Urganch davlat universiteti servis faoliyati asoslari


Xaridorlik o‘zini tutishga ta’sir etuvchi omillar


Download 0.51 Mb.
bet19/130
Sana22.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1647425
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   130
Bog'liq
SFA Maruzalar matni

4.Xaridorlik o‘zini tutishga ta’sir etuvchi omillar
Boshqa davlatlar madaniyatlarida qadriyatlar va qaysi ehtiyojlar mantiqiy, qaysilari mantiqiy emasliklari bilan farqlanadi. Undan u yoki bu turdagi xizmatlar qadrliligi bog‘liq bo‘ladi. Jamiyatda xar doim servis faoliyatini rivojlantirish hamda qabul qilingan qadriyatlar tizimi (qonunlar, an’analar, ma’naviyat) va davlat xokimiyati tizimi bilan chuqur aloqalar mavjud bo‘lgan.
Servis xizmatlari, ehtiyojlar va ijtimoiy xayotning boshqa holatlari bilan o‘zaro aloqalarini quyidagicha umumlashtirish mumkin. Servis faoliyatining rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar:
1. Insonning tabiat va jamiyat tomonidan shakllantirilgan qirralari;
2. Iqtisodiyotning rivojlanish darajasi va xo‘jalik tizimi;
3. Mavjud jamiyatda shakllangan ma’naviyat va madaniy ananalar;
4. Ijtimoiy strukturalar: davlat, siyosiy partiyalar.
Inson uchun u yoki bu turdagi servis faoliyatining ahamiyati shunga bog‘liqki, u qaysi ehtiyojlarni muhim deb hisoblaydi va uni birinchi navbatda qondirishga xarakat qiladi.
Jamiyatda insoniy ehtiyojlarni mavjud bo’lishi, shuningdek uni transformasiyasi ikkita muhim omillar bilan belgilanadi:
- odamni biotabiiy kelib chiqishini qayta ta’minlash zarurligi. Ushbu omilni ta’sirida odamlarga birlamchi ehtiyojlar xos bo’lib, ular o’rtasida odam uchun dolzarb bo’lgan tug’ma va o’zgarmas kabilari anchagina. Birlamchi ehtiyojlarga yashash muhiti xavfsizligini ta’minlash, ovqatlanish, ichish, dam olish, avlodni davom ettirish va boshqalar taaluqli.
- odamni ijtimoiy va ma’naviy-madaniy sifatlarini rivojlantirish muhimligi. Ushbu omil katta hajmdagi ikklamchi, shuningdek ijtimoiy va madaniy ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Bu ehtiyojlar odamlarni o’zini ijtimoiy munosabatlar subyektlari sifatida tiklashga intilishlari va dunyoni o’rganishni, o’zini ma’naviy mohiyatini rivojlantirishni, dam olishni hohlovchi fuqarolar bilan bog’liq. O’z mohiyatiga ko’ra, shakllanish mexanizmlariga ko’ra, bu ehtiyojlar ancha egiluvchan va dinamik hisoblanadi. Odam hayoti davomida ular ham intensiv, chuqur rivojlanishi, ham degradasiya qilinishi, so’nishi mumkin.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling