Urganch davlat universiteti sanatshunoslik fakulteti mehnat talimi yonalishi
Download 332.75 Kb.
|
dars ishlanma tayyorlash mtom
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning texnologik xaritasi
- 3. Rivojantiruvchi maqsad
- Ta`lim vositalari
- Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism ( daq . )
- A)Ish o`rinlarini tashkil etishda quyidagi talablarga rioya qilish kerak
- B) Slesarlik o`quv -ustaxonasining jihozlari quyidagilardan iborat
- III. Yangi mavzu bayoni (2 0 daqiqa)
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI SANATSHUNOSLIK FAKULTETI MEHNAT TALIMI YONALISHI TALABASI AMINOVA RAYXONNING Metallga ishlov berishda qo`l asbob-uskunalari, moslamalarining tuzilishi va turlari, vazifalari, foydalanish qoidalari. Chilangarlik dastgohi. O`lchash va rejalash asboblari. mavzusidagi DARS ISHLANMASI Darsning texnologik xaritasi
Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism ( daq.) 1) salomlashish; 2) o`quvchilar davomatni aniqlash; 3) o`quvchilarni darsga o`quv qurollari bilan kelganligini tekshirish; II. O`tilgan mavzuni takrorlash (9 daq.) O`tilgan mavzuni takrorlash uchun biz guruhda “Qog`oz parchalari” metodidan foydalanishimiz maqsadga muvofiqdir. Bu metod orqali biz o`quvchilarni bir birlari bilan yaqindan ishlashga va mantiqiy fikrlashga o`rgatamiz. Buning uchun o`quvchilarga quyidagi tarzda topshiriq beramiz. Qirqilgan qog`oz bo`laklaridagi qoidalar va jihozlarning nomlari orqali o`zingizga tegishli bo`lgan guruhni toping va unga birlashing. Avvalambor o`qituvchi quyidagi A va B matnlarni
xar bir satrni chiziqlar bo`yicha qirqib chiqadi va aralashtiradi. O`quvchilar o`zlari tanlovi asosida xar biri bitta qog`oz parchasini oladi va matnni o`qiydi. So`ngra sarlavha tushgan o`quvchi o`z mavzusini aytadi va o`ziga tegishli qog`oz parchasi egalarini atrofiga to`playdi. Buning uchun 3 daqiqa vaqt berilishi mumkin. Guruhlar yig`ilgandan so`ng o`qituvchi ikkita matnni ham to`lig`icha o`qib eshittiradi. Shundan so`ng guruhlar to`g`ri yoki noto`g`ri yig`ilganligi ma`lum bo`ladi. Agar o`quvchilar boshqa guruhga o`tib qolgan bo`lsalar o`z guruhlariga qaytib o`tadilar. Shunday qilib o`quvchilar birgalikda ishlaydilar, darsda faol qatnashadilar va ish o`rinlarini tashkil etishda rioya qilinishi kerak bo`lgan talablar hamda slesarlik o`quv -ustaxonasining jihozlari nimalardan iborat ekanligini bilib oladilar. Faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantirilradi. (Matn o`quvchilar va guruhlar soniga qarab kengaytirilishi mumkin). III. Yangi mavzu bayoni (20 daqiqa): (Yangi mazuni tushuntirishda o`qituvchi ma`ruza metodidan foydalanib prezintatsiya asosida quyidagi ma`lumotlarni tushuntirib beradi). Reja.
Chilangarlik dastgohi. O`lchash va rejalash asboblari. 3.Metallarga ishlov berishda ishlatiladigan qo`l asboblari. 4. Ishlov berish asboblarining tuzilishi, turlari va foydalanish qoidalari. 1. Mehnat unumining yuqori bo`lishini va topshirilgan ishlarning qisqa vaqt ichida kam kuch sarflab bajarilishini ta`minlaydigan asosiy shartlardan biri ish o`rnini ratsional tashkil qilishdir. Ish o`rnining asosini tiskilar, asbob-uskunalar va ihota to`ri bilan ta`minlangan slesarlik ish stoli tashkil etadi. Slesarlik ish o`rni barcha turdagi operatsiyalarni bajarishga yordam beradigan moslamalar bilan jihozlangan ish stoli (dastgoh)dan iborat bo`lib, u bir o`rinli, ikki o`rinli va ko`p o`rinli bo`lishi mumkin (1-rasm). Bu narsa ularga o`rnatilgan tiskilarning soniga qarab aniqlanadi. Slesarlik dastgohining ustki qismi qalin yog`och taxtalardan tayyorlanib, bajariladigan ish turiga qarab tunuka, linolium yoki faner bilan qoplanadi. Uning oyoqlari yog`ochdan yoki metalldan tayyorlanishi mumkin. Dastgoh mustahkam, turli operatsiyalarni bajarishda qimirlamasdan, turg`un turishi kerak. 1- rasm. Slesarlik dastgohlari: a—bir o`rinli, b—ko`p o`rinli, e—tiskasi rostlanadigan Buning uchun ularni massiv (zalvarli), tayanch yuzalarini katta qilib tayyorlash lozim. Dastgohlarning massivligi ularning ish taxtasi va oyoqlarining o`lchamiga bog`liq. Ish vaqtida ular titramasligi uchun bir o`rinli dastgohlar o`rnida ikki o`rinli yoki ko`p o`rinlilaridan foydalanish maqsadga muvofiq degan fikr tug`ilishi mumkin. Bunda bir o`rinli dastgohning ko`p o`rinlisiga qaraganda ayrim qulayliklarga, afzalliklarga ega ekanligini unutmaslik kerak. Ko`p o`rinli dastgohlarda o`quvchilar bir vaqtning o`zida turli protsesslarni bajarish vaqtida bir-birlariga xalal beradilar. Bir o`rinli dastgohlarda esa bu hol ro`y bermaydi. Yuqorida aytilganlarni etiborga olib, ustaxona maydoni yetarli bo`lgan taqdirda bir o`rinli dastgohlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Agar o`quv ustaxonasida bir xil o`lchamdagi dastgohlar mavjud bo`lsa, ish o`rinlarining balandligini o`quvchilarning bo`yiga moslash uchun ularning oyoqlari ostiga har xil balandlikdagi taglik taxtalar qo`yib beriladi. Xavfsizlikni ta`minlash maqsadida taglik taxtalarning uzunligi dastgoh uzunligiga teng bo`lib, eni 60 sm dan kam bo`lmasligi kerak. O`quvchilarni bo`y-bo`ylariga qarab ish joylariga birkitishda ular 2-rasm,a da ko`rsatilganidek dastgoh oldida tik turganlarida tirsaklari tiski ustiga tiralib, panjalarining uchi jag`lariga tegadigan bo`lsa yoki qo`lini 90° ga bukkanda tirsagi tiski jag`lari sathiga to`g`ri kelsa (2-rasm, b), dastgohning balandligi normal hisoblanadi. Ish o`rinlarining balandligi o`quvchilarni Agar bo`ylariga mos bo`lmasa, ular tez charchaydilar, ish sifati, gigiyena qoidalari buziladi. Ayniqsa egovlash ishlarini bajarishda o`quvchining bo`yi ish o`rniga mos kelmasa egovlanayotgan sirtlar tekis va to`g`ri burchakli bo`lib chiqmaydi. 2- rasm. Ish o`rnining balandligini tekshirish. Download 332.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling