamonaviy oilani mustahkamlash va rivojlantirish masalalari bo‘yicha 



fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish, oilaning tarbiyaviy-
ta’lim salohiyatini mustahkamlash, jamiyatda an’anaviy oilaviy qadriyatlarni 
saqlash, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash, qizlar oilaviy hayotga 
adaptatsiyasining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini hamda oilaviy hayot 
adaptatsiyasi potensialini ijtimoiy-psixologik tadqiqot predmeti sifatida 
o‘rganish dolzarb muammo sifatida ko‘riladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-
4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar 
strategiyasi to‘g‘risida”gi, 2018 yil 2 fevraldagi PF-5325-son “Xotin-qizlarni 
qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni 
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari, 2018 yil 27 
iyundagi 
PF-3808-son 
“O‘zbekiston 
Respublikasida 
oila 
institutini 
mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi, 2020 yil 18 fevraldagi 
PQ-4602-son “O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash 
vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”
1
gi qarorlari, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy sohalarga oid 
beshta tashabbusi”
2
dasturlari doirasida belgilangan keng ko‘lamli strategik 
chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan vazifalarni hal etishga, 
mamlakatda oila institutini mustahkamlash bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni 
amalga oshirishda ushbu uslubiy qo‘llanma muayyan darajada xizmat qiladi. 

Download 346.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling