4
KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi va zarurati. Boshqa mamlakatlar qatori
o’zbek xalqi ham o‘zining boy adabiy yodgorliklariga ega bo‘lib, “Devoni lug‘otit
turk”, “Qutadg‘u bilig”, “Avesto”, “O‘rxun-Enasoy yodgorliklari”
singari muhim
manbalarning mavjudligi O‘rta Osiyo xalqlari adabiyotida nasrning o‘ziga xos yo‘l
bosib o‘tganligi va rang-barang boyliklarga ega bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Dunyoga siyosiy-iqtisodiy yutuqlari bilan tanilayotgan O‘zbekiston va
o‘zbek
xalqining shuhrati, albatta, bugun yoxud kuni kecha boshlangani yo‘q.
Ushbu yutuqlar ajdodlardan meros mustahkam ma’naviy zaminga ega bo‘lsagina
millat millat sifatida o‘zligini bor bo‘y-basti bilan namoyon qila oladi. «Bizning
havas qilsa
arziydigan buyuk tariximiz bor, havas qilsa arziydigan ulug‘
ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor. Va, men
ishonaman,
nasib etsa, havas qilsa
arziydigan buyuk kelajagimiz,
buyuk
adabiyotimiz va san’atimiz ham, albatta, bo‘ladi”
1
. Shu davrga qadar “Devoni
lug‘otit turk” asari ustida olimlar qator ishlar olib borganlar. Ammo bu asar orqali
bizgacha yetib kelgan badiiyat namunalari yetarlicha o‘rganilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: