Urganch davlat universiteti sanatshunoslik fakulteti mehnat talimi yonalishi
Slesarlik kontrol-o`lchov va rejalash asboblari
Download 332.75 Kb.
|
dars ishlanma tayyorlash mtom
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Metallarga qo`lda ishlov berish asboblari
- V . Yangi mavzu yuzasidan o`quvchilar bilimini mustahkamlash (10 daq.)
- 2. Tokarlik keskichl ari qanday ketma-ketlikda charxlanadi
- 3. Keng keschkich yordamida konus yuzalar xosil qilish usulinign kamchiligini ko`rsating.
- 4. Spiral parma qaysi yuzasi bo`yicha charxlanadi
- 6. Charx toshi b ilan taglikning orasidagi masofa qanchadan oshmasligi kerak
- 8. Mexanik ravishda almashtiriladigan plastinkali keskich charxlanadimi
- 10. Qattiq qotishmali keskichlar qaysi rangdagi charx toshda charxlanadi
2. Slesarlik kontrol-o`lchov va rejalash asboblari. Slesarlik o`quv ustaxonalarida olib boriladigan amaliy mashg`ulotlar davomida o`quvchilarda hosil qilingan dastlabki ko`nikma va malakalar asosida aniqlik darajasi 0,01 mm gacha bo`lgan turli konstruksiyadagi kontrol-o`lchov va rejalash asboblari yordamida o`lchash va rejalash ishlari o`rgatib boriladi. Bu asboblardan foydalanib chizig`iy o`lchamlarni va burchaklarni o`lchash, yassi sirtlarning tekisligi va bir-biriga nisbatan to`g`ri burchakliligini tekshirish, chizig`iy va burchakli reja chiziqlari chizishda yetarli mehnat malakalari hosil qilinadi. Bu maqsadda kontrol o`lchov va rejalash asboblarining turlari, tuzilishi, ishga sozlash usullari o`rgatib boriladi. 3- rasm. Masshtabli lineyka yordamida o`lcham olish: a—o`lchash, b—noto`g`ri, v—to`g`ri, g—ichki o`lchamlarni o`lchash.
Masshtabli lineyka ensiz, yupqa po`lat polosadan iborat. Uning yuzasiga millimetrli, santimetrli masshtab birliklari tushirilgan bo`lib, U7 va U8 markali uglerodli asbobsozlik po`latlaridan quyidagi o`lchamlarda tayyorlanadi: uzunligi 150 mm dan 1000 mm gacha, eni 11 mm dan 35 mm gacha, qalinligi 0,3 mm dan 1,5 mm gacha. Chizgich chertilka (4-rasm). Masshtabli lineyka, go`niya va andaza (shablon)lar yordamida rejalash (chizish) ishlarini bajarishda turli konstruksiyadagi po`lat chizg`ichlardan foydalaniladi. Metallarni bevosita rejalashda qalamdan foydalanilmaydi, chunki qalam bilan chizilgan reja chizig`i metallga ishlov berishda o`chib ketib, ish aniqligining buzilishiga sabab bo`ladi. Shuning uchun metallarni rejalashda faqat po`lat chizgichlar ishlatiladi. 4-rasm. Chizgichlar: a—simdan tayyorlangan chizgich, b—yo`nib tayyorlangan chizg`ich, v— ikki uchli chizg`ich, g—yassi chizgnch. Buklama metr (5-rasm) o`nta bir xil uzunlikdagi (100 mm li) lineykalardan iborat bo`lib, ular o`zaro sharnir vositasida biriktirilgan. Bundan masshtabli lineyka singari chizig`iy o`lchamlarni o`lchashda foydalaniladi. Buklama metr slesarlik o`quv ustaxonalarida keng qo`llanilmaydi. U uzunligi 100 sm orasida bo`lgan buyumlarning ichki o`lchamlarini o`lchash uchun qulaydir. 5- rasm. Buklama metr. b 6- rasm. Ruletkalar: a-knopkali, o`zi o`raluvchi, b-oddiy, 7- rasm. Kronsirkul(a) va v—po`lat lentali. nutrometr(b). Ruletka (6-rasm) katta o`lchamlarni o`lchashda qo`llaniladi u matodan va po`lat lentadan tayyorlanadi. Ruletkalar 2, 5, 10, 15 va 20 metrli bo`lishi mumkin. 5 metrgacha uzunlikdagi ruletkalarda millimetr, santimetr, metr masshtab birliklari tushirilgan. Ular yordamida Silindr, val kabi buyumlarning aylana uzunligini (yo`g`onligini), uyumlarning ichki o`lchamlarini ham o`lchash mumkin. Kronsirkul va nutromer (7-rasm). Masshtabli lineyka yordamida bevosita o`lchash mumkin bo`lmagan buyum va detallarning tashqi va ichki o`lchamlarini o`lchashda kronsirkul va nutromerdan foydalaniladi. Masalan, shar, o`q, val, sterjen kabilarning tashqi diametri, vtulkalarning ichki diametrlari, har xil aylanish sirtlaridan iborat detal va buyumlarning tashqi hamda ichki o`lchamlari o`lchanadi. Kronsirkul va nutromer yordamida olingan o`lchamlar masshtabli lineyka yordamida hisoblanadi. 8-rasm.ShS-1markali shtangensirkul: a—tuzilishi: 1, 4—qo`zgaluvchi jag`lar; 2, 3—qo`zg`almas jarlar, 5—qotiruvchi vint, 6—ramka, 7—glubinomer (chuqurlikni o`lchaydigan sterjen), 5—shtanga, 9-— nonyus; b—hisob olish. Universal o`lchov asbobi bo`lib, uning yordamida chizig`iy o`lchamlarni, tashqi va ichki o`lchamlarni, chuqurliklarni o`lchash, tayyor detal va buyumlarning o`lchamlarini tekshirish, shuningdek, rejalash ishlari bajariladi. Shuning uchun undan masshtabli lineyka, kronsirkul, nutromer, chuqurlikni o`lchaydigan asbob (shtangenglubinomer), sirkul, shtangenreysmus sifatida foydalanish mumkin. 3. Metallarga qo`lda ishlov berish asboblari Slesarlik o`quv ustaxonalarida metallarga ishlov berishda qirqiladigan metallning turi, o`lchami va ulardan qirqib olinadigan zagotovkaning shakliga qarab turli xil metall qirqish asboblari ishlatiladi. 9- rasm. Slesarlik qaychilari: a—dastaki (o`naqay—1, chapaqay—2). Slesarlik qaychilari dastaki va richagli (mexanikaviy) qaychilarga bo`linadi. O`quv ustaxonalarida, ko`pincha, dastaki qaychilar ishlatiladi. Dastaki qaychilar (9-rasm) dasta va tig` (ish qism) lardan iborat bo`lib, U7, U8 markali uglerodli asbobsozlik po`latidan tayyorlanadi. Dastaki qaychilar yordamida qalinligi 1 mm gacha bo`lgan temir tunukalar va qalinligi 2 mm gacha bo`lgan rangli metall listlarni qiyish mumkin. Dastaki qaychilar o`naqay va chapaqay bo`ladi. Unaqay qaychining pastki tig`i o`ng tomonda, chapaqay qaychiniki esa chap tomonda joylashgan bo`ladi. O`naqay qaychi bilan soat strelkasi yo`nalishida, chapaqay qaychilar bilan soat strelkasiga teskari yo`nalishda qiyiladi. Qaychi tig`lari qiyiladigan metallarning turiga qarab: rangli metallar uchun 60—65°, temir tunukalar uchun 70—75° burchak ostida charxlanadi. Qaychi tig`larini o`rnatganda ular orasida 0,2 mm zazor qoldiriladi. Tig`lar orasidagi zazor ortib ketsa, qiyish qiyinlashadi, qiyish vaqtida tunukaning cheti buklanib qoladi. Shuning uchun ish vaqtida qaychining gaykasi bo`shab ketsa, uni qotirib olish kerak. Dastaki qaychilar yordamida qiyish vaqtida qiyiladigan metalning qalinligiga qarab qaychini qo`lda tutib yoki tiskiga o`rnatib olib qiyish mumkin. Bir qator afzalliklariga ko`ra qaychini tiskiga o`rnatib olib qiyish qulaydir. Bu usul bilan qiyishda ortiqcha kuch sarflamasdan oson va to`g`ri qiyiladi. O`tkir jag`li ombir (10-rasm) sim va har xil ingichka sterjenlarni qirqish uchun ishlatiladi. Ular U7 markali asbobsozlik po`latidan tayyorlanadi va jag`lari toblanib bo`shatiladi, so`ngra charxlab o`tkirlanadi. O`tkir jag`li ombirlar duradgorlik ombiriga o`xshash bo`lib, har xil o`lchamda tayyorlanadi. 10- rasm. O`tkir jag`li ombir. Undan mixlarni surish maqsadida foydalanish mumkin emas. O`lchamlariga mos keladigan yo`g`onlikdagi sim va sterjenlarni qo`ldagina qirqish kerak. Qo`lning kuchi yetmagan hollarda bolg`alab qirqishga yo`l qo`yilmaydi. Bolg`alash natijasida jag`lar sinishi, uchib ketishi mumkin. O`tkir jag`li ombir bilan qirqish mumkin bo`lmagan qattiq va yo`g`on simlarni zubilo bilan qirqiladi yoki egovning qirrasi bilan egovlab iz hosil qilinadi va sindirib olinadi. Slesarlik arrasi yordamida har xil qalinlikdagi tunuka va listlarni polosa va lentalarni, turli xil profildagi prokatlar arralanadi. Arralash yo`li bilan pazlar, shlitsalar ham ochiladi. Slesarlik arralari dastaki (11- rasm, a) va stanokli (11-rasm, b) arralarga bo`linadi. 11-rasm. Slesarlik arralari: a-dastaki, b-stanokli: 1-ramka, 2-dasta, 3-polotno, 4-tortqi vint va quloqli gayka. Dastaki arra dasta va polotnodan, stanokli arra stanok va polotnodan iborat. Arra stanogi quyidagi qismlardan tashkil topgan: dasta, ramka, tortqi vint va quloqli gayka (barashka). Stanok ramasi har xil konstruksiyada tayyorlanadi: yaxlit bir butun va ikki qismdan iborat surilma ramkalik bo`lishi mumkin. Qulayligi jihatidan surilma ramkalik arralardan foydalanish maqsadga muvofiqdir, chunki Unga har xil uzunlikdagi polotnolarni o`rnatish mumkin. Arra polotnosining uzunligi 250—300 mm, eni 12—15 mm, qalinligi 0,6 mm dan 1 mm gacha bo`lib, ular U10, U10A; U1,2, U12A markali uglerodli, ShX15, X6VF legirlangan asbobsozlik po`latlaridan va R9, R18 markali tez kesar po`latlardan tayyorlanadi. Polotnolarga qadami 0,8; 1; 1,3; 1,6 mm li tishlar chiqarilgan bo`lib, ularga polotno qalinligidan 0,2—0,5 mm ortiqroq qilib chaparra chiqariladi. Mis, latun kabi yumshoq va qovushoq metallarni arralashda tish qadami 0,8—1 mm bo`lgan polotnolardan, qattiqligi yuqori bo`lgan po`lat va cho`yanlarni qadami 1,3 mm li, yumshoq po`latlarni arralashda qadami 1,6 mm li polotnolardan foydalaniladi. Zubilo va kreysmeysel (12-rasm). Metallar zubilo va kreysmeysellar yordamida qirqiladi va tarashlanadi. 12- rasm. Zubilo (a) va kreysmeysel (b). Zubilo ish qismi (tig`), tana va zarb beruvchi qismlardan iborat bo`lib, U7, U7A, U8, U8A markali uglerodli asbobsozlik po`latlaridan tayyorlanadi. Ishlanadigan materialning qattiqligiga qarab zubilo har xil burchak ostida charxlanadi, ya`ni uning o`tkirlik (charxlanish) burchagi turlicha bo`ladi: cho`yan, bronza kabi qattiq metall va qotishmalar uchun 70°; o`rtacha qattiqlikdagi metall materiallar (po`lat) uchun 60°; yumshoq metall materiallar (mis, latun, alkxmin qotishmalari) uchun 35—45°. Zubilolar 100, 125, 150 va 200 mm uzunlikda tayyorlanib, tig`ining eni unga mos ravishda 15, 20 va 25 mm bo`ladi. Zubiloning ish qismi toblanadi va bo`shatiladi. Uning toblanganlik darajasini aniqlash uchun eni 50 mm, qalinligi 3 mm li Stb markali po`lat polosani tiskiga qistirib qirqiladi. Bu vaqtda tig` o`tmaslanmasa, ezilmasa, uchib ketmasa toblash yaxshi o`tkazilgan hisoblanadi yoki zubiloning toblangan qismini mayin egov bilan egovlab ko`riladi. Agar egovlash vaqtida qirindi (kukun) hosil bo`lmasa, toblanganlik darajasi yaxshi hisoblanadi. 4. Slesarlik bolg`alari (13-rasm). Metallarni bolg`alash (egish, bukish, to`g`rilash), parchinlash, zubilo va kreysmeysellar yordamida qirqish, tarashlashda slesarlik bolg`alaridan foydalaniladi. Ular yumaloq va kvadrat muhrali bo`lib (13- rasm, a, b) og`irligi 200, 400, 500, 600 grammgacha bo`ladi. Bolg`alar U7 va U8 markali uglerodli asbobsozlik po`latlaridan tayyorlanadi va toblanadi. 13- rasm. Slesarlik bolg`alari: /—zarb beruvchi muhralari, 2—pona. 3—uchi, 4—dasta. 14- rasm. Sandon. Bolg`alarning dastalari qora qayin, zarang, qayrag`och, eman kabi qattiq, qayishqoq yog`ochlardan tayyorlanadi. Ular butoqsiz, yorilmagan bo`lishi kerak. Dastaning bolg`aga puxta o`rnashini ta`minlash uchun Unga metall yoki yog`och ponalar qo-qiladi. Slesarlik o`quv ustaxonalarida tunukalar bilan ish ko`rganda yog`och to`qmoq (kiyanka)lardan foydalaniladi. Ular yumaloq va to`g`ri to`rtburchaklik muhrali qilib tayyorlanadi. S a n d o n (14- rasm) yaxlit metall taglik bo`ib, uning ustida metallarni to`g`rilash, parchinlash, zubilo yordamida qirqish ishlari olib boriladi. Uni maxsus stol, tumbochka yoki kunda ustida o`rnatiladi. Ish vaqtida sandonning o`rinsiz bolg`alanishiga, zubilo bilan chaqalanishiga yo`l qo`ymaslik kerak. Bu hol sandon sirtining silliqligi va tekisligini buzadi, u o`z navbatida zagotovka sirtining ezilishiga sabab bo`ladi. Bunday hollarning ro`y bermasligining oldini olish maqsadida yupqa listlarni qirqishda sandon ustiga yumshoq po`latlardan ehtiyot plastinka qo`yib olinadi, qalin listlarni ikki tomonlama qirqib sindirib olinadi. V. Yangi mavzu yuzasidan o`quvchilar bilimini mustahkamlash (10 daq.) O`qituvchi o`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun tezkor usuldan ya`ni test usulidan foydalanishi mumkin. Buning uchun quyidagi test savollaridan foydalaniladi. Test savollari 1. Tokarlik keskichlari oldingi yuzasidagi ariqcha nima uchun zarur? yuzaning mustaxkamligi uchun qirinidini sindirish uchun aniqlikni oshirish uchun kesuvchi qirrani aniqlash uchun 2. Tokarlik keskichlari qanday ketma-ketlikda charxlanadi? yordamchi orqa yuzasi, oldingi yuza kesuvchi qirrasi,orqa yuza orqa yuza,yordamchi orqa yuza vqa oldingi yuzasi to`g`ri javob yo`q 3. Keng keschkich yordamida konus yuzalar xosil qilish usulinign kamchiligini ko`rsating. Ish unumdorligi past va kenglik chegagaralangan yuza tozaligi past aniqlikka erishib bo`lmaydi keskichni charxlash murakkab 4. Spiral parma qaysi yuzasi bo`yicha charxlanadi? oldingi yuzasi bo`yicha orqa yuzasi bo`yicha oldingi yuza va markazi bo`yicha umuman charxlanmaydi 5. Ketingi babkani markazdan surish yo`li bilan konus yuza ishlanaganda nimadan foydalaniladi? markazdan support yuqori selezkasini burish keng keskichdan parallel markazlardan 6. Charx toshi bilan taglikning orasidagi masofa qanchadan oshmasligi kerak ? 5 mm 2. 4 mm 3. 3 mm 4. 2 mm 7. Tezkesar po`latdan tayyorlangan keskichni ko`rsating. R6 M5 U7 T15 K6 VK8 8. Mexanik ravishda almashtiriladigan plastinkali keskich charxlanadimi? charxlasa bo`ladi charxlanmaydi ishchining malakasiga bog`liq maxsus moslamada charxlanadi 9. Silindrik ichki yuzalarni parmalashda kema-ketlikni belgilang. yuza tekislanadi,markazlab keyin parmalanadi tashqi yuza yo`nilgandan so`ng parmalanadi to`g`ridan-to`g`ri parmalanadi bazalangandan so`ng parmalanadi 10. Qattiq qotishmali keskichlar qaysi rangdagi charx toshda charxlanadi? qizil va oq rangli yashil yoki jigarrang faqat qizil rangli to`g`ri javob yo`q VI. O`quvchilarni baholsh a uyga vazifa berish (3 daqiqa): Test natijalari bo`yicha o`quvchilar baholanadi. Qo`lda ishlov berish asboblari bilan ishlashda texnika xavfsizlik qoidalarini o`rganib kelish uyga vazifa sifatida beriladi. Download 332.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling