Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti Maktabgacha taʼlim yoʻnalishi
Mavzu: Huquqiy tarbiyaning oʻziga xos xususiyatlari va oʻrni
Download 81.03 Kb.
|
2 5249110073401158175
3.Mavzu: Huquqiy tarbiyaning oʻziga xos xususiyatlari va oʻrni.
Reja: 1.Huquqiy tarbiyaning oʻziga xos xususiyatlari. 2.Huquqiy ong huquqiy madaniyatning eng muhim tarkibiy qismi sifatida 3.Bola huquqlariga oid huquqiy madaniyatni shakllantirish. Tarbiya inson hayotida muntazam amalga oshib boradigan jarayondir. Tarbiyaning samarali bo’lishi tarbiyachi va tarbiyalanuvchining faoliyatiga xoxish irodasiga, qanday sharoit va vositalarning ta’sirida ruyobga chiqishga bog’liqdir. Ayniqsa tarbiya qanday usullar bilan amalga oshirilganligi, uni berishda qanday yo’l Tutilganligi nihoyatda muhimdir.Huquqiy tarbiya tushunchasi ko’p qirrali tushunchalardan biridir. U o’z ichiga Inson faoliyatining barcha jabhalarini qamrab oladi. Keyingi paytda matbuotda Huquqiy tarbiyaga doir qator mulohazalar bayon etilmoqda. To’g’risini aytganda, bu tushuncha sho’rolar davrida umuman tilga olinmas edi. Hatto, yirik sho’ro qomuslarida ham huquqiy tarbiya .Oxirgi yillar mobaynida ko’pchilik ziyolilarimiz «Huquqiy tarbiya nima?» Degan savolga javob izlab, bir qator tadqiqotlarni bajardi. Bunga sabab huquqiy tarbiyaning ko’p qirrali tushuncha eqanligidir. Huquqiy tarbiya inson faoliyatining barcha qirralarini, uning yaqqol ko’zga tashlanuvchi zohiriy va yashirin, ichki ruhiy–botiniy tomonlarini ham qamrab olganligidadir. Hozirda matbuotda ushbu mavzuga bag’ishlab ko’plab maqola va mulohazalar e’lon qilinmoqda, kitoblar chop etilmoqda.Mustaqilligimiz sharofati bilan huquqiy tarbiya tushunchasini ham xolis va ilmiy talqin etish imkoniyati tug’ildi.Biz bir yilga rejalashtirganimizda, don sochamiz, o’n yilga rejalashtirganimizda daraxt ekamiz, agar butun umrga rejalashtirsak, kishilarni O’qitamiz va tarbiyalaymiz. (Xitoy xalq maqoli).Bu kursning asoslarini insonshunoslik fanlariga tayangan holda o’rganamiz. yoshlarning umuminsoniy dunyoqarshlarini shakllantirish, ma’naviy-ma’rifiy faoliyatlarini yuzaga chiqarish kabi omillarni ilmiy jihatdan tadbiq etib, yoshlarni milliy istiqlol g’oyalari asosida tarbiyalash vazifasi yotadi.Millatni milliy tarbiya shakllantiradi. Maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat ko’rsatish huquqga ega bo’layotgan kadrlarni huquqiy tarbiya nazariyasi va tarixi bilan tanishtirish, ularni huquqiy savodxonligini va huquqiy madaniyatini o’stirish, hamda huquqiy tarbiya metodlari bilan tanishtirishdan iboratdir.Jamiyatda amalga oshiriladigan barcha vazifalar uning a’zosi bo’lgan odamlarning tafakkuri va shuuri darajasi bilan bevosita bog’liqdir. Agar insonning ongi va tafakkuri qanchalik yuqori bo’lsa, u jamiyatni istiqboli buyuk bo’ladi, bu Sohada «Huquqiy tarbiya» kursining o’rni kattadir.Barcha fan va kurslarda bo’lganidek, «Huquqiy tarbiya» kursining ham o’z oldiga qo’ygan vazifalari bor. Ular quyidagilar: - yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash; -«Huquqiy tarbiya» tushunchasining mohiyatini ochib berish; - huquqiy tarbiyani takomil bosqichlari bilan tanishtirish; -buyuk mutafakkirlarning adolat, qonun, huquq va huquqiy tarbiya haqidagi meroslarini o’rganish;inson huquq va erkinliklarini bilish; -burchlar va ularni turlarini tushunib etish; - O’zbekiston qonunlarini va Konstitutsiyasini chuqur o’rganish; -adolatli va qonuniy hayot kechirishga o’rgatish; -bolalar huquqlarini o’rganish; -bolalarda dastlabki huquqiy tushunchalarni shakllantirish. - Huquqiy tarbiya omil va vositalarini o’ranish va boshqalar. Download 81.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling