Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti Maktabgacha taʼlim yoʻnalishi
Sensor harakatlarning rivojlanishi darajasi bolaning qobilyatlari
Download 81.03 Kb.
|
2 5249110073401158175
2.Sensor harakatlarning rivojlanishi darajasi bolaning qobilyatlari shakllanayotganida hamda muayyan bilimlarini va ayrim amaliy ko’nikmalarni egallash jarayonida muhim rol o’ynaydi. Bolada ranglarni va shakllarni ajrata olish qobilyati shakllangan bo’lsa, tevarak –atrofdagi narsalarning xossalarini ko’ra oladi va his qiladi. Bu esa bola biror voqeani tasvirlab aytib berishi, rasm chizishi , loydan nimalarnidir o’xshata olishi, qog’ozdan , matodan turli narsalar qirqishi – qurish – yasash ko’nikmalarini rivojlanishiga imkon beradi.
Shuni ta’kidlash joizki, sensor tarbiyaning protsesslari ayniqsa, ilk yosh davrida alohida ahamiyatga egadir. Aynan shu davrda jadal rivojlanadi. Shuning uchun ham mashhur rus tadqiqotchilaridan N.M. Shilavonov bilan N.M. Askarina ilk yoshni “sensor taraqqiyoning oltin davri ” deb ataydilar. Shuningdek, bolalarda sensor madaniyatni dastlabki oylaridan boshlaboq shakllantirib borish zarurligini alohida ta’kidlaydilar.Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni buyumlarning shakli, katta –kichikligi va rangi bilan tanishtirish hamda ularda bu xossalarni to’g’ri idrok qilish ko’nikmalarini rivojlantirish masalasi sensor tarbiya sohasiga kiradi. Bu tarbiya qanchalik to’g’ri hal qilinsa , bolalarning faqat aqliy tarbiyasiga emas, estetik, jismoniy, va xatto axloqiy tarbiyasi ham shunchalik ahamiyatli bo’ladi. Masalan: bir yarim yashar bola devorning balandligini ko’rib, sakrash mumkinmi yo’qmi anglay oladimi? Yo bo’lmasa, ikki yashar bola daraxtni bargalarini shakli va rangiga qarab farqlay oladimi? Bir yashar bola kubiklarni ustma –ust qo’yib taxlay oladimi? Bularning hammasi ma’lum darajada bolaning idrok qilishning qanchalik rivojlanganligiga bog’liqdir. Komenskiy – aytilgan narsalarni faqat narsalarda emas, real voqeylikda ko’rsatish juda foydalidir deya tavsiya qiladi. Biz o’z tajribamizda ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni sensor tarbiyalashda bolalarni ko’rish vositasida tekshirish va shakliga qarab taqqoslash usullarini o’zlashtirishini usul jihatdan mumkinligi, xossasiga qarab narsalar o’rtasidagi munosabatlarni aniqlash ; Narsalarning shaklini tekshirish va hisobga olish usullarini samarali o’rgatish shartlari amaliy jihatdan yoritish; Ta’limni amaliy narsalar bilan ishlashni takomillashtirishga bolaning sensor tarbiyasi darajasini oshirishga ko’rsatadigan ta’sirini kuzatish kerakligini aniqladik.Xulosa qilib shuni aytaolamizki, bolani sensor tarbiya masalalarini o’rganar ekanmiz, faqat idrok qilinadigan hislatlar bilan tanishtirishnigina emas, shu bilan birga estetik madaniyat, mustaqil faoliyat, tasavvur cheksizligi, sezish , his qilish kabi va boshqa ko’plab sensor harakatlarni idrok qilishning oqilona usullari bilan qurollantirish zaruriyati bugungi kunda dolzab masalalardan ekanligi aniq bo’ldi.Ma’lumki, o‘tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab maktabgacha yoshdagi bolalarni sensor tarbiyalash nazariyasiga asos solindi: Dastlab bola shaxsini har tomonlama rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyalarda sensor tarbiya masalalariga murojaat qilindi; Kichik maktabgacha yoshdagi bolalarda sensor qobiliyatlar va shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan pedagogik-psixologik qarashlarga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar vujudga keldi;Go‘daklik davri va kichik maktabgacha yoshdagi bolalar sensor tarbiyasining konseptual asoslari taqdim etildi.Bularning barchasi bolalarni sensor tarbiyalash asoslarini ishlab chiqish imkoniyatini kengaytirdi.Bolaning bilish vazifalarini pedagogik jihatdan to‘g‘ri yechgandagina, uning idroki va nutqi samarali rivojlanadi. Bu o‘z navbatida atrof-muhitdagi narsalar va hodisalar, ularning o‘zaro munosabatlari, xususiyatlarini bola tomonidan jadal o‘zlashtirishga imkoniyat yaratadi. Ta’lim jarayonini takomillashtirish va yuqori pog‘onaga ko‘tarish har bir bolaning yosh xususiyatlariga qarab, ularning imkoniyatlaridan keng foydalanishni nazarda tutadi.O‘tgan davr mobaynida maktabgacha ta’lim muassasalari uchun Davlat talablari ishlab chiqildi va mazkur talablar muntazam takomillashtirilmoqda. Maktabgacha ta’lim tizimida erishilgan natijalarni haqqoniy baholash imkoniyatlari kengaymoqda. Maktabgacha ta’lim nazariyasida sensor tarbiyaga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud. Bunday yondashuvlar F.Frebel, M.Montessori, O.Dekroli, YE.I.Tixeyeva va boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan. O‘zbek pedagoglaridan Sh.A.Abdullayeva, M.Rasulova, Oxunova[, L.Nazirovalar mazkur muammo bilan shug‘ullanganlar. Ushbu tizimning vujudga kelishi va shakllanishi psixologiyadagi idrok etish nazariyasi bilan bevosita bog‘liqdir. Download 81.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling