- ish smenaligi;
- ishlovchilar soni;
- ish joylarining soni.
Undan tashqari, zanjirlar uchun pasportda quyidagilar aks ettiriladi:
1qatorda – xizmatlarning tarmoq guruhi kodi va nomi;
2 qatorda – ishlar turlarining kodi va nomi;
3 qatorda – korxonaning kodi va nomi;
4 qatorda – yil bo‘yicha zanjirning quvvati va kodi.
Zaruriyat tug‘ilganda maxsus dastur yordamida har qanday qiziqtirilgan masala bo‘yicha kerakli ma’lumotlarni olish mumkin. Undan tashqari axborotni nafaqat qog‘ozga chiqarish orali uzatish mumkin, balki magnit lentalari va qattiq disklar orqali ham amalga oshirish mumkin.
MTKS asbob-uskunalar va texnologiyalar bo‘yicha axborot bozorida asosiy yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lib hisoblanadi. Foydalanuvchiga minimal harajatlar evaziga eng yangi va haqqoniy ma’lumotlarni olish imkonini beradi, shuningdek o‘z ishlab chiqarishni kelajakda rivojlantirish uchun maslahat berish imkoniyatlarini vujudga keltiradi. Rivojlangan bozor iqtisodiyotli davlatlardagi katta korporatsiyalar ko‘pincha o‘z tarkibiga turli xildagi ishchan xizmatlarni ko‘rsatuvchi firmalarni oladi.
4.Iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish. Iste’molchilar mol-mulkiga xizmat ko‘rsatish
Turistik bozordagi «infotur» servis faoliyati xizmatlari tizimining asosiy tushunchalari jumlasiga quyidagilarni keltirish mumkin:
- «Turagent»- turistik mahsulotni sotish bo‘yicha vazifalar;
- «Transfer» - iste’molchilarni turli transport vositalari yordamida tashishni tashkil etish, nazorat va hisobot;
- «Ovqatlantirish» - tashrif buyuruvchilarni restoranlarda, oshxonalarda, turistik sayrlarda va hokazolarda ovqatlantirishni tashkil etish, nazorat va hisobot bo‘yicha vazifalar to‘plami;
- «Mehmonxona»- iste’molchilarni mehmonxona, turbazalar, xususiy sektorda yashashlarini tashkil etish, nazorat qilish va hisobot;
- «Pudratchi»- qolgan pudratchilar tomonidan takdim etilayotgan xizmatlar jarayonlarini tashkil etish, nazorat qilish va hisobot;
Do'stlaringiz bilan baham: |