Urganch davlat universiteti servis faoliyati asoslari


Hozirgi servis amaliyotida quyidagi yo’nalishlarda ijobiy siljishlar ro’y bermoqda


Download 0.51 Mb.
bet56/130
Sana22.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1647425
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   130
Bog'liq
SFA Maruzalar matni

Hozirgi servis amaliyotida quyidagi yo’nalishlarda ijobiy siljishlar ro’y bermoqda:
- xizmat ishlab chiqaruvchilari biznes va raqobatni rivojlanishida iste’molchilar ahamiyatini anglashmoqda, iste’molchilar uchun kurash bormoqda;
- xizmat ko’rsatishni ko’pgina tashkiliy-texnologik jihatlari yaxshi tomonga o’zgarmoqda: magazinlardagi navbatlar yo’qoldi, ko’pgina operasiyalar avtomatlashtirish vositasida va kompyuter texnikasi yordamida amalga oshirilmoqda va boshqalar;
- katta e’tibor xizmat ko’rsatishni estetik tomonlariga qaratilmoqda. Vitrinalar, tovarlarni joylashtirish, servis korxonasini qabul xonalari, aloqa zonalari interyerlari ko’rkam ko’rinishga ega bo’lmoqda.
Ammo, xizmat ko’rsatishni ko’pgina jihatlari hozircha oldingidek bo’lib qolmoqda. Shu tufayli zamonaviy servis madaniyatiga quyiladigan talablarni ko’rib chiqamiz. Servis madaniyati haqida gapirilganda biz avvalo, firmani menedjerlari, malakali mutaxassislari, oddiy xodimlari tomonidan o’z faoliyatini kasbiy asoslarini egallashlari bilan bog’liq jihatini tushunamiz. Servis korxonasi yoki firma ishchisini mehnat madaniyati ular ishini quyidagi kasbiy tavsiflarini mavjud bo’lishini taqozo qiladi:
- kasbiy tayyorgarligi;
- yuqori kasbiy mahorat darajasi (intizom, mas’uliyat, kasbiy ko’nikmalarga ega bo’lishi, mohirlik, keng bilimli bo’lishi);
- mehnatni tashkiliy-texnologik taraqqiy ettirishi.
Servis menedjerlari oldida ishchilarni kasbiy-mehnat tayyorgarligini chuqurlashtirish, ularni malaka darajasini oshirish, ular o’rtasidagi istiqbollilarni martabasini oshirishni rejalashtirish vazifalari turadi. Bunda hamma xodimlar kasbiy mohirlikni taraqqiy ettirish ham shaxsiy yuksalish va ham firmani samarali ishlashi uchun ahamiyatli ekanligini tushunishlari muhim hisoblanadi. Ishdagi kasbiy mahorat mijozlar tasavvurlarida firmani ijobiy imidjini shakllantiradi, bu esa daromadlarni oshishi, kasbiy muhitda yaxshi obro’ga erishish bilan kechadi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling