Urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti


BOB. FANLARARO ALOQANI TASHKIL ETISHNING TA’LIMIY– TARBIYAVIY VAZIFALARI


Download 289.93 Kb.
bet2/2
Sana10.06.2020
Hajmi289.93 Kb.
#116799
1   2
Bog'liq
boshlangich sinf matematika darslarini boshqa fanlar bilan uzviylikda otish metodikasi


BOB. FANLARARO ALOQANI TASHKIL ETISHNING TA’LIMIY– TARBIYAVIY VAZIFALARI


2.1. O`quvchilarga matematika darslarida ekologik ta`lim-tarbiya berish
Ma'naviyatni shakllantirishga bevosita ta'sir qilinadigan yana bir muhim hayotiy omil - bu ta'lim-tarbiya tizimi bilan chambarchas bog'liqdir. Ma'lumki, ota-bobolarimiz, qadimdan bebaho boylik bo'lmish ilm-u ma'rifat, ta'lim va tarbiyani inson va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi, deb bilgan. (Islom Karimov)
Ta'lim mazmunini insonparvarlashtirish elementlaridan biri o'quv fanlarini ekologiyalashtirish, o'quvchilarni inson bilan tabiatning o'zaro ta'sirini, bugungi kundagi ekologik fojianing oqibatlari va ziddiyatlarini anglash hamda tushunishga, ularni sayyoramiz miqyosida fikr yuritishga o'rgatishdir. Albatta, insonlar ongida ekologik ongning o'sishi ular o'rtasidagi muhim iqtisodiy omillardan biri hisoblanadi.
Boshlang'ich sinf matematika kursi yaxlitligi bilan, mavzularning tuzilish jihatidan keng imkoniyatlarga ega. Boshlang'ich sinf o'quvchilari dastlabki mate-matik tushunchalarni o'zlashtirishlari uchun o'qituvchi qulay metod va dars shakl-larini (turlariini) tanlashi kerak. Bunda didaktik o'yinlarning ahamiyati katta. Darhaqiqat, o'yin bog'cha va maktab yoshidagi bolalarga, o'smirlarga ta'lim-tar-biya berishning an'anaviy va sinalgan usullaridan biridir.
O'quvchilar matematikadan faqat dastur materiallarini o'zlashtiribgina qol-may, atrof-muhitni, hodisa va jarayonlarni kuzatishga, solishtirishga, fikrlashga, o'z xulosalarini asoslashga, matematik til bilan so'zlashishga urinishlari kerak. Didaktik o'yinlar darsda ishni individuallashtirish, har bir o'quvchining kuchiga mos topshiriq berish, uning qobiliyatlarini maksimal o'stirish imkoniyatini beradi. O'yin orqali o'quvchilar darsdan olgan bilimlarini mustahkamlaydilar, ularni hayotga tatbiq eta olishga tayyorlanadilar. Birinchi sinf o'quvchilariga

19

11 dan 20 gacha bo'lgan sonlarni o'rgatish jarayonida topishmoqli o'yinlardan foydalanish o'rinlidir:


Sulton tutdi 13 cho'rtan
A'zam tutdi 4 sazan,
Karim tutdi 2 laqqa
Necha baliq chiqdi qirg'oqqa? (19 ta baliq).) ;
Bu topishmoqning javobini bolalar topishadi. Topgan bolalar rag'bat-lantiriladi.
Bolalardan so'raladi:


  • Baliq qayerda yashaydi?




  • Siz baliqning suzganini ko'rganmisiz?




  • Baliq nima uchun tutiladi?




  • Qachon baliqlarni tutish mumkin?

Bolalar savollarga birin-ketin javob berishadi. Bolalar qiynalishsa, o'qituvchi yordamlashadi.


2-sinf o'quvchilariga ko'paytirish va bo'lish mavzularini o'rgatish jarayonida To'g'ri taqsimlash" o'yinidan foydalanish mumkin.
O'yinning maqsadi: o'quvchilarning olgan bilim va ko'nikmalarini tizimlashtirish, og'zaki hisoblash malakalarini, fikrlash qobiliyatini o'stirish, tabiatni muhofaza qilish haqidagi bilim va ko'nikmalarini oshirish.

Jihozlar: gul va kapalak rasmlari.
O'yinning borishi: Xattaxta yoniga bir o'quvchi chiqariladi. O'quvchi magnitli xattaxtaga 4 ta gul yopishtiradi va har bir gulga 3 tadan kapalak yopishtiradi. So'ngra ko'paytirish va bo'lish amallari orqali ifodalab beradi. O'yinda 2-3 o'quvchi xattaxtaga chiqarilib, ularga turli xil o'yinlar taqsimlab beriladi. Xattaxta yoniga chiqarilgan o'quvchilarning ishi bolalar tomonidan kuzatiladi. To'g'ri taqsimlagan o'quvchilar ragbatlantiriladi. So'ngra o'quvchilar bilan ishkomdagi uzumlar, olma shoxlaridagi mevalar, polizdagi qovun-tarvuzlar haqida suhbat o'tkaziladi. Bolalar
20

o'zlari kuzatgan daraxt shoxlaridagi mevalarning taqsimlanishi haqida fikrlaydilar.


Bu esa bolani tabiatga bo'lgan qiziquvchanligini oshiradi.
Matematika darslarida esa quyidagi topishmoqlardan foydalanish muhim-dir:
Masaian, sonlarni o'rganishga tegishli topishmoqlardan:


  1. Bir uychada mingta yigitcha. Bu nima?




  • Asalari.




  1. Yuz qavat ko'ylakchasi yo'qdir hammasida tugmachasi. Bu nima?




  • Karam.




  1. Mingta yigitchaga bitta qiyiqcha? Bunima?




  • Bedabog'




  1. Tovuq desang pati yo'q, oyoq, ko'z, tomog'i yo'q, ming-minglab ochar jo'ja? Buni toping Xolxo'ja. (Inkubatoi).




  1. Pak-pakana bo'yi bor, yetti qavat to'ni bor. Bu nima?




  • Piyoz.

Bu topishmoqlardan dars jarayonida foydalanish orqali o'quvchilarning fikrlash qobiliyati o'stiriladi. Bolalarni ona-tabiatni sinchkovlik bilan kuzatishga, borliqdagi narsalarni, turli-tuman voqea va hodisalarni, mehnatni bir-biridan farqlay olishga o'rgatadi. Turfa olamga bo'lgan qiziqishlarni o'stiradi.


Matematika orqali ekologik ta'lim-tarbiyaning bosh maqsadi -o'sib kelayotgan yosh avlodda, fuqarolarda atrofdagi tabiiy muhit faqat iste'molchilik qarashlarni bartaraf qilib, tabiat va inson o'rtasidagi mas'uliyatli munosabatlarni uyg'unlashtirishga tayyorgarlikni shaklantirishdan iborat.


2.2. Kichik yoshdagi maktab o’quvchilariga fanlararo aloqadorlikda o’yin vositasi orqali ekologik ta’lim-tarbiya berishning uslubiy asoslari


Bolalarning atrofimizdagi olamni muntazam o’rganib borishlariga asoslanib, kichik yoshdagi o’quvchilarda tabiat to’g’risida o’z joyi va barcha mamlakatning tabiiy boyliklari to’g’risida bir butun tasavvur shakllantirish kerak. O’quvchilar

21

vatanimizning tabiiy boyliklaridan odamlar o’zlarining mehnat faoliyatida qanday foydalanayotganliklari bilan tanishishlari lozim. Bunda bolalarga odamlar mehnati atrof tabiat bilan chambarchas bog’liq ekanini ko’rsatish g’oyat muhimdir.


Shu talablarga ko’ra kichik yoshdagi o’quvchilarga:
-jonli va jonsiz tabiat haqida aniq ma’lumot berish;
-odam organizmi va salomatligini saqlash to’g’risida ma’lumot berish;
-tabiatda kuzatishlar o’tkazish o’quvi va ko’nikmalari bilan qurollanish;
-tabiatdan oqilona foydalanish va uning boyliklarini ko’paytirishga qaratilgan insonning mehnat faoliyatini o’rgatish;
-jonajon tabiatga muhabbat, uni muhofaza qilishga intilishni tarbiyalash;
Umumta’lim va hunar maktablarini isloh qilishning asosiy yo’nalishlariga muvofiq tabiatshunoslik dasturiga kiritilgan o’zgarishlar ko’rsatilgan vazifalar bilan bir qatorda tabiatshunoslik kursida o’quvchilarning ekologiya, mehnat va gigiyena tarbiyasiga e’tiborni yanada kuchaytirishni va har bir o’quvchi gigiyena va meditsina sohalarida minimum bilimni egallash, yoshligidan o’z organizmini bilishi, uni tartibli saqlay olishi uchun sharoitlar yaratilishini nazarda tutadi.
Matematikani tabiatshunoslik darsi bilan bog`liq holda o’qitish jarayonida dunyoni milliy materialistik tushunish asoslarini shakllantirish uchun tabiatga insonparvarlik munosabatini, vatanparvarlikni va go’zallikni tushuntirishni tarbiyalash kerak.
Zamonaviy pedagogika ta’lim va tarbiyaga tarbiyalovchi ta’lim deb atalishi yagona jarayonning ikki tomoni deb qaraydi. Ta’limning tarbiyalovchilik xarakteri uning mazmuni bilan belgilanadi. Shuning uchun ham tabiatshunoslikni o’qitish o’qituvchilarga o’quvchilar tafakkurini , ularning ijodiy va bilish faolligini rivojlantirish uchun boy material beradi.
22

O’quvchilarga bilimni bayon qilish metodlari ham tarbiyaviy ahamiyatga ega, o’quvchilarning barcha faoliyatlari bilimlarni o’zlashtirish jarayoni bilan bog’liqdir.


Shu munosabat bilan ham matematikani tabiatshunoslik darsi bilan bog`liq holda o’qitish o’qituvchi uchun tarbiyaviy ishlarga katta imkoniyatlar beradi. Matematikani tabiatshunoslik darsi bilan bog`liq holda o’qitishda og’zaki, ko’rgazmali, amaliy va boshqa metodlardan foydalaniladi.
Ma’lumki, boshlang’ich maktablarda «Atrofimizdagi olam» (1-2-sinflarda) va «Tabiatshunoslik» (3-4 sinflarda) fanlari o’qitiladi. «Tabiatshunoslik» fani «Atrofimizdagi olam» fanining davomi bo’lib, o’zining mazmuni va metodlari bilan o’quvchilarni har tomonlama tarbiyalash uchun cheksiz imkoniyatlarga ega.
O’qituvchisi ekologik ta`lim-tarbiya haqidagi bilimlarni jamiyatimizdagi har bir insonning hayot va mehnatidagi ulug’vor kuchini chuqur anglashi, bunga ishonch hosil qilishi lozim. Shunday ishonchni o’quvchilarda tarbiyalashi zarurdir.
To’g’ri yo’lga qo’yilgan tabiat haqidagi bilimlarni ola turib, tabiat faktlari va hodisalarni o’zaro bog’lanishda, harakat, o’zgarish va rivojlanish holatida tushunishga o’rganadilar.
Bu ta’lim yosh avlodni tabiatga to’g’ri munosabatda bo’lishga olib keladi: unga nisbatan ta’sirchan muhabbatni tarbiyalaydi, tabiat chiroyini idrok etishdan uni qo’riqlash, asrash, tabiat inomlaridan oqilona foydalanish, ana shu boyliklarni o’z qo’llari bilan yaratish va ko’paytirishga o’rganadi.
Matematikani tabiatshunoslik darsi bilan bog`liq holda o’qitish bo’yicha mashg’ulotlarni sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlar: ochiq havodagi o’yinlar, o’lkashunoslik ekskursiyalari, yurishlar bilan chambarchas bog’lamoq zarur.
Bularning hammasi o’qituvchiga matematikani tabiatshunoslik darsi bilan bog`liq holda o’qitish bo’yicha o’quvchilar bilan shug’ullana borib, ularni faqat yaxshi bilim olishgagina emas, balki ular shaxsini shakllanishiga ta’sir ko’rsatishga ham imkon beradi. Boshlang’ich sinflarda matematikani tabiatshunoslik darsi bilan
23

bog`liq holda o’qitish o’qitishning maqsadi – botanika, zoologiya, anatomiya, fiziologiya, gigiyena, jug’rofiya fanlarining elementar asoslarini berishdir.


Matematikani tabiatshunoslik darsi bilan bog`liq holda o’qitish darslari – bu mehnat tarbiyasi maktabi hamdir. Aniq misollarda o’quvchilarni odam mehnati
– uning jismoniy va ma’naviy sihatligining manbai ekanligiga ishontirib, o’qituvchi mehnatga muhabbatni, astoyidil mehnat qilish istagini, mehnat ahliga hurmatni tarbiyalaydi. Bu 1-sinfda «Maktab xodimlari mehnatiga hurmat», «Maktaboldi uchastkasidagi ishlarga qatnashish», «Ishlab chiqarishda band odamlarning kasblari»; 2-sinfda «Kun tartibidagi mehnatning turlari», «Maktab mulkiga ehtiyotkorlik munosabati», «xona o’simliklarini parvarish qilish», «Qurilishlarda, zavod va fabrikada ishlovchi odamlarning kasblari», «Mavsumlar bo’yicha maktaboldi uchastkasidagi ishlar»; 3-sinfda «Tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish bo’yicha odamlar mehnati», «Mehnat va dam olish rejimi (tartibi)», «Dalada, bog’da, polizda odamlar mehnati», «Maktaboldi uchastkasida odamlar mehnati», «Foydali qazilmalarni olish»; 4-sinfda «Cho’llarda, dashtlarda, o’rmonda, tog’larda, tundrada odamlar mehnati», «Yer osti boyliklari, suv, havo, o’simliklar, hayvonlar muhofazasi bo’yicha odamlar mehnati» mavzularidir. Shunday qilib mehnat mavzusi o’quvchilarning kompleks tarbiyasida katta o’rin egallaydi.
Mantiqiy tafakkurni rivojlantirish. Matematikani tabiatshunoslik darsi bilan bog`liq holda o’qitish darslaridagi ta’lim va tarbiya jarayonida asosiy e’tibor o’quvchilar tomonidan dasturlarda mo’ljallangan bilim, o’quv va ko’nikmalarni egallab olishgagina emas, balki ularda idrok qilish qobiliyati, mantiqiy tafakkurni rivojlantirishga ham qaratmoq lozim. O’quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish bo’yicha ish programma belgilagan doirada, programma materialida, maktabning barcha ta’lim-tarbiya ishlari bilan bog’liq holda olib borilishi kerak.
O’quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga rahbarlik qilish – bu ularni tahlil qilish, sintezlash, taqqoslash, mavhumlashtirish, umumlashtirishga va shu kabi operasiyalarni uquv bilan bajarishga o’ rgatish, oddiy tushunchalarni

24

o’zlashtirishda, o’z mulohazalarini bayon qilishda va xulosalar chiqarishda ularga yordam berish demakdir. Shunga intilish kerakki, ularning nutqi aniq, izchil va isbotli bo’lsin, tabiatshunoslik atamalaridan foydalanishga asoslansin. Butun o’qitish jarayoni, agar u to’g’ri tashkil etilgan bo’lsa, shu paytning o’zida o’quvchilarda mantiqiy tafakkurni rivojlantirishga qaratilmog’i zarur.


Mantiqiy uslublar (taqqoslash, tahlil qilish va sintezlash,
mavhumlashtirish, konkretlashtirish, umumlashtirish)dan tabiatshunoslikni o’qitishda foydalanish, tushunchalar, mulohazalar, muhokamalar ustida ishlash – bularning hammasi pedagogik jarayonni boyitadi, uni yana ham mazmunliroq qiladi, o’quvchilarning har tomonlama rivojlanishiga uning ta’sir darajasini kuchaytiradi.
Matematikani tabiatshunoslik darsi bilan bog`liq holda o’qitish darslarida o’quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish ustida olib boriladigan ishni maktab ta’limining birinchi qadamlaridan (1-2-sinflarda) atrofimizdagi olam bilan tanishtirish bo’yicha darslarda boshlang’ich tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirish bilan boshlamoq va o’quvchilarning yosh xususiyatiga va shuningdek, o’qitishning mazmuni va metodlariga qarab, asta-sekin murakkablashtirib borish bilan butun ta’lim davomida olib bormoq kerak. Tabiatshunoslik darslarining har bir mavzusi o’ziga xosdir, lekin o’qitishda qo’llaniladigan mantiqiy fikrlash uslublari o’shanday qolaveradi, faqat ularning uyg’unlashishlari almashinadi, qo’llanish shakllari har xillashadi, mazmuni murakkablashadi yoki soddalashadi.
Matematikani tabiatshunoslik darsi bilan bog`liq holda o’qitish darslari o’quvchilarning aqliy jihatdan rivojlanishi uchun, jumladan, tafakkurning rivojlanish uchun boy material beradi. Til va tafakkur ajralmasdir, tilsiz inson tafakkurining, tafakkursiz tilning bo’lishi mumkin emas. O’quvchilar tabiat jismlarining nomlarini atab, ular to’g’risida o’z fikrlarini, mulohazalarini izhor qilib, shu narsalarni idrok qiladilar va ularga o’z munosabatlarini ko’rsatadilar. O’quvchilarning nutqi ustida ish olib borish bilan bir vaqtda o’qituvchi ularning

25

tafakkuri ustida ham ish olib boradi, o’quvchilar fikrining aniqligi, tushunarliligi, izchilligi va asoslanganligini tarbiyalaydi. Matematikani tabiatshunoslik darsi bilan bog`liq holda o’qitish darslarida ma’lum miqdordagi tabiatshunoslik bilimlarini o’zlashtirish jarayonida muayyan fikrlash faoliyati amalga oshadi va mantiqiy tafakkur rivoj topadi.


O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi”ning asosiy yo'nalishlarida o'quvchilarda milliy dunyoqarashni shakllantirish tarbiyaning asosiy qismi ekanligi ko'rsatib o'tilgan. Bu muhim vazifalarni bajarish, o'quvchilarga ekologik tarbiya berishni to'g'ri yo'lga qo'yish har bir o'qituvchi-pedagogdan o'z ishiga mas'uliyat bilan qarashni talab etadi.
O'yin yordamida bolalar o'rtasida muayyan munosabatlar o'rnatilgan bolalar jamoalari yuzaga keladi. O'yin vositasi boshqa hamma o`qitish shakllaridan ustun va samarali hisoblanadi, chunki u bolalarning butun hayotini, shaxsiy faolligini,
mustaqilligini yo`lga qo'yish imkonini beradi. Pedagog o'yinni oqilona boshqarishni, undan ta'lim-tarbiya maqsadlarida foydalanishni o'z oldiga maqsad qilishi zarur.
O'yin orqali o'quvchilarni ekologik ruhda tarbiyalashda birinchi, ikkinchi sinflarda o'tiladigan "Atrofimizdagi olam", uchinchi va to`rtinchi sinflarda
"Tabiatshunoslik" darslari muhim rol o'ynaydi. Jonajon ona-tabiat yosh avlodni ekologik tarbiyalashda muhim vosita sifatida xizimat qiladi.
Birinchi va ikkinchi sinf o'quvchilarida "Atrofimizdagi olam'" buni o'qib o'rganrshlari orqali go'zallikni his qilish va tushunib yetish tabiat qonuniyatlarini o'rganish, intilish, kuzatuvchanlik, mehnatsevarlik, jonajon diyorni sevish kabi ko'nikmalar taraqqiy ettiriladi.
Bu bilimlar majmuasi esa ekologik tarbiyaning mazmuni hisoblanadi. Olti yoshli birinchi sinf o'quvchilari bilan mashg'ulotlar olib borishda tabiatni kuzatish,

26

ko'rgazmali qurollar yordamida tashkil etiladi suhbatlar, didaktik o'yinlar singari metodlardan foydalaniladi.


Ta'limning o'yin jarayonini, ayniqsa, ochiq havoda amalga oshiriladi o'quvchilarda kuzatuvchanlik va ijodkorlikni rivojlantirib, buyum predmetlarning ranglarini, shakllarini, katta-kichikligini, hidini, ta`mini aniqlashga umuman, sezgirlik qobiliyatini taraqqiy ettirishga tabiatdagi mavjud garmoniyani obyektiv ravishda his qilishga o'rgata boradi.
Ma'lumki, didaktik o'yinlar ko'pchilik hollarda bolalarning dars jarayonida ma'lum bilim va ko'nikmalarini hosil qilishlari asosida o`tkaziladi. Bu xil mashqlarni bilim va ko'nikmalarni shakllantirmasdan turib, tashkil qilish yaxshi samara bermaydi.
Didaktik o'yinda bevosita takrorlash metodlaridan foydalanish kerak. Bundan kuzatilgan maqsad darsda faol qatnashgan o'quvchilarga tayanib barcha nofaol o'quvchilarni ham o'yinga jalb qilish hamda olgan bilim va ko'nikmalarni takomillashtirishdan iborat.
Masalan: "Bizning maktab va jonajon o'lka'' mavzusini o'tish davomida darsning ayrim bosqichlarida didaktik o'yinlardan foydalanish o'rinlidir. O'yinlarning nomlari taxminan "O'ylab top" "Kim topadi" bo'lishi mumkin.
"O'ylab top" mavzusida o'tkaziladigan o'yin. O'yinning maqsadi: o'quvchilarni o'quv qurollari va ulardan foydalanishga o'rgatish, tabiatdagi hodisa va predmetlarning go`zalligi haqidagi bilimlarni mustahkamlash.
Jihozlar. o'quv qurollari, taxtacha-o'lchov, sirkul, kitob, tevarak atrofni aks ettiruvchi rangli hamda chiroyli rasmlar va boshqalar.
O'yinning borishi: Bolalarga turli xil rasmlar tarqatiladi. O'qituvchi juda ixcham tuzilgan savollar bilan o'quvchilarga murojaat qiladi. O'quvchi o'quv qurollarining rasmini tez ajratib olsa, magnit doskaga yopishtiriladi. Shuningdek joylarning fasllarga doir rasmlari asosida savollar tuzib, o'quvchilar o'yinga jalb qilinadi.

27

"Kim tez topadi?" O'yinning maqsadi: o'quvchilarni maktabda ishlayotgan har xil kasb egalarining hayoti va faoliyati bilan tanishtirish. Kasb tanlashga o'rgatish, mavzu yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlash.



O'yinning borishi: stol ustiga turli kasb egalarining fotosuratlari yoyib qo'yiladi. Doskaga 2-3 o'quvchi chiqarilib: "Qani aytinglarchi, maktabimizda qaysi kasb egalari ishlaydi?"- deb so'raladi. Bolalar o'qituvchi, oshpaz, sotuvchi, hamshira va bog'bonlarning fotosuratlarini qo'lga olib, magnit doskaga yopishtiradilar.
Bu jarayon boshqa o'quvchilar ishtirokida o'qituvchi tomonidan kuzatib boriladi. Rasmlarni to'g'ri aniqlagan o'quvchilar rag`batlantiriladi. Noto'g'ri javob esa o'quvchilar va o'qituvchi tomonidan to'ldiriladi, umumlashtiriladi. So'ng o'qituvchi boshqa kasb egalariga tegishli suratlarni ham 4-5 o'quvchiga tarqatib, ulardan birin-ketin so'raydi. Ular magnit doskaga yopishtirilgan javoblarni o'quvchilar yordamida tekshiradi va o'zi to'ldirib, xulosa chiqaradi.
O„zbekistonning madaniyati, ta’lim, yangi insonni tarbiyalash borasidagi ijtimoiy – iqtisodiy, siyosiy faoliyati boshlang„ich ta’limning to„la ma’noda erkin va har tomonlama rivojlanishi uchun zamin yaratadi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko’lamli islohatlar faqatgina xalq manfaatlari uchun, uning baxt-soadati uchun xizmat qilayotganining guvohi bo’lib turibmiz. Shu bois ham biz buni «Mustaqillik in’omi», «Mustaqillik imkoniyatlari» deya baralla aytishimiz mumkin. Chindan ham biz muhtaram Prizidentimiz
rahnomaligida qadrimiz, qadriyatlarimiz, qaddimiz tik lanayotgan davrda yashayotgan ekanmiz, yosh avlodni o’sib, ulg’ayib kelayotgan bolajonlarimizni ilk yoshdan boshlab milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlar, milliy tarbiya ruhida, milliy dastur talablar asosida kamolga yetkazmog’imiz lozim. Shunday ekan pedagogning ish ko’lamini kengaytirish bugungi o’qituvchining asosiy faoliyati hisoblanadi. O’qituvchidagi intelektual salohiyat ishchanlik, mehnatsevarlik, ijodkorlik xususiyatlari ta’lim mazmunining boyishida alohida va muhim ahamiyat
28

kasb etadi. Ta’lim jarayonida ilg’or texnologiyalarning yangidan-yangi usullarining qo’llanilishi darslarning rang-barang, qiziqarli tarzda o’tishiga olib keladi. O’quv materiallarining chuqur o’zlashtirilishida ham keng imkoniyatlar yaratadi.


Bugungi kunda yoshlarga qaratilayotgan e’tiborning qadriga yetishi va uni obyektiv baholash mumkinligining zaruriyatini to’g’ri va haqqoniy anglash hamda kelajakga ishonch hosil qilish uchun ularga mustaqillik tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.
Shu o’rinda Prizidentimiz I.A.Karimovning «Adolat, vatan va xalq manfaati har narsadan ulug’» nomli asarida qayd etilgan yoshlar tafakkurini rivojlantirish borasidagi har bir insonning, ayniqsa endigina qadam qo’yib kelayotgan yoshlarning ongida shunday fikrni singdirish kerakki ular o’rtasiga qo’yilgan maqsadlarga erishish o’zlariga bog’liq ekanligini, ya’ni bu narsa ularning
sobitqadam, g’ayrat-shijoatiga, to’la-to’kis fidokorligiga va cheksiz mehnatsevarligiga bog’liq ekanligini anglab yetishlari kerak. Xuddi shu narsa davlatimiz va xalqimiz ravnaq topishning asosiy shartidir degan fikrlarni keltirish maqsadga muvofiqdir.
Boshlang’ich maktabda matematikani tabiatshunoslik darsi bilan bog`liq holda o’qitish, tabiat hayotidagi ayrim faktlar va o’simliklar, hayvonlar hamda odamning tashqi xususiyatlari bilan tanishtirishdagina iborat emas. Matematikani tabiatshunoslik darsi bilan bog`liq holda o’qitish jonli va jonsiz narsalar tabiatning har xil obyektlari o’rtasidagi o’zaro aloqalarni kichik yoshdagi maktab o’quvchilari tushuna oladigan shaklda ochib berishi jonajon tabiatga muhabbatni, uning boyligi qo’riqlash va ehtiyotlik bilan foydalanish istaklarini tarbiyalashi kerak.

29

2.3. Boshlang’ich ta’limda mehnat va matematika fanlarini o’rga nishda fanlararo aloqadorlik


Ma’lumki, boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishdan asosiy maqsad o’quvchilarda predmetlarlarning soni, shakli, rangi buyicha zarur tasavvurlar hosil qilish va yuqori sinflarda matematikani puxta o’rgansh uchun zamin yaratishdir. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida kuzatuvchanlikni rivojlantirish xususiyati shundan iboratki, matematika obyektiv borliqni o’rganish bilan bir vaqtda o’rganilayotgan voqea va predmetlarni konkret mazmunidan moddiy dunyoning eng umumiy tomonlariga tegishli bo’lmagan, uning miqdoriy
tomonlariga hamda fazoviy shakl va munosabatlariga tegishli bo’lmagan
hamma narsaga nisbatan abstraksiyalanadi. Matematikaning buyuk kuchi ham shundadir, tushunchalarning abstraktligi va umumiyligidadir, boshqa o’quv fanlari bilan har tomonlama ko’plab munosabatlar, bog’lanishlar o’rnatish imkoniyatlari ana shundadir. Bunday bog’lanishlarni o’rnatishda umumiy faktlarni,(yani son
haqidagi, geometrik figuralar, miqdorlar shakllar haqidagi tasavvurlar va elementlar tushunchalar: har xil malaka va ko’nikmalar, faoliyat turlari o’qitishning forma va metodlarini asos qilib olish mumkin.
Bolalarnnng yosh va fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning matematikaga bo’lgan qiziqishlarini asta-sekin uyg’ota borish lozim. Buning uchun o’quv materiallarini qiziqarli qilib tushuntirish, mahalliy materiallar asosida hisoblash, o’lchash, yasashga oid masalalar tuzish va yechish, matematik o’yinlardan, ertak qahramonlaridan foydalanish: predmetlararo bog’lanishlarni qo’llash kabi imkoniyatlaridan, tadbirlardan foydalanish muhimdir. Matematika darsining mehnat talimi darsi bilan bog’langanligini o’quvchilar maktabga kelgan kunlardanoq birinchi mehnat darsidan sezish mumkin. Bolalar qo’l mehnatli darslarida qog’oz, karton, plastilin kabi turli materialdan oddiy o`yinchoqlar, kartochkalar, gesketrik figuralari yasaydilar. Bunda o’quvchilar materiallarning

30

rangi, shakli va boshqa xususiyatlariga qarab javob beradilar hamda ularda rang, shakllarni tanlash, solishtirish, taqqoslash ko’nikma va malakalarni hosil bo’ladi.


O’quvchilar mehnat darslarida o’lchash, chizish va turli narsalarning modellarni yasash ishlarini o’qituvchilar bilan birgalikda bajarib, biz o’quvchilar ongida grafikaviy tushuncha ko’nikmalarni shakllantirgan bo’lamiz.
Matematikani boshqa fanlar bilan bog’lagan yoki predmetlararo aloqani amalga oshirgan bo’lamiz. Bolalar mehnat darsida yasagan doira, uchburchak yoki kvadratlardan, 1 - 10 ichida sonlarni nomerlashda, 10 gacha bo’lgan sonlarni qo’shish va ayirishni ongli idrok qilishlari uchun ulardan foydalanadilar. Mehnat darslarini shunday rejalashtirish kerakki, bolalar kollektivining kundalik hayotida zarur bo’lgan predmetlarni yasash va ishlarni bajarish bilan izchillikda olib borishdan, yani sinfda kollektiv hayotini yo’lga qo’yish, tabiat mashg’ulotlari, matematika, ona tili darslarini, bayram, o’yinlarni o’tkazish, sinfda tartib va tozalikni saqlash ishlarini to’g’ri rejalashtirishdan iborat bo’lsin. 1-sinf mehnat ta’limi darslarining 2- choragidan boshlab o’quvchilar karton va qog’oz bilan ish olib borishadi. Bunda ular to’g’ri to’rtburchak, kvadrat qirqishni, geometrik shaklardan naqshlar yasashni o’rganadilar.


  1. - sinfda. matematika programmasida anchagina geometrik material bor.

Bunda ular chiziq, to’g’ri to’rtburchak, kvadratning perimetrini topishni o’rganadilar, aylana, doira bilan aylana markazi va radiusi bilan tanishadilar. Ana


shu ko’rib o’tilgan narsalar mehnat darslarida qo’l keladi.
Bolalarni 1 - sinfdan boshlaboq tabiatni bilish, uni sevish ruhida tarbiyalab, qishloq xo’jaligi mehnatiga qatnashtirib borish lozim. O’quvchilarni o’quv tajriba uchastkasida amaliy mashg’ulotlar olib borish, oddiy tajribalar o’tkazishlari kerak. masalan:
2 "A" sinf o’quvchilariga buyi 6 metr, eni 4 metr bo’lgan to’g’ri to’rtburchak o’quv-tajriba uchastkasi ajratildi. Ana shu uchastka atrofini taxta bilan o’rash uchun necha metr taxta kerak bo’ldi, degan savolga o’quvchilar matematik bilimlariga asoslanib javob beradilar. bunda ular to’rtburchak

31

perimetrini topish uchun bo’yini eniga qo’shib 4 ga ko’paytirish kerakligini ular biladilar. Ana shu asosda uchastkaga 20 metr taxta ketish kerakligini bilib oladilar.




  1. - sinfda o’quvchilar kv., sm.,kv.,dm., kv.m kabi yuza o’lchov birliklari bilan tanishadilar. Yuza haqidagi ko’nikma va malakalar hosil qilingandan keyin ularga turli o’lchamga ega bo’lgan yer uchastkalarining yuzini hisoblash buyicha

mashq qildirish lozim. Bu mashqlarga muommoli xarakter berish uchun matematika o’qitishni turmush bilan bog’lash, o’lchamlarni boshqa masalalar, masalan, mehnat darsida devorni oqlash qanchaga tushishi, polni bo’yash, qanchaga tushishi bilan ma’lum o’lchamdagi yer uchastkasiga qancha karam ko’chati ketishi kabi hayotiy masalalar bilan bog’lash kerak. By bilan bolalarga yangi tushuncha sodda iqtisodiy tushunchalarning mazmuni ochib beriladi. 1) buyi 4 metr, eni 2 metr bo’lgan xonaning polini bo’yash uchun 3 so`m to’landi. Uni shunday buyi oldingi xona buyidan 2 marta qisqa bo’lgan xona polini bo’yash uchun qancha to’lash kerak? (Ikkala holda ham I kv. m polni bo’yashga bir xilda to’langan). Birinchi zveno 30 kv. m maydonga kartoshka ekdi. Bunda u 9 kg kartoshka urug’i ketkazdi. Agar urug’lik sarfi bir xil bo’lsa, 2 - zveno buyi 10 m va uni 9 m bo’yash uchastkaga qancha kartoshka olishi kerak?


Talim-tarbiya jarayonida o’quvchilarga fan asoslaridan puxta, chuqur va mustahkam bilim berish bilan birga ularni darslarda hosil qilgan bilim va malkalarini amaliy faoliyatda qo’llay bilishga undash, ijtimoiy - foydali mehnatga tayyorlash muhimdir. Boshlang’ich sinflarda matematika darslarida amaliy va hayotiy maqadlarrni qo’llash, o’quvchilarni yuqori sinf materiallarini puxta o’zlashtirishga yordam beradi. Bundan tashqari bu masalalar o’quvchilarda mehnatga muhabbat, o’zgalar mehnatiga hurmat kabi xislatlarini tarbiyalaydi.
Ijtimoiy - foydali mehnat darsida o’quvchilar kartoshka yig’ishgani chiqishdi. Ular 1 soatda anchagina kartoshka yig’ishdi. Shu kartoshkani qancha ekanligini bilish kerak bo’lib qoldi. 30 ta o’quvchi 4, chelakdan kartoshka yig’ishdi.

32

bir chelak kartoshka 6 kg bo’lsa, butun sinf necha kg kartoshka yigishgan? degan masala tuzadilar va uni yechadilar.


Javob : 360 kg.
Qishloq xo’jaligi mehnat darslarida kishilar mehnat qilayotgan bog’larga, polizlarga ekskursiyaga olib boriladi. Ana shu ekskursiyada bolalar bog’ va poliz ishlari bilan tanishadilar, ular o’sha yerdagi kishilar mehnatini ko’radilar va ularga yordam beradilar. Yoki maktab yaqinida bir bog’cha qurilayapti. Ana shu qurilishga ekskursiyaga boradilar albatta bu ishlar 3 - sinf, 4 - sinf o’quvchilari bilan amalga oshiriladi). Bu yerda ham quruvchilarning mehnati shu qurilishga kerak bo’ladigan materiallar bilan tanishadilar. Ham matematikadan, ham mehnat ta’limidan, ham tabiatshunoslikdan uz bilimlarini mustahkamlaydilar. Sinfga kelib ertasi kuni matematika darsida bog’ va polizda ko’rganlaridan, qurilishda eslab qolganlaridan o’zlari masalalar tuzadilar va yechadilar. Avval oddiy masalalar tuzadilar, keyin kichik sonlar o’rniga ko’p xonali sonlar qo’yadilar. Masalan: polizda 166 kg sabzi, bundan 2 marta ko’p karam, sabzi va karamga qaraganda 450 kg ko’p kartoshka yig’ib olindi. Shundan qancha kartoshka yig’ib olingan?
166 - 166 x 2 - 450 = 166 + 332 - 450 = 948 (kg) .
Javob: 948 kg kartoshka yig’ib olingan. Yoki uy poydevorining buyi 28 m, eni 14 m. Qurilayotgan uy egallagan yer maydonning yuzini hisoblang. Shunda 3 - sinfda yuza birliklari o’tilgandan so’ng ekskursiyaga borilib, ushbu berilganlar bo’yicha masala tuzilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Umuman olganda ta’lim samaradorligini oshirishda u yoki bu fan buyicha tashkillashtiriladigan ekskursiyalarning ahmiyati katta. Bunda o’quvchilar nazariy bilimlarini hayotga qo’llashni o’rganadilar. Bog’ va polizda ekiladigan mevalar va sabzavotlar bilan, qurilishda ishlatiladigan texnika bilan, qum, loy, g’isht, shisha, beton kabi qurilish materiallari bilan tanishadilar, ular haqida tasavvurlari
33

kengayib, qayerda qanday qilib, ishlatilishini bilib oladilar. Qurilish materialining tarkibi bilan o’rganib oladilar.


Matematika va mehnat darslarida predmatlararo aloqani amalga oshirib, o’qituvchi o’quvchilarni, bog’bon, sohibkor, shofyor, sut sog’uvchi, quruvchi, tikuvchi kabi kasblarga bo’lgan qiziqishlarini o’stiradi.
2-sinfda o’quvchilar ulushlar bilan tanishib to’g’ri to’rtburchak, doirani teng bo’laklarga bo’lishi, ularning qismlarini o’rganib oladilar.
3 sinf da ana shu malumotlar figuralarning modellarini, kvadratlar, to’g’ri formadagi to’g’ri to’rtburchaklar) teng bo’laklarga bo’lishga doir amaliy ishlarni bajaradilar. Ana shu amaliy ishlarni mehnat darslarida ham qo’llaydilar. Masalan, isloh qilingan maktablarning Sh sinfida III chorakda applikasiya usulida aylana bo’laklaridan naqsh tuzish temasi bor.
Bunda o’qituvchi suhbat davomida bolalarga to’g’ri chiziqlar yordamida turli detallarning modellarini chizish vaqtida o’lchashni nol nuqtadan boshlab chapdan o’ngga yoki yuqoridan pastga qarab o’lchash kerakligini tushuntiradi. Aylana chizish uchun bir nuqta belgilab olinadi va sirkul uchini ana shu nuqtaga qo’yib aylana chizishni aytadi. Ana shu o’rinda aylana va doiraning farqi ko’rsatib o’tiladi. (Doiraning yuzi, aylananing esa uzunligi bo’ladi). Aylanani chizib, ana shu qog’ozni qirqib olsak, bu doira bo’ladi. Keyin mana shu doira shaklidagi buyumlarni yasatadi. Masalan: choynak, koptok, quyosh, qo’g’irchoq kallasi, soat siferblati tayyorlashda ham mehnat darsini matematika bilan bog’lab olib boriladi.
Mehnat darslarida aylana yoki doiradan foydalanib, yasaladigan narsalardan namunalar.

34

35

Boshlang’ich sinf o’quvchilariga mehnat ta’limi berish dasturida o’quvchilarni hayotga tayyorlashni takomillashtirsh, ularni ijodiy, ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlash, ongli ravishda kasb tanlashlariga yordam berish ishlari ko’zda tutiladi.


Bolalar kichik maktab yoshidanoq mehnatga psixologik va amaliy tomondan tayyorlanadi. O’quvchilar bolalar bog’chasidan boshlab qog’oz bilan, - tabiiy materiallar bilan ishlash ko’nikmasiga ega bo’ladilar. Boshlang’ich sinflarning har biri uchun haftasiga isloh qilingan maktablar uchun 1 soat mehnat darslari ajratilgan.
Yosh avlodni estetik jihatdan tarbiyalashda, go’zallik va nafosat olamiga olib kirishda boshlang’ich sinflar o’ziga xos bir bosqichni tashkil etadi. Chunki bolalar bog’chasida eng sodda mehnat tushunchasini oladilar. Maktabga kelganda bu tushunchalar kengaytirib boriladi.
Geometrik material boshlang’ich sinfning 1 - sinfidan boshlab o’rgatiladi. Unda figuralarning modellarini ko’rsatib bu - doira, bu - uchburchak deb tushuntiriladi. Oldindan tayyorlab qo’yilgan qog’oz (karton) dan simdan, sanoq cho’plardan uchburchak yasash talab qilinadi.
To’rtburchak va beshburchak ham xuddi shunday tanishtiriladi. Asta-sekin geometrik figuralarni xossalari ham o’rganib boriladi. Ana shu matematik bilimlarni boyitish mehnat darslarida ham bir qancha darslar borkim, ularda geometrik figuralarni xossalarini o’rgatish mumkin bo’ladi.
Bundaylarga bir nechta narsalarni namuna qilib ko’rsatsa bo’ladi. Choynak yasashda plastilin yoki loydan foydalinadi. O’qituvchi bu darsda plastilin haqda gapirib beradi, undan har xil buyumlar, o’yinchoqlar yasashni tushuntiradi. O’qituvchi plastilindan dumalok shar shaklini yasab va savol beradi.

Bolalar qani aytingchi, men nimaning shaklini yasadim? Bolalar javob


berishadi. Keyin o’qituvchi bu geo metrik figura. ekanligini shar dumaloq

36

ekandigini tushuntiradi. Oldidan qaralsa doiraga o’xshashligini aytadi. Bu shakldan koptok, olma, choynak, quyosh yasalishini tushuntiradi.


Qovoq tarvuz, qovun urug’laridan naqshlar yasashda to’g’ri to’rtburchakni teng bo’laklarga bo’lish aytilayapti.
Kvadrat teng tomonli to’g’ri to’rtburchak ekanligini qog’ozni buklab tushuntirish mumkin. Kvadratni ikkiga ikkiga buklasa qaysi geometrik figura hosil bo’ladi? Nechta uchburchak shakllaridan kvadrat yasash mumkin? Bunda uchburchaklar qanday bo’lishi kerak?
Kvadrat shakllaridan yana kvadrat yasash mumkinmi? kabi savollar orqali mehnat darslarini qiziqarli va samarali o’tkazish mumkin. Bunda kvadratning teng tomonli ekanligi uning o’rtasidan chiziq o’tkazilsa yoki buklansa teng ikki uchburchak hosil bo’lishi, agarda yana bir buklansa, 4 ta tomonli uchburchak hosil bo’lishini tushuntiriladi.
Geometrik figuralar juda xilma-xildir. Har qanday geometrik figuraning bo’lagi ham geometrik figuradir. Bir nechta geometrik figuraning birlashmasi ham geometrik ekanligini puxta va to’g’ri chiziq tekisligidagi asosiy geometrik figuralar hisoblanishini, har qanday to’g’ri chiziq nuqtalar to’plamidan iborat, bo’lishligini tushuntirishi kerak. To’g’ri chiziq va nuqtalarning asosiy xossalarida shunday deyilgan: har qanday ikki nuqtadan to’g’ri chziq o’tkazish mumkin. Bu xossani biz kvadrat chizishda undan chiziqlarlar o’tkazishda tushuntirib o’tishimiz mumkin. Bunda biz to’g’ri chiziq va kesmani farqi bor ekanligini alohida ta’kidlaymiz. Kesma chiziqning 2 tomonidan chegaralangan bo’ladi. Bu darsda matematik daftar varag’iga kvadrat chizib qirqiladi. Kataklarni sanash orqali, nuqta qo’yib bir-biriga tutashtiriladi va o’qituvchi shu o’rinda muommoli vaziyat hosil qiladi. Shaklning tomonlarini o’lchang va qirqing. Natijada qanday shakl hosil bo’ladi? Bolalar tomonlari teng bo’lgan to’g’ri to’rtburchak bu kvadrat
Kitob uchun xatcho`p yasash masalasi berilgan. Bunda ham to’g’ri to’rtburchak va kvadratlarning xossalaridan foydalaniladi. Agar berilgan

37

chiziq teng kvadratlarga bo’linmasa naqsh to’g’ri joylashmasligi va uning yaxshi


estetik zavq bermasligi aytiladi.
Urug` solish uchun paket yasash, mehnat darsi uchun quticha yasash,
kartochka uchun cho’ntakchalar yasashda ham to’g’ri to’rtburchakning
o’rtasidan kesib o’tgan dioganal uni teng 2 ga uchburchakka ajratish xossasidan
foydalanamiz.
Diagonal qarama-qarshi uchlari tutashtiruvchi kesma hisoblanadi.
1-sinfda geometrik figuralardan har xil naqshlar yasash ishlari ham berilgan.
Masalan: quyidagi dars temasini ko’rib chiqaylik.
Mavzu: "Qog’oz va karton bilan ishlash". Darsning maqsadi:
1. Geometrik shakllardat naqsh
2. Tomonlari 5 sm li bo’lgan kvadratlar qirqish


  1. Bitta kvadratda nechta uchburchak hosil bo’lishini aniqlash




  1. Applikasiyalar yordamida xar xil naqshlar tuzish

Dars jihozlari: qaychi, rangli qog’oz, katakli daftar varaqlari.


Darsning mazmuni.
1. Darsni tashkil etish.
O’quvchilarning darsga bo’lgan tayyorgarliklarini ko’rib chiqish
Yangi mavzu. Bolalarga katak daftarlariga tomonlari 5 sm li kvadratni chizishga topshirish. Kvadratning nomini esdan chiqarmaslikni ta’kidlash.
Dars davomida o’qituvchi o’quvchilardan uchburchakda nechta tomon borligini so’raydi. Bolalardan bitta kvadrat nechta uchburchak hosil qishini so’raydi
Bitta kvadratni bir buklasak 2 ta, ikki buklasak 4ta uchburchak hos il bo’ladi deb aytadilar. Uni amalda ko’rsatadilar va bu uchburchaklardan archa naqshini yasashni o’rgatadi. Naqsh yasashdan oldin o’qituvchi applikasiya yo’li bilan ishlangan archali uy plakatini ko’rsatadi. Bu
38

plakatdan geometrik shakllarni topishni aytadi. Bolalar uy kvadrat va uchburchaklardan archa esa uchburchaklardan hosil bo’lganini aytishadi. So’ngra shu rasmga qarab archa shaklida naqsh yasaydilar. Agar uchburchaklarning ikki tomoni teng bo’lsa, u teng yonli uchburchak deb atalishini ta’kidlaydi.
Apcha yasaganimizda teng yonli uchburchaklardan foydalandik. Uyning tomi ham teng yonli uchburchak ko’rinishida bo’lib, uning mustahkamligi haqida tushuntiriladi. Shuningdek qog’ozdan poroxodcha, parovoz, traktor modellarini yasashda ham, geometrik figuralardan to’g’ri to’rtburchak, uchburchak va doiralardan foydalanishi aytiladi.
Birinchi sinfda geometrik shakllardan qanday naqshlar yasash mumkinligini o’quvchilarga darslarda ko’rsatib borilib ularda ijodiy mehnatga qiziqish o’stiriladi. Mehnat darslarining muvaffaqiyatli borishi, avvalo ta’lim metodlarini to’g’ri tanlashga, o’qituvchining pedagogik mohoratiga bog’liqdir. Ular har bir darsga puxta tayyorlanishi, rejada belgilangan predmetlarni o’zi yasab ko’rishi va ko’rsatishi shart. O’quvchilar ish o’rinlarini to’g’ri tayyorlash, ularni tartibli tutish, vaziyatga moslashishi, asboblarni va materiallarni to’g’ri, ehtiyotkorlik va tejam bilan foydalanish yo’larini bilib olishlari, shaxsiy gigiyena talablariga rioya qilishlari kerak.
2 – sinfda mehnat darslarini tashkil etishda ularda yasaladigan buyumlarda geometrik shakllarni ham xossasini o’rgansa bo’ladi. Bu ish asosan ikkinchi chorakda «Qog’oz bilan ishlash» da amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.

Ana shunday darslardan namunalar keltiramiz.


Mavzu: «Qog’oz bilan ishlash»
Darsning maqsadi: turli geometrik shakllardan naqshlar tuzish


  1. Qog’ozdan kvadrat qirqish.




  1. Kvadratni boshqa geometrik shakllarga bo’lish.




  1. Geometrik figuralardan naqshlar yasash

Darsning jihozi: geometrik shakllardan tuzilgan naqsh namunalari,


39

qog’oz (oddiy va rangli), kley, qaychi.


Darsning borishi
O’qituvchi sinfga kirib, mehnat darsini tashkil etadi. Darsga tayyorgarlik ishlarini kuzatadi. Uyga berilgan vazifani so’raydi.
Yang mavzuning bayoni
O’qituvchi bolalarga qanday geometrik shakllarni bilishlarini so’raydi. Qisqacha suhbat uyushtirilgandan so’ng bugungi mavzu uchun qilinadigan kamaliy ishga o’tiladi. O’qituvchi bolalarning oldidagi to’g’ri to’rtburchak shaklidagi qog’ozlarni ko’rib chiqadi, yo’qlariga undan ulashadi. Keyin o’quvchilar shu rangli qog’ozdan har xil geometrik shakllar qirqib, toza qog’ozga kleylab naqshlar hosil qiladi.
Darsning borishi
O’qituvchi sinfga kirib, mehnat darsini tashkil etadi. Darsga tayyorgarlik ishlarini kuzatadi. Uyga berilgan vazifani so’raydi.Yangi
mavzuning bayoni O’qituvchi bolalarga qanday geometrik shakllarni bilishlarini so’raydi. Qisqacha suhbat uyushtirilgandan so’ng, bugungi mavzu uchun qilingan amaliy ishga o’tiladi. O’qituvchi bolalarning oldidagi to’rtburchak shaklidagi qog’ozlarni ko’rib chiqadi, yo’qlariga undan ulashadi. Keyin o’quvchilar shu rangli qog’ozdan har xil geometrik shakllar qirqib, toza qog’ozga kleylab naqshlar hosil qiladilar. Ular (doira, uchburchak, to’rtburchak, kvadrat) har xil qirqib olishadi. Shunda o’qituvchi avval aytgan bo’lsa ham anashu geometrik figuralarning xossalarini tushuntirib o’tadi.Naqshlardan namunalar keltirishimiz mumkin

40

Isloh qilingan maktablarning mehnat ta’limi dasturida aylana, doira bo’laklaridan naqsh tuzish, doira shaklidagi buyumlar yasash ishlari 6-8 soat vaqt ajratilgan.


3 – sinf o’quvchilari aylana shaklidagi narsalarni 2 – sinfdagida andoza yordamida chizgilar yordamida chizganlar. Endi 3 – sinfda ular matematika darsida aylana haqida tushunchaga ega bo’ladilar. Uni sirkul bilan chizdilar. Biz o’quvchilarning ana shu nazariy bilimlarini mehnat darsida amaliy ishlarini bajartirish orqali sinab ko’ramiz. Bu naqshlar o’quvchilarning geometrik bilimlarini mustahkamlaydilar.
Bolalar darsda sirkul yordamida aylana chizadilar. Aylana markazidan to aylana chizig’igacha bo’lgan o’lcham aylana radusi ekanligini tushunib oladilar. «Radius» yozuvda lotin harfi R bilan ifodalanadi.
Shundan keyin radius orqali bolalar aylanani 4 ga undan keyin 8 bo’laklarga bo’ladilar va har xil naqshlar yasaydilar.
41

Doira va uchburchaklar ishtirokida quyidagi naqshlarni yasash mumkinligini tushunib yetadilar



Soat siferblata yasashda aylana chizish malakalari, uni teng bo’lakka bo’lish qobiliyatlari mustahkamlanadi. O’quvchilar soat siferblati modelini tayyorlashda qanday matematik bilimlar zarurligini anglab oladilar. Bir sutka 24 soat ekani, 12 gacha va undan yana tungi 12 gacha bo’lgan vaqt bilan o’lchanishini, 1 soat 60 minutga, 1 minut 60 sekund bo’lishi tushuntiriladi.


Hozirgi zamon darslariga milliy ruh kirib bormoqda. Badiiy mehnat mashg’ulotlarida o’quvchilar kelajak hayotlari uchun kerak bo’lgan bilim va malaka asoslari bilan tanisha boradilar. Bu materiallarni o’quvchilar yaxshi o’zlashtirib olishlari uchun o’qituvchi turli – tuman usul va yo’llarni qo’llashi darkor.
Buning uchun dastlab, o’zining va o’quvchining imkoniyatlarini chamalab ko’rishi mavjud maxalliy shart – sharoitni hisobga olgan holda ish tutishi kerak. Badiiy mehnat darslarining asosiy maqsadi o’quvchilarni ijtimoiy foydali nafis mehnatga yo’llaydilar. Har bir o’quv topshirig’i dars jarayonida kundalik turmushda qo’laniladigan buyumlar, ko’rgazmali qurollar bilan uzviy bog’liq bo’lsa darsning samaradorligi yanada oshadi.
Bizning xalqimiz azaldan san’at shaydosi. Qadim – qadimda ular to’qigan gilamlar, tikkan kashta-yu, so’zanalar, jiyaklar kishilarni hayratda qoldirgan. Ana shu xalqimizning noyob durdonalari bilan o’quvchilarni mehnat darslarida tanishtirib
42

boriladi, yoki san’at muzeylariga kashtachilik sexlariga ekskursiyaga olib boriladi. O’zbek milliy naqshlari uzoq vaqtardan beri mavjudligi, o’zbek Xotin – qizlari kashta, do’ppi tikish ishlari bilan shug’ullanishini aytiladi. Kashta tikilgan buyumlar




  • so’zanalar uy devorlariga osiladi.Xotin-qizlar va erkaklar kiyimari ham kashta bilam bezatiladi. O’quvchilar gilamlarni, kashtalarni tomosha qilganlaridan so’ng, ularga ishlangan naqshlarni ko’rsatadilar. Bezaklar ichida turli geometrik shakllar katta rol o’ynaydi. Keyin mehnat darsida suhbat o’tkaziladi.

Qani bolalar ayting-chi?




      • Bu qanday chiziq?




      • Bu to’g’ri chiziq?




    • Bular qanday shakllar?




      • Bular romb, kvadrat va doirachalar. Gilamlarga, so’zanalarga geometrik shakllarni simmetrik qilib to’g’ri joylashtirilmasa, naqshlar to’g’ri va

chiroyli chiqmaydi. Bu o’rinda to’g’ri to’rtburchak, romb, kvadratlarning geometrik xossalari haqida to’xtalib o’tishimiz lozim.


Gilamlarni to’qishda rombdan, romb shaklidan juda ko’p foydalanilganlar. Bularni 4 ta uchburchakka ajratib, turli xil naqshlar yaratganlar. Ilgari gilam kashta tikishda qo’l mehnatidan foydalanilgan, hozir bu ishlarni mashinalar bajaradi. (Mashinalar tikkan so’zanalardan namunalar ko’rsatiladi).
Ana shular orqali o’quvchilarni kashtachilikka, gilamdo’zlikka, chevarlikka bo’lgan xavaslarini oshiradi. Mehatni sevish, ishni chiroyli va batartib bajarish zarurligi haqida gapiriladi. Oddiygina maktab formasiga yoki tikish jarayonida geometrik shakllardan to’g’gri to’rtburchakdan foydalanganliklari haqida fikr yuritiladi.
-Yoqa andozasida qanday geometrik shakl hosil bo’ldi?


  • To’g’ri to’rtburchak.




  • Nima uchun to’g’ri to’rtburchak deyiladi?

43


  • Chunki bu shaklning burchaklari to’g’ri, qarama-qarshi tomonlari teng deb aytiladi. Ana shunday qilib mehnat darslarida geometrik shakllarning xossalari o’rganilib boriladi.

3 - sinfda aylana shaklidagi o`yinchoqlardan, sichqon, mushukcha va kuchukcha o`yinchoqlarini yasash mumkin. Bunda ular doira va to’g’ri to’rtburchakdan tayyorlanadi. Bu ishlarni baholashda geometrik shakllar to’g’ri


chizilganligi bilan birga uning jismlari o’zaro qanday biriktirilganligini ham hisobga olish mumkin.
O’rta umumiy ta’lim maktablarini 3 - sinfida, isloh qilingan maktablarning 4 - sinfida mehnat darslarida geometrik shakllardan asosan kub, paralellipiped, daftarlar solinadagan papka pochta yashigi, piramidalardan har xil o`yinchoqlar yasash dars rejasiga kiritilgan
Shu munosabat bilan kub va paralledipipedning ba’zi bir geometrik xossalarini ko’rib chiqish mumkin.
Mehnat ta’limi rejasiga ko’ra kub, parallelepiped, filmoskop, daftarlar solinadigan papkalar 2 chorakda o’tishga mo’ljallangan.
"Kub yasash" degan mavzuni o’tayotganimizda biz avvalombor kub shaklidagi predmetlarni, kubdan yasalgan piramida o’yinchoqni ko’rsatamiz. O’qituvchi dars uchun kub yoyilmasini tayorlab olib kelgan bo’ladi. O’yinchoq piramida nechta kubdan hosil bo’lgan. Hozir ana shu kubni yasaymiz deb kubni yoyilmasini o’quvchilarga chizdiriladi.
Mana shu yoyilmadan kub yasashgandan keyin uning boshlang’ich sinflarga xos xossalarini shu darsninig o’zida o’rganamiz

Demak, biz bolalarga kubning hamma yoqlari kvadratlardan iborat ekanligi, (uchta qirrasi borligini) har bir uchida uchta qirra birlashishini savollar berib muommoli vaziyat hosil qilib o’rganib olamiz.


44

O’qituvchi: – Bolalar, kubning yoyilmasiga qarang.


Shu yerda biz nechta kvadratni yelimladik. Bolalar: 6 ta kvatratni. Demak, kubda 6 ta kvadrat bor ekan, bu degani 6 ta sirt, ya’ni 6 ta tomon degani. Shundan keyin uning qirralarini va uchlarini sanaymiz quydagi xulosaga kelamiz.
Kub kvadrat ko’p yoqi geometrik shakl. Uning sirti (tomoni 6 ta) kvadratdan tashkil topgan. Bu kvadratlari kubning yoqlari hisoblanadi. Kubda 6 ta yoq, 12 ta qirra, 8 ta uchi bor degan tushunchalarni o’zlashtirib oladilar. Endi kelgusi darsda yana bir geometrik figura parallelepipedni yasaymiz. Kub qirrali teng bo’lgan parallelepipeddir.
Parallelepiped yasash darsida darsni tashkil qilishda: o’qituvchi doskadagi parallelepiped shaklidagi narsalarga ishora qilib, parallelepipedning kubdan farqi bormi? Yaxshilab kuzating. Shunda bolalarni zehni, qobiliyati o’tkirroqlari bu kubdan uzun deb aytishadi. Ha parallelepipedni formasi cho’ziq. Anashuning uchun 3 sinf taxtasiga ilib qo’yilgan parallelepipedning yoyilmasiga qarang. Yordamchi chiziqlarni chizib olganiingizdan keyin ustidan asosiy (ishlatiladigan) chiziqlarni chizing. Buklash chiziqlarini punktir chiziqlar bilan (qirqiladigan) belgilangan. Qaychi bilan qirqiladigan chiziqlarni qalin qilib chizing va qiyib olib yelimlang. Mana bu chizma parallelepipedning yoyilmasi.

45

Parallelepiped tayyor bo’lgach, bu geometrik shaklni xossalari bilan o’quvchilarni kechagi darsidagi tushunchalariga qo’shimchalar kiritiladi. Demak bolalar biz yana bitta geometrik shaklni bilib oldik va yasadik.


Parallelepiped kubdan cho’zinchoqligi bilan farq qiladi. Biz yasagan parallelepiped to’g’ri burchakli. Asoslari to’g’ri turtburchakdan iborat. To’g’ri parallelepiped to’g’ri burchakli parallelepiped deyiladi. To’g’ri burchakli parallelepipedning hamma yoqlari to’g’ri to’rtburchakdan iborat. Bu yerda o’quvchilarning diqqatini sinf taxtasidagi parallelepipedning yoyilmasiga qaratish kerak. Bunda ham 6 ta sirti (tomoni) bor. Biz shu yerda o’quvchilarga yuza va hajm tushunchalarini farqini hayotiy misollar orqali tushuntirib matematika va mehnat darslarining bog’liqligini yana bir marta isbotladik.

46

XULOSA


«Ta’lim to’g’risida»gi qonun asosida «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning hayotiyligini ta’minlash ta’lim tizimini tubdan isloh qilishni taqoza etadi.
«Milliy dastur» ta’lim tizimida o’ziga xos, o’ziga mos yangicha yondashuvni, yangicha metodikani va yangicha kasb mahoratini talab etadi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» - bu yangicha pedagogik texnologiyaning o’zi. Ijodkor mutaxasis, ijodkor tarbiyachi va o’qituvchi o’zining sohasi, yo’nalishi bo’yicha yangicha pedagogik texnologiyani amaliy ilmiy va uslubiy o’rganishni hamda hayotga tadbiq etabilmog’i lozim.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga algebraik materiallarni o’rgatishda fanlararo uzviylikda tashkil qilinadigan darslarning ahamiyati katta. Bunda o’quvchi olgan bilimining nechog’lik ahamiyatiga ega ekanligini tushunib yetadi. Bu jarayonni reja asosida matematika va tabiatshunoslik matematika va o’qish va boshqa darslarda amalga oshirish o’quvchilarning chuqur bilim olishlariga, hayotning har bir jabhalarida mustaqil fikr yurita oladigan, Dune qarashi keng komil inson bo’lib tarbiyalanishida muhim o’rin egallaydi.
Matematika fani boshlang’ich sinf o’quvchilarining mustaqil fikrlash qobiliyatlarini o’stirishda muhim o’rin egallaydi. Darsliklarda bunga katta e’tibor qaratilgan.
Shuni ta’kidlash joizki boshlang’ich matematik ta’limda o’quvchilarni masalalar yecha olish qobiliyatlarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Bola maktabdagi mashg’ulotlarning birinchi kunidanoq masala bilan uchrashadi. Algebraik materiallarga aloqador bo’lgan matematik masalalar o’quvchilarga o’quvchilarga matematik tushunchalarni to’g’ri shakllantirishga, uni o’rab turgan muhitning o’zaro aloqadorligining turli tomonlarini chuqurroq aniqlashga yordam beradi, o’rganilayotgan nazariy qoidalarni qo’llanish, kuzatilayotgan hodisalarda

47

har xil sonli bog’lanishlarni o’rnatish imkonini beradi. Shu bilan birga fanlar aro aloqadorlikdagi misol va masalalar yechish bola tafakkurining rivojlanishiga yordam beradi.


Agar bu hozirgi kunda chop etilayotgan ilmiy – uslubiy maqolalarni tahlil qilar ekanmiz ta’lim – tarbiyada fanlararo aloqadorlik, ayniqsa boshlang’ich ta’limda kam e’tibor qaratilayotganligiga guvoh bo’lamiz. Vaholanki boshlang’i ta’limda fanlararo aloqadorlik masalasi kichik maktab yoshidagi bolalarni o’qishga, bilim olishga qiziqtiruvchi vositalardan biridir. Bu masalani boshlang’ich ta’lim o’qituvchisining barcha fanlarni o’zi o’qitishi bu muommoni hal qilishi oson kechadi.
Ilg’or boshlang’ich sinf o’qituvchilarining ish tajribalari shu narsani ko’rsatadiki boshlang’ich ta’limdagi barcha fanlarni o’zaro aloqadorlikda tashkil etish mumkin. Bu narsa boshalang’ich ta’lim o’qituvchisidan ko’p narsani talab qilmaydi, faqat u har bir darsda boshqa fan tushunchalari uchraganda uni va uning xossalarini hamda o’tilayotgan fan bilan uzviy aloqasi haqida ma’lumot berib o’tilishi talab etiladi xolos.
Ta’lim – tarbiyada mayda – chuyda narsaning o’zi bo’lmaydi deganlaridek, bu fanlar aro aloqadorlik masalasi ham o’rganishga arziydi. Bu bilan fan o’qituvchisi dars samaradorligini oshiradi, ya’ni o’quvchilarning darsga bo’lgan qiziqishlari va o’qishni hayot bilan bog’liqligini tushunib etadilar.

48

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati


1. Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi. – Toshkent:
O‘zbekiston, 1997.


  1. Karimov I.A. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. –

Toshkent, 1997.




  1. Mirzaahmedov M., Ahmedov M. Masalalar yechish metodikasi.


//Boshlang‘ich ta’lim, 2004. – №6.


  1. Jumayev M.E., Tojiyeva Z.G‘. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi. – T., 2002.




  1. Jumayev M.E. Matematika o‘qitish metodikasidan praktikum. – T., 2004.




  1. Boshlang’ich ta’lim. 2010, № 2, 31-bet




  1. Xalq ta’lim 2009. – № 4, 98-103-betlar




  1. Murakkab masalali topshiriqlar. Boshlang’ich ta’lim, 2007. – № 2,




  1. Boshlang’ich ta’lim, 2008. – № 10, 31-bet.




  1. Bekboyeva N.I., va boshqalar Birinchi sinf matematika darsligi. – T.:

O‘qituvchi”, 2007.




  1. Isoxakova N. Yozsin, chizsin boshimiz hisob bilsin boshimiz. Ma’rifat gazetasi, 2008, 9 aprel soni




  1. Masharipova S., RAjabov R. Boshlang’ich ta’limning o’ziga xos xususiyatlari.




    • Xalq ta’limi. – Toshkent: 2006. – №5




  1. M.Divanova Al – Koshiyning «arifmetika kaliti» asari. // Xalq ta’limi. –

Toshkent: 2006. – №3




  1. Xolmurayeva I. Sodda va murakkab masalalar. // Boshlang’ich ta’lim. –

Toshkent: 2008. – №5




  1. Qosimov G’., Qosimova M. Murakkab masala – topshiriqlar. // Boshlang’ich

ta’lim. – Toshkent: 2007. – №2


49

14. Tursunov Q.N., Hamidova M. Raqamlar bayrami. // Ziyokor. – Samarqand:


2011. – №10


  1. A.Sh. Qo`chqorov va boshqalar Matematika 3-sinf uchun darslik. – T. 2010.




  1. Meliboyev A. Barcha fanlar hamkorligida. // Boshlang`ich ta`lim, 2008, №3

  2. Mehnat ta`limi fanidan o`quv dasturi (4 - sinf) // Boshlang`ich ta`lim, 2008,

№8

50
Download 289.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling