Urganch davlat universiteti servis faoliyati asoslari


Ehtiyojning ob’ektiv va sub’ektiv komponentlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni inobatga olgan xolda qo‘yidagi atamani shakllantirish mumkin


Download 0.51 Mb.
bet16/130
Sana22.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1647425
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   130
Bog'liq
SFA Maruzalar matni

Ehtiyojning ob’ektiv va sub’ektiv komponentlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni inobatga olgan xolda qo‘yidagi atamani shakllantirish mumkin:
Ehtiyoj - bu mavjud va zaruriy narsalar o‘rtasidagi qarama- qarshiliklar asosida shakllanadigan insonning holatidir va uni ushbu qarama- qarshiliklarni bartaraf etishga undovchi faoliyatdir.
Servis faoliyati ushbu qarama-qarshiliklarni hal etishning usullaridan biri bo‘lib hisoblanadi. “Mantiqiy” va “mantiqiy bo‘lmagan” ehtiyojlar mavjudligi to‘g‘risidagi masalaning qo‘yilishi shunday muammoga duch keladiki, uning chuqur falsafiy ma’nosi mavjud: mantiqiy ehtiyojlarning kriteriysi qanday? Insonning ehtiyojini mantiqiy va mantiqiy bo‘lmagan (ya’ni, yaxshi va yomonga) bo‘lish mumkinmi? Nazariy muloxazalardan chetlashib, hozirgi dunyoga nazar tashlasak, biz insonlarda turli xildagi ehtiyojlar mavjud ekanligini ko‘ramiz.
Olim uchun ijodiy ilmiy tadqiqotlarga bo‘lgan ehtiyoj muhimroq ko‘rinadi, dabdabali ehtiyojlarga unchalik qiziqmaydi. Artist uchun taniqlilik va tan olinish ehtiyojlari xosdir. qo‘shiq ishqibozi qo‘shiq eshitishga ehtiyoj sezadi, ayrimlarga birinchi galda ovqat iste’mol qilishga ehtiyojlar muhim hisoblanadi. O‘zlarining ehtiyojlariga bog‘liq xolda yuqorida qayt qilingan shaxslar servisning u yoki bu turlaridan foydalanishni xoxlashadilar.
Inson ehtiyojlarining rivojlanish strukturasi va qonuniyatlari bevosita servis faoliyatining rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. SHu bilan birga servis bo‘yicha mutaxassislar oldida ehtiyojlar tizimiga teskari ta’sir ko‘rsatish imkoniyati mavjud. YA’ni ayrim doiralarda uni maqsadli ravishda shakllantirish va o‘zgartirish mumkin. Hozirgi dunyodagi insonning manfaatlari va ehtiyojlari sohasidagi bunday o‘zgarishlar maxsus usullar va texnik vositalar yordamida amalga oshiriladi. Ular jumlasiga marketing tadqiqotlari, reklama, davlat tomonidan tartibga solish, shuningdek ma’daniy ananalarga ta’sir ko‘rsatish, diniy va boshqa jamoat tashkilotlari faoliyatlari orqali amalga oshiriladi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling