Urganch davlat universiteti oilaviy hayot adaptatsiyasi potensiali ijtimoiy-psixologik tadqiqot predmeti


 Muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz oilaviy hayotning o‘ziga xos


Download 346.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana23.10.2023
Hajmi346.22 Kb.
#1716805
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Uslubiy qo\'llanma

2. Muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz oilaviy hayotning o‘ziga xos 
xususiyatlari 
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, oilaviy hayotning muvaffaqiyatliligi oilaviy 
munosabatlarga quyidagi nuqtai-nazardan berilgan bahoni o‘zi ichiga qamrab 
oluvchi kompleks integral ko‘rsatkich bo‘ladi: 
jamiyat va oilaning ijtimoiy tizimgacha tortilganligi; 
oilaning yuzaga kelish va rivojlanishi jarayonida uning uyg‘un va 
vazifaviy faoliyat ko‘rsatishi; 
oila a’zolarining shaxs sifatida o‘zligining yuqori darajada namoyon 
bo‘lishi, ular o‘rtasida etuk shaxslararo munosabatlarning o‘rnatilishi. 


15 
Birinchi o‘rindagiga muvofiq oilaviy asosiy ijtimoiy vazifalarning 
(farzand ko‘rish va tarbiyalash) va nikohning mustahkamlik darajasi tahlil 
qilinadi. Ikkinchi va uchinchi o‘rindagilarga muvofiq a’zolarning birgalikdagi 
hayotdan qoniqishi va oilada er-xotinlarning va farzandlarning shaxsan uyg‘un 
rivojlanishi uchun sharoitning mavjudligi qarab chiqiladi [12]. 
Xususan, oilaviy-tizimli va ekzistensial-insoniy tarkibiy qismlari, nikoh 
tizimi faoliyat ko‘rsatishi jarayonining, uning muvaffaqiyatliligi asosida 
yotuvchi, psixologik tomonlari bo‘ladi. 
Bundan tashqari, oilaning mustahkamligini o‘rganishga bo‘lgan bir 
qancha asosiy yondashishlarni ajratish mumkin. Masalan bir qator olimlar 
oilaning ijtimoiy institut sifatidagi ahamiyatining umumiy pasayishiga ta’sir 
ko‘rsatuvchi bir qator ijtimoiy-psixologik makrojarayonlarni tahlil qiladilar va 
ajratib ko‘rsatadilar: 
shaharlar aholisining qishloqlar aholisi hisobiga ortishi; 
aholining ko‘chishi; 
referent guruh tomonidan individning xulqi ustidan nazoratning 
susaytirilishi; 
shahar hayot tarzining anonimligi; 
me’yorlar va an’analar tashqi ta’sirining susayishi. 
Oila mustahkamligi xususiyatlarini tahlil qiluvchi ba’zi bir nazariyalar 
uning mustahkamligini er-xotinlarning shaxslararo munosabatlarini baholash 
orqali aniqlaydilar. Mustahkam oilaviy hayot deganda shunday ittifoq 
tushuniladiki, bunda xar ikkala sheriklar birgalikdagi hayotdan ko‘ngillari to‘q 
bo‘lsin. Ya’ni, mustahkamlik sheriklar ehtiyojlarining qoniqish yoki 
qoniqmaslik mezoni orqali qarab chiqiladi, bunda ayollarda asosan hissiy 
yaqinlik, qadr-qimmatini va o‘zining shaxs sifatida muhimligini sezish, o‘zaro 
yordam va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan ehtiyojni ajratadilar [14]. 
S.M.Sopun, A.G.Liders o‘tkazgan tadqiqot natijalari bo‘yicha, nikohdan 
qoniqishning yuqori ko‘rsatkichlariga ega oilalarga xos bo‘lgan uchta asosiy 
xususiyatlarni (ko‘nikkanlik, intimlik, avtonomlik) ajratib ko‘rsatadilar. 


16 
Nikohdagi sheriklarning qiziqishlari oilaviynikiga qaraganda kengroqligida, 
ulardan har birining ehtiyojlari va muloqot doirasi esa nikoh chegarasidan 
tashqariga 
chiqishida 
namoyon 
bo‘ladigan er-xotinlik avtonomiyasi 
(mustaqilligi) oilaviy munosabatlarning rivojlanish va shakllanish xususiyati 
bo‘ladi. Bundan tashqari, olimning fikricha, ayol turmushga chiqqan nikohning 
muvaffaqiyatliligi va yosh o‘rtasidagi bog‘liqlik kuzatiladi, erta yoshda tuzilgan 
nikohlarningbir qator mustahkam emasligi aytiladi. “Ajrashish arafasida”gi er-
xotinlar guruhlardagi 21 yoshgacha turmush qurgan shaxslar soni muvaffaqiyatli 
oilalar guruhlardagiga qaraganda sezilarli darajada ko‘p. Erta yoshda turmush 
qurish va nikohdan qoniqmaslik o‘rtasidagi mustahkam bog‘liqlik yosh 
ayollarda kuzatiladi, chunki ular o‘zlarining oilaviy hayot to‘g‘risidagi romantik 
tasavvurlari va borliqning bir-biriga mos kelmasliklarini qiyinchilik bilan 
o‘tkazadilar. Ya’ni, ularning tasavvurida oilaviy hayot ko‘proq darajada, avvalo, 
ishqiy kechinmalar bilan bog‘lanadi, amaldagi hayotda esa ular muayyan har 
kungi majburiyatlarni bajarish zarurati bilan to‘qnashadilar [15]. 
T.R.Kirimov er-xotinlarning millati va diniy qarashlari ham oilaviy 
hayotning mustahkamligiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi, deb hisoblaydi. Masalan, 
nikoh-oilaviy munosabatlar sohasidagi milliy an’analar va me’yorlar, 
sheriklarning diniy qarashlari ajralishlar darajasi bilan bog‘liq. SHu vaqtning 
o‘zida olim tomonidan ko‘rsatilgan mezonlarning ayollar oilaviy hayotdan 
qoniqishi bilan aloqasi ajratib ko‘rsatiladi, shu ham ta’kidlanadiki, 
ko‘rinishidan, ijtimoiy madaniy asos va xaqiqiy er-xotinlik munosabatlarining 
ayolning oiladagi roli to‘g‘risidagi tasavvuriga mos kelishi juda katta 
ahamiyatga ega. 
E.M.Mavlonovaning fikricha nikohdagi sheriklarning ma’lumot darajasi 
bir xil bo‘lgan oilalar eng mustahkam bo‘ladi. Bunda xotinning ma’lumoti 
erinikidan ustun bo‘lgan oilalar kamroq darajada mustahkam bo‘ladi. 
Tadqiqotchilar bu faktni oliy ta’lim olgan ayollar erkakka ma’naviy muloqot, 
mazmunli dam olish, oiladagi munosabatlar xarakteri nuqtai-nazaridan yuqori 
darajadagi talablarni qo‘yishi bilan izohlaydi. Ular ko‘pgina hollarda oilaviy 


17 
munosabatlarning shunday modeliga amal qiladilar, bu esa hamma vaqt ham 
erkakning kutganiga mos tushavermaydi. 
Olim nikoh tushunchasiga o‘zining munosabatlarini nikoh sifatida 
qaraydigan, oilalilik uning belgisi bo‘ladi, jinsiy munosabatdagi sheriklar 
o‘rtasidagi ittifoq, kabi oydinlik kiritadi. Nikoh deviatsiyalarini (lot. deviatio — 
og‘ish) o‘rganish natijalari fuqarolik nikohining tarqalganini, shuningdek, 
zamonaviy jamiyatning sezilarli qismi bunday nikohni tabiiy og‘ish deb 
hisoblashini ko‘rsatadi. Bunda zamonaviy nikohlardagi, ayniqsa fuqarolik 
nikohlaridagi qarindoshlik hissi jiddiy pasayadi. Biroq, oilaning shakllanish 
jarayonida shaxsiy o‘zgarish bir nechta davrlar davomida yuz beradi. SHunday 
qilib, faqat rasmiy, ishq-muhabbatga asoslangan, ya’ni muvaffaqiyatli nikoh 
me’yor hisoblanadi. Nikohning qolgan barcha shakllari me’yordan og‘ish, ya’ni 
muvaffaqiyatsiz hisoblanadi. 
Iqtisodiy omillar oilaning mustahkamligiga sezilarli ta’sir o‘tkazadi. 
Odatda, er-xotinlarning, shuningdek qarindoshlar va referent guruhlarning oila 
byudjeti qanday bo‘lishi, byudjetning taqsimlanish jarayoni muhim rol o‘ynaydi. 
Bo‘lajak nikohdagi sheriklar turlicha mulkka egalar, shu sababli ham nikohning 
iqtisodiy holati ham o‘zgaradi. Oilaviy hayotning mustahkamligi va 
davomiyligini saqlash uchun uni borligicha qadrlash lozim. Jumladan, nikohdagi 
juftliklarni ajralishlardan oldingi so‘rovlar shuni ko‘rsatadiki, ulardan sevib 
turmush qurganlarining ko‘pchiligida muxabbatning yo‘qolishi ajrashishning 
sababi deb ko‘rsatadi. Bir qator holatlarda (ayniqsa erta yoshdagi nikohlarda) 
kognitiv (eksperimentga asoslangan) soddalik, er-xotinlarning nikohga, bir-
birlariga nisbatan tasavvurlarining yassilanishi, yuqori darajadagi rolni kutish va 
boshqalar kuzatiladi. Bundan tashqari, ajrashishga olib kelgan, muvaffaqiyatsiz 
nikohlar ko‘pincha ilojsiz holatlarda (ijtimoiy me’yorlarning ta’siri ostida) 
qurilgan yoki nikohdagi sheriklarning shaxsiy etuk emasligining oqibati bo‘ladi. 
Shunday sabablar orasidan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 
homiladorlik; 
ona uyini tark etishga intilish; 


18 
o‘zining moddiy ahvolini yaxshilash istagi va b. 
V.F.Suxov tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda ota-ona oilasining nikoh 
munosabatlari xarakteriga ta’sir ko‘rsatadigan o‘ziga xos xususiyatlari 
keltiriladi. Masalan, sheriklar o‘z ota-onalarining shaxslararo munosabatlar 
namunasini u yoki bu darajada o‘zlashtiradilar va yangi oilada bu modellar 
to‘liq ishlatilmasada, ularning ta’siri juda katta. Olimning ma’lumotlariga 
qaraganda, erkak va ayollarning yarimidan qo‘prog‘i ota-onalarining oilaviy 
hayotini o‘zlari uchun namuna hisoblaydilar. Buzilgan oilalardan chiqqan 
yoshlar nikohga kirayotib ko‘pgina hollarda oilaviy hayotga tayyor 
bo‘lmaydilar, chunki ular ijobiy oilaviy o‘zaro munosabatlarning namunasiga 
ega bo‘lmaydilar va yaxshi holatda, qanday qilmaslik kerakligini tushunadilar. 
L.P.Bogdanova, ota-ona oilasi ta’sirining boshqa tomoni sifatida 
shaxsning bolaligi o‘tgan sharoitlarni ajratadi. Masalan, oilada yakka bo‘lgan 
farzand nikoh munosabatlariga kirishda qiyinchilik sezishi mumkin. 
Shuningdek, olim tomonidan aniqlanganki, oiladagi yagona bola bo‘lgan 
xotinlar va singillarsiz tarbiyalangan erkaklar, ajrashishga ko‘proq moyillar. 
Bundan tashqari, ota-onalarning bolalarning nikohga kirish to‘g‘risidagi 
qarorlariga munosabati ham oilaviy hayotdagi munosabatlarning rivojlanishiga 
ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omil hisoblanadi. O‘tkazilgan tadqiqot ko‘rsatadiki, 
ajrashgan er-xotinlarning sezilarli qismi bu to‘g‘risida ota-onalariga 
bildirmasdan yoki ularning e’tiroziga qaramasdan nikohga kirganlar. 
Muvaffaqiyatsiz 
oilalarda 
er-xotinlarning 
ota-onalari 
muvaffaqiyatli 
oilalardagiga qaraganda farzandlarining nikohiga bir necha marta ko‘proq 
qoralab munosabat bildirganlar. Ajrashayotgan juftliklarning har uchinchisi 
nikoh qurish vaqtida olti oydan kam muddatda tanish bo‘lganlar. Oilaviy 
hayotdagi o‘zaro munosabatlar er va xotinning mahkamlangan rollariga emas, 
balki nikohdagi sheriklarning shaxsiy o‘ziga xosliklariga asoslangan 
sharoitlarda, 
kelajakdagi 
sheriklar 
bir-birlarini 
o‘rganadigan davrning 
davomiyligi alohida ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, juda uzok davom 
etgan tanishishdan keyin qurilgan nikoh ittifoqi ham oila qurish paytida 


19 
munosabatlarning hissiyotliligining pasayishi sababli ham mustahkamligi bilan 
ajralmaydi [16]. 
E.M.Solomatinning fikricha, nikohgacha bo‘lgan jinsiy munosabatlar 
nikoh ittifoqining mustahkamligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan omil bo‘lmaydi. 
Shu bilan bir vaqtda kelajakdagi oilaviy hayotning muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun 
nikohgacha homiladorlik yuqori darajadagi xavfli omil sifatida maydonga 
chiqadi, chunki u e’tibor qaratish va er-xotin o‘zaro hamkorligining kelajakdagi 
modellarini kelishib olish davrini qisqartiradi. Bunday nikohlar ko‘pincha 
sevgisiz va mos kelmaydigan sherik bilan quriladi. Ota-onalar tomonidan 
qo‘llab-quvvatlashning yo‘qligida ular iqtisodiy jihatdan mustahkam emas. 
Bundan tashqari, erkak oilaviy majburiyatlar bosimidan norozi, xotin esa bola 
tarbiyasi bo‘yicha yukdan azob chekadi va erkak bilan munosabatlarning hissiy 
tomoniga kamroq e’tibor qaratadi. 
G.M.Vladov muvaffaqiyatsiz oilaviy hayotning eng keng tarqalgan asosiy 
o‘ziga xosliklari sifatida quyidagilarni ajratadi: 
oilaviy munosabatlardagi buzilishlar; 
oilaviy hayot maqsadlari va qoidalarining kelishilmaganligi; 
oilaviy rollarning samarali taqsimlanishining buzilishi; 
er-xotinlik o‘zaro munosabatlardagi raqobatning dolzarblashuvi; 
oila a’zolari ehtiyojlarining qondirilishidagi susayish; 
oila rivojlanishiga yo‘nalishning mavjud emaslik va ham har bir alohida 
oila a’zosining, ham umuman oilaninghayotidagi o‘zgarishlarga tayyor emaslik; 
muloqotdagi axborot va interfaol elementlarining yopiqligi; 
oilaviy majburiyatlar bajarilishining past darajasi [17]. 
S.M.Leonov oilaviy hayotdagi er-xotinlik o‘zaro hamkorligining buzilish 
sohalarini aniqlash mumkin bo‘lgan bir qator mezonlarni ko‘rsatadi: 

oiladagi mavqe’da kelishmovchiliklar; 

oilada axloq qoidalari tizimi; 

individualizm ko‘rsatkichi; 

yaqinlik va uzoqlashish tamoyillarining mutanosibligi; 


20 

mustaqillikning yo‘l qo‘yilgan darajasi; 

shaxsiy javobgarlik, huquq va majburiyatlarga bo‘lgan munosabat; 

shaxsiy avtonomlik (hududiy; hissiy; moddiy); 
oiladagi erlik indeksi (maskulinnost – mujestvennost) (oila a’zolari 
harakatlarining o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, himoyalash va yordam berish 
bo‘yicha tarqalganligi, ya’ni oilaviy guruhning jamoaviylik darajasi aniqlanadi, 
shu bilan bir vaqtda erlik indeksi oila ichidagi muammolarni hal qilishda 
erkaklar tomonidan kuch ishlatish uslublarining qo‘llanish miqdorini aniqlash 
imkonini beradi). 
V.T.Kondrashenko, D.I.Donskoy, S.A.Igumnovlar 
muvaffaqiyatsiz, 
qiyinlashgan oilaviy hayot doirasida, birinchi navbatda, nikohdagi juftlikning 
shaxsiy va ma’naviy o‘sishda bir-biriga bo‘lgan ehtiyojlarni kanoatlantira 
olishga qodir emasligini ajratadilar. Muammoli munosabatlarning boshqa 
belgilari orasidan quyidagilarni ajratadilar: 

oila a’zolarini aniq shaxsiy chegaralarining mavjud emasligi; 

zo‘ravonlik ko‘plagan tarzda namoyon bo‘lishi; 

oila a’zolarining bir-birlarini ochiq-oydin va niqoblangan holda 
asramasliklari; 
yetarli darajada shakllanmagan empatiyada, refleksiyada, taalluqli qayta 
aloqa o‘rnatish ko‘nikmalari mavjud emasligida namoyon bo‘ladigan past 
darajadagi psixologik madaniyat [18]. 
Shunday qilib, yuqorida keltirilganlardan kelib chiqib, oilaviy hayot sifati 
ko‘rib 
chiqilgan 
zamonaviy 
nazariyalarning 
ko‘pchiligi 
uning 
muvaffaqiyatliligini nikohdagi sheriklarning, farzandlarning va taalluqli 
qarindoshlarning shaxslararo munosabatlarini baholash orqali aniqlaydi, deb 
xulosa chiqarish mumkin. Muvaffaqiyatli, mustahkam oilaviy hayot deganda 
alohida munosabatlar va aloqalarning shunday tizimi tushuniladiki, ularda uning 
a’zolari birgalikdagi turmushdan rozilar. Ya’ni, muvaffaqiyatlilik, kattaroq 
darajada shaxslararo munosabatlar, oila a’zolari, ular orasida, odatda, ayol 


21 
jinsidagi nikohdagi sherik asosiysi sifatida hissiyisitish, qadr-qimmatini va 
o‘zining shaxs sifatida muhimligini sezish, o‘zaro yordam va o‘zaro qo‘llab-
quvvatlashga 
bo‘lgan 
ehtiyojni 
ajratadi, 
qanoatlantirilgan 
yoki 
qanoatlantirilmaganligi nuqtai-nazaridan qaraladi. Bundan tashqari, oilaviy 
hayotdagi shaxslararo munosabatlar ham muayyan genderlik belgisiga ega, bu 
esa erkak va ayol ehtiyojlarining bir-biridan farqi to‘g‘risida guvohlik beradi. 
Oilaviy hayotning muvaffaqiyatliligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi eng yuqori 
ta’sir sohasi sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 
muloqot sohasi, ya’ni, odatda, erkak jinsidagi sheriklar ko‘pincha ayol 
jinsidagi sherikning ularni eshitish qobiliyatidan norozi, ayol jinsidagi sheriklar 
esa erkak jinsidagi sheriklarning o‘z fikrini va hissiyotlarini ifodalashga qodir 
emasliklarini aytadilar; 
janjallarni hal qilish sohasi, ya’ni, odatda, erkak va ayol jinsidagi sheriklar 
oilaviy hayotdagi janjallarni samarali hal qilish qobiliyatining mavjud emasligini 
bildiradilar; 
shaxsiy sifatlarni baholash sohasi, ya’ni, ayol jinsidagi sheriklar, odatda, 
erkak jinsidagi sheriklarni, ularda turli odatlarga bog‘lanib qolganlik, hissiy 
jihatdan sezgir emaslik, rashk mavjudligini, etarli darajada ishonchli 
emasliklarini ta’kidlab, yuqori baholamaydilar. 

Download 346.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling