Urganch davlat universiteti "pedagogika" fakulteti
Kelsa kishi etma angar o‘rtar kula
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
1 Mahmud Qashg\'ariyning ,,Devoni lug\'atit turk\'\' asarida tarbiya
Kelsa kishi etma angar o‘rtar kula,
Baqqil angar ezgulugung ag‘sin qula (1, 149). Senga kular yuzli bir kishi kelsa, sen uning yuziga issiq kul sochma, yaxshilik qil, yoqimli qiliq bilan hurmatla. Bu misralar orqali birov sendan yordam so‘rab kelsa, sen bunga xursand bo‘l, Tangring seni shunday birovlarga nafi tegadigan qilib yaratganiga shukr qil, degan ma’no ifodalandan. Haqiqatan, ham inson birovlarga nafi tegsagina haqiqiy inson sanaladi. 28 2.3. “Devonu lug’atit-turk” asarini ta’limiy texnologiyalar asosida o’qitish Xalqimizning ta’lim - tarbiyaga oid qarashlari ulug` olim, mutafakkir Mahmud Qoshg`ariy (XI asr)ning "Devonu lug`atit turk" asarida keng bayon etilgan. Asar 1076-1077 yillarda yozilgan va yoshlarga nasihatlar tarzida tuzilgan she’riy parchalardan iboratdir. Devondagi qo`shiqlarda tabiat, ov va jang manzaralari, sevgi - muhabbat va ugit - nasihatlar uz ifodasini topgan. She’rlarda ilm olishning qadri, bilimli kishilarni hurmat qilish, mehmondo`stlik, xushxulqlik, mardlik va jasurlikni targ`ib qiluvchi, baxil, ochko`z, do`stga va xalqiga xiyonat kabi salbiy tomonlarni qoralaydigan she’rlar ko`p uchraydi. Pand - nasihatlarda asosiy o`rin ilm olishga undashga, uning foydasini targ`ib etishga qaratilgan. Ko`plab tarbiyaviy xarakterdagi maqollar ham berilgan. Majmud Qoshg’ariyning «Devonu lugotit turk» asarida ilm olishning qadri, bilimli, donishmand kishilarni hurmat qilish, mehmondo’stlik xushxulqlik mardlik va jasurlikni targ’ib etuvchi, o’z manfaatini ko’zlagan molparast, baxil, ochko’z, do’stiga va xalkiga xiyonat kabi salbiy tomonlarni qoralaydigan she’rlar ko’p uchraydi. Bunday she’rlar turkiy xalqlar qadim-qadimlardan boshlab, inson shaxsini shakllantirishda ta’lim-tarbiyaga katta e’tibor berganligini ko’rsatadi. Ayniqsa, pand-nasixatlarda asosiy o’rinni ilm olishga undash, uning foydalari, ilm axlini xurmat etish to’g’risidagi fikrlar egallaydi. Yoshlarga ilmli kishilarga yaqinlashish, ulardan o’gitlar olish maslaxat beriladi: Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling