Urganch davlat universiteti sanatshunoslik fakulteti mehnat talimi yonalishi


Download 332.75 Kb.
bet1/2
Sana16.05.2020
Hajmi332.75 Kb.
#106957
  1   2
Bog'liq
dars ishlanma tayyorlash mtom


URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

SANATSHUNOSLIK FAKULTETI MEHNAT TALIMI YONALISHI

TALABASI AMINOVA RAYXONNING

Metallga ishlov berishda qo`l asbob-uskunalari, moslamalarining tuzilishi va turlari, vazifalari, foydalanish qoidalari. Chilangarlik dastgohi. O`lchash va rejalash asboblari. mavzusidagi

DARS ISHLANMASI



Darsning texnologik xaritasi

Vaqt: 2soat

O`quvchilar soni : 15 ta

O`quv mashg`ulotining shakli

Nazariy-amaliy

Dars maqsadlari:

1. Ta`limiy maqsad: O`quvchilar metallarga ishlov berish asboblari, chilangarlik dastgohi, o`lchash, rejalash asboblari haqida bilimlarga ega bo`ladilar.

2. Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarda metallarga ishlov berish qo`l asbob-uskunalarida, o`lchash va rejalash asboblarida ishlash madaniyatini shakillantirish.

3. Rivojantiruvchi maqsad: O`quvchilarning chilangarlik asboblari bilan ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

Ta`lim usullari

Qog`oz parchalari, ma`ruza, test

Dars turi

Yangi bilimlarni shakillantiruvchi

Ta`lim vositalari


Ma`ruza matni, metallarga ishlov berish qo`l asboblari, o`lchash va rejalash asboblari, ko`rgazma qurollari va boshq.

Ishning nomi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich tashkiliy qism

O`quchilarni, sinfni va o`quv jihozlarnini dars jarayoniga tayyorligini nazorat qilish.

Savol-javob

3 daqiqa

2-bosqich

O`tilgan mavzuni takrorlash



O`quvchilarni guruhlarga bo`lish bilan birga ularni o`tilgan mavzu bo`yicha bilimlarini nazorat qilish.

Qog`oz parchalari

9 daqiqa

3-bosqich

Yangi mavzuni tushuntirish



O`qituvchi tomonidan yangi mavzu bo`yicha bilimlar prezintatsiya va ko`rgazmali qurollar yordamida tushuntirib beriladi.

Ma`ruza

20 daqiqa

4-bosqich

Yangi mavzuni mustahkamlash



Yangi mavzu bo`yicha o`quvchilarga 10 ta test savollari beriladi.

Test


10 daqiqa

5-bosqich O`quvchilarni baholash va uyga vazifa berish

O`quvchilar baholanadi va uyga vazifa beriladi

Savol-javob

3 daqiqa

Darsning borishi:

1. Tashkiliy qism ( daq.)

1) salomlashish;

2) o`quvchilar davomatni aniqlash;

3) o`quvchilarni darsga o`quv qurollari bilan kelganligini tekshirish;



II. O`tilgan mavzuni takrorlash (9 daq.)

O`tilgan mavzuni takrorlash uchun biz guruhda “Qog`oz parchalari” metodidan foydalanishimiz maqsadga muvofiqdir. Bu metod orqali biz o`quvchilarni bir birlari bilan yaqindan ishlashga va mantiqiy fikrlashga o`rgatamiz. Buning uchun o`quvchilarga quyidagi tarzda topshiriq beramiz. Qirqilgan qog`oz bo`laklaridagi qoidalar va jihozlarning nomlari orqali o`zingizga tegishli bo`lgan guruhni toping va unga birlashing.

Avvalambor o`qituvchi quyidagi A va B matnlarni


A)Ish o`rinlarini tashkil etishda quyidagi talablarga rioya qilish kerak:

Ish o`rnida topshirilgan ishni bajarish uchun kerak bo`ladigan narsalargina bo`lishi, ortiqcha narsalar bo`lmasligi kerak.

Kerakli asbob-uskunalar, zagotovkalar, texnikaviy hujjatlar ish o`rnining qo`lni uzatib olsa bo`ladigan qismiga joylashtirilishi kerak.

Tez-tez ishlatiladigan asbob-uskunalarni yaqinroqqa, ahyon-ahyonda ishlatiladiganlarini uzoqroqqa joylashtirish.

O`ng qo`l bilan ishlatiladigan asbob-uskunalar dastgohning o`ng tomoniga, chap qo`l bilan ishlatiladiganlari chap tomoniga joylashtiriladi.

Ish vaqtida va ishdan so`ng asbob-uskunalarni o`z joyiga batartib joylashtirish talab etiladi. Ularni tartibsiz holda chalkashtirib tashlashga yo`l qo`yilmaydi.




B) Slesarlik o`quv -ustaxonasining jihozlari quyidagilardan iborat:

Slesarlik dastgohi.

Asbob-uskuna va moslamalar.

Stanoklar.

O`quv-ko`rgazma qurollari.

Mebellar va xo`jalik inventarlari.

xar bir satrni chiziqlar bo`yicha qirqib chiqadi va aralashtiradi. O`quvchilar o`zlari tanlovi asosida xar biri bitta qog`oz parchasini oladi va matnni o`qiydi. So`ngra sarlavha tushgan o`quvchi o`z mavzusini aytadi va o`ziga tegishli qog`oz parchasi egalarini atrofiga to`playdi. Buning uchun 3 daqiqa vaqt berilishi mumkin. Guruhlar yig`ilgandan so`ng o`qituvchi ikkita matnni ham to`lig`icha o`qib eshittiradi. Shundan so`ng guruhlar to`g`ri yoki noto`g`ri yig`ilganligi ma`lum bo`ladi. Agar o`quvchilar boshqa guruhga o`tib qolgan bo`lsalar o`z guruhlariga qaytib o`tadilar. Shunday qilib o`quvchilar birgalikda ishlaydilar, darsda faol qatnashadilar va ish o`rinlarini tashkil etishda rioya qilinishi kerak bo`lgan talablar hamda slesarlik o`quv -ustaxonasining jihozlari nimalardan iborat ekanligini bilib oladilar. Faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantirilradi. (Matn o`quvchilar va guruhlar soniga qarab kengaytirilishi mumkin).



III. Yangi mavzu bayoni (20 daqiqa):
(Yangi mazuni tushuntirishda o`qituvchi ma`ruza metodidan foydalanib prezintatsiya asosida quyidagi ma`lumotlarni tushuntirib beradi).

Reja.



  1. Chilangarlik dastgohi.

  2. O`lchash va rejalash asboblari.

3.Metallarga ishlov berishda ishlatiladigan qo`l asboblari.

4. Ishlov berish asboblarining tuzilishi, turlari va foydalanish

qoidalari.

1. Mehnat unumining yuqori bo`lishini va topshirilgan ishlarning qisqa vaqt ichida kam kuch sarflab bajarilishini ta`minlaydigan asosiy shartlardan biri ish o`rnini ratsional tashkil qilishdir.

Ish o`rnining asosini tiskilar, asbob-uskunalar va ihota to`ri bilan ta`minlangan slesarlik ish stoli tashkil etadi.

Slesarlik ish o`rni barcha turdagi operatsiyalarni bajarishga yordam beradigan moslamalar bilan jihozlangan ish stoli (dastgoh)dan iborat bo`lib, u bir o`rinli, ikki o`rinli va ko`p o`rinli bo`lishi mumkin (1-rasm). Bu narsa ularga o`rnatilgan tiskilarning soniga qarab aniqlanadi.



Slesarlik dastgohining ustki qismi qalin yog`och taxtalardan tayyorlanib, bajariladigan ish turiga qarab tunuka, linolium yoki faner bilan qoplanadi. Uning oyoqlari yog`ochdan yoki metalldan tayyorlanishi mumkin. Dastgoh mustahkam, turli operatsiyalarni bajarishda qimirlamasdan, turg`un turishi kerak.

1- rasm. Slesarlik dastgohlari: a—bir o`rinli, b—ko`p o`rinli,





e—tiskasi rostlanadigan

Buning uchun ularni massiv (zalvarli), tayanch yuzalarini katta qilib tayyorlash lozim. Dastgohlarning massivligi ularning ish taxtasi va oyoqlarining o`lchamiga bog`liq. Ish vaqtida ular titramasligi uchun bir o`rinli dastgohlar o`rnida ikki o`rinli yoki ko`p o`rinlilaridan foydalanish maqsadga muvofiq degan fikr tug`ilishi mumkin. Bunda bir o`rinli dastgohning ko`p o`rinlisiga qaraganda ayrim qulayliklarga, afzalliklarga ega ekanligini unutmaslik kerak. Ko`p o`rinli dastgohlarda o`quvchilar bir vaqtning o`zida turli protsesslarni bajarish vaqtida bir-birlariga xalal beradilar. Bir o`rinli dastgohlarda esa bu hol ro`y bermaydi. Yuqorida aytilganlarni etiborga olib, ustaxona maydoni yetarli bo`lgan taqdirda bir o`rinli dastgohlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.



Agar o`quv ustaxonasida bir xil o`lchamdagi dastgohlar mavjud bo`lsa, ish o`rinlarining balandligini o`quvchilarning bo`yiga moslash uchun ularning oyoqlari ostiga har xil balandlikdagi taglik taxtalar qo`yib beriladi. Xavfsizlikni ta`minlash maqsadida taglik taxtalarning uzunligi dastgoh uzunligiga teng bo`lib, eni 60 sm dan kam bo`lmasligi kerak. O`quvchilarni bo`y-bo`ylariga qarab ish joylariga birkitishda ular 2-rasm,a da ko`rsatilganidek dastgoh oldida tik turganlarida tirsaklari tiski ustiga tiralib, panjalarining uchi jag`lariga tegadigan bo`lsa yoki qo`lini 90° ga bukkanda tirsagi tiski jag`lari sathiga to`g`ri kelsa (2-rasm, b), dastgohning balandligi normal hisoblanadi. Ish o`rinlarining balandligi o`quvchilarni Agar bo`ylariga mos bo`lmasa, ular tez charchaydilar, ish sifati, gigiyena qoidalari buziladi. Ayniqsa egovlash ishlarini bajarishda o`quvchining bo`yi ish o`rniga mos kelmasa egovlanayotgan sirtlar tekis va to`g`ri burchakli bo`lib chiqmaydi.

2- rasm. Ish o`rnining balandligini tekshirish.



Download 332.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling