Urganch davlat universiteti servis faoliyati asoslari


Download 0.51 Mb.
bet53/130
Sana22.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1647425
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   130
Bog'liq
SFA Maruzalar matni

Mahsulotni modifikatsiyalash va bozorni kengaytirish imkoni tug‘ilganda firmalar bozorni quvvatlash strategiyasidan foydalanadilar. Unga xarakterli hususiyat bo‘lib, mahsulot iste’mol hususiyatini tahlil qilish. yangi texnologyk jarayonlarni o‘zlashtirish, yangi konstruksiyalarni ishlab chiqarish bo‘ladi. Bu strategiya yangi mahsulot paydo bo‘lganda vujudga keladi. Uni amalga oshirish katta moliyaviy sarf harajatlar bilan bog‘liq. Ongli tavakkalchilik strategiyasi firmaning butunlay yangi bozorga o‘z assortimentiga xos bo‘lmagan mahsulot bilan chiqishga aytiladi. Bunday strategiyaning vazifasi yangi bozorni tashkil qilish, avval mavjud bo‘lmagan zaruriyatni yaratishdan iborat.

Yana firma faoliyati strategiyasining yig‘indisi ham mavjud bo‘lib, ularning maqsadi, ishlab chiqaruvchi mahsulotiga talabni yaratish, uni ragbatlantirish va qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Bozor segmentini aniklash bo‘yicha o‘z yo‘nalishiga ko‘ra, farqlanadilar va bozorni to‘liq tahlili o‘tkazilgandan so‘ng ish­lab chiqiladi. Talab va xaridorlar munosabati o‘rtasida farq katta bo‘lmaganda hamda barcha guruh talablarini bir xil sotuv tizimlari orqali qondirish mumkin bo‘lgan takomillashmagan marketing strategiyasidan foydalaniladi.

Bir yoki bir necha maqsadli bozor segmentini tanlashda yigma marke­ting strategiyadan foydalaniladi. Uni amalga oshirish uchun murakkab turli xil muammolarni hal qilish shart emas. Marketing strategiyasiga baho strategiyasini kiritish sxema­tik ravishda tovarga turlicha narx qo‘yishdan iborat. Ya’ni bozorga kirib borishda eksportyor "qaymog‘ini olish" stra­tegiyasidan foydalanishi mumkin. Unga ko‘ra yangi mahsulotni o‘zlashtirishga ketgan katta sarfni qoplash mumkin va yana normal daromad olish ham mumkin.

Baho strategiyasi­ni boshqa bir guruhi mahsulot bahosini soha va bozor omillariga asosan o‘rtacha bozor bahosi, raqobatchilar bahosi hisobga olinadi. Uchinchi baho guruhi o‘rtacha bozor bahosidan past bo‘lib, bunday baholash kirib borish bahosi deb ataladi. Uning maqsadi tezda bozorni egallashdan iborat.



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling