Urganch davlat universiteti "pedagogika" fakulteti


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/22
Sana24.12.2022
Hajmi0.66 Mb.
#1064106
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
1 Mahmud Qashg\'ariyning ,,Devoni lug\'atit turk\'\' asarida tarbiya

Turkan qatun qutinga, 
Tegur mendin qo‘shug‘, 
Ayg‘il sizing tabug‘chi 
O‘tnur yangi tabug‘ (1, 357) 
2
Abdulaxat Qahhorov, “Devoni lug‘otit turk haqida”.Toshkent: “Sharq yulduzi”, 2010-
yil,1-son,34-b



Malika (shoh) xotinga mendan maqtov, qasida (qo‘shiq) etkazgin, 
xodimingiz yangi xizmat bilan yo‘llanadi, deb ayt.
3
Mazkur to‘rtlik, garchi shaklan xalq og‘zaki ijodiga xos to‘rtlikni 
gavdalantirsa ham, aniq obraz (Turkon malika) mavjudligi, didaktik mazmun 
ifodalangani bilan individual she’riyatga mansub deb qaralsa maqsadga muvofiq 
bo‘ladi va V.V.Bartoldning qarashlari o‘rinli aytilgan bo‘ladi. 
Ayni paytda «Devonu lug‘atit-turk»da shakl jihatidangina emas, balki 
mazmun tomondan «Qutadg‘u bilig»ga monand didaktik xarakterdagi parchalar 
ham borki, barqaror adabiy muhit, ma’lum izga tushgan ijtimoiy hayotning aks 
sadosini ko‘rishimiz mumkin.
«Devonu lug‘atit-turk»dagi she’riy parchalar yuzasidan yevropalik olimlar 
olib bildirgan mulohazalar anchayin diqqatga sazovor. Asardagi to‘rtliklar turkiy 
she’riyatning qadimgi namunalaridir degan K.Brokkelmanning fikrlari P.Peloning 
qarashlarini shubha ostiga qo‘ydi. P.Pelo moniylik she’rlari yuzasidan olib borgan 
tadqiqotlarida, qadimgi turkiy she’riyat qofiyali emas, balki alliteratsiyali she’r 
bo‘lgan degan xulosaga kelgan edi. Alliteratsiya, uningcha, misralar boshida keladi 
va she’rni bir tizimga soladi. Pelo «Devonu lug‘atit-turk»dagi to‘rtliklarning 
qofiyalanishini fors she’riyati ta’siri deb qaraydi.
4
«Qutadg‘u bilig»ning she’r 
tuzilishiga fors she’riyatidagi qofiya o‘z izini qoldirgan va bu haqda etarli fikrlar 
aytilgan. Moniylik oqimidagi she’rlarga e’tibor berilsa, haqiqatan, alliteratsiyaning 
misralar boshida qo‘llanganini kuzatish mumkin. Masalan, «Tong tangrisi» nomli 
madhiya alliteratsiya izchil qo‘llangan she’rning yaqqol namunasidir. SHe’rni 
to‘liq keltiramiz. 

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling