Urganch davlat universiteti servis faoliyati asoslari


- ijtimoiy sohada ko‘rsatiladigan xizmatlar


Download 0.51 Mb.
bet61/130
Sana22.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1647425
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   130
Bog'liq
SFA Maruzalar matni

- ijtimoiy sohada ko‘rsatiladigan xizmatlar;
- ishlab chiqarish sohasida ko‘rsatiladigan xizmatlar;
- taqsimot sohasida ko‘rsatiladigan xizmatlar.
Har bir xizmat ko‘rsatish guruhlari o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bularni to‘g‘ri tushunish uchun ularning har biriga qisqagina to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Ulardan biri iste’mol sohasida ko‘rsatiladigan xizmatlardir. Bu xizmatlar turiga restoranlarda va boshqa ovqatlanish shaxobchalarida ko‘rsatiladigan xizmatlar, transport xizmatlari kabilar kiradi. Shuningdek, mehmonxonalarda ko‘rsatiladigan xizmatlar, insoning shaxsiy holatini o‘nglashga ta’sir qiladigan (uqalash, sartaroshlik, pardoz-andoz kabilar) xizmatlar ham shu turdagi xizmatlarga kirishini alohida ta’kidlamoqchimiz.
Ijtimoiy sohada ko‘rsatiladigan xizmatlar ham bevosita insonning kamoloti, uning shakllanishi va rivojlanishi bilan bog‘liq xizmatlardir. Bular jumlasiga ta’limning barcha turlari, tibbiy xizmatlarning hammasi va boshqa insonlarning kamoloti bilan bog‘liq bo‘lgan xizmat turlarini kiritish mumkin.
Xizmatlar tizimida ishlab chiqarish sohasida ko‘rsatiladigan xizmatlar ham etakchi xizmat turlaridandir. Bular jumlasiga moliya-kredit sohasida ko‘rsatiladigan xizmatlar, sug‘urta xizmatlari, murakkab texnika va texnologik jarayonlar asboblarini ta’mirlash, uy-joy kommunal xizmatlari, turli maslahatlar, shu jumladan konsalting, huquqiy (yuridik) xizmat singari boshqa xizmatlarni ham kiritish mumkin.
Eng yirik xizmatlardan biri taqsimot sohasida ko‘rsatiladigan xizmatlardir. Bu xizmatlarga savdo, transport xizmati, vositachilik, brokerlik kabi xizmatlarni kiritish mumkin. Mazkur xizmatlar bircha xizmatlarni o‘zida qamrab olishi, mujassamlashtirishi bilan birgalikda ishlab chiqarish bilan iste’mol o‘rtasida, ijtimoiy sohalar bilan boshqa sohalar o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘taydilar.
Bu xizmatlar hayotdagi barcha sohalarni qamrab oladi. Shu tufayli xizmat ko‘rsatish sohasini iqtisodiy va ijtimoiy hayotdan ayri tasavvur etib bo‘lmaydi. Bulardan ko‘rinib turibdiki, xizmat sohasi iqtisodiyotning bir tarmog‘i sifatida keskin rivojlanish “huquqiga” ega. Ushbu xizmatlarning barchasi jamiyatimiz taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan barcha soha va tormoqlarni o‘z ichiga oladi. Bular quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
Birinchi galda, xizmat ko‘rsatish sohasi, insonni iqtisodiy va biologik sub’ekt sifatida takomillashtiradi. Inson ishlab chiqarish jarayonida bevosita jonli mehnati bilan ishtirok etadi, u mehnatining sifati va samaradorligi bevosita uning malakasiga bog‘liq. Insonning malakasi esa ta’lim xizmatlarining sifatiga bog‘liq bo‘lib, bu insonni iqtisodiy sub’ekt sifatida qarashni taqozo etadi. Insoning biologik sub’ekt sifatida qaralishi ham uning iqtisodiy sub’ekt ekanligi bilan bevosita bog‘liqdir, chunki sog‘lom odamgina samarali mehnat qilishi, jamiyatga ko‘proq naf keltirishi mumkin. Shu tufayli xizmat jarayonida insonlarga sog‘lom turmush tarzini yaratishga e’tibor qaratiladi.
Ikinchi galda, ishlab chiqarish va iqtisodiyotning boshqa real sektorlari rivojlanishi uchun tegishli sharoitlar yaratib beriladi. Bu soha ko‘p hollarda ishlab chiqarish sohasining infratizilmasi sifatida namoyon bo‘ladi, shunaqa xizmatlar borki, ularsiz ishlab chiqarishni rivojlantirib bo‘lmaydi. Shu tufayli xizmat bevosita ishlab chiqarish sohasida ham keng qo‘llaniladi, masalan, bunga misol sifatida dastgohlarni ta’mirlash xizmati, ularga ehtiyot qismlarni etkazib berish xizmati, tovar va boshqa moddiy boyliklarni tashish uchun transport xizmati kabilarni keltirish mumkin.
Uchinchidan, xizmat ko‘rsatish sohasi aholining bandligini oshirish bilan birga ularning moddiy farovonligini yuksaltirish imkoniyatini ham tug‘diradi. Xizmat ko‘rsatish sohasida yangi ish o‘rinlarini ochish ancha arzonligi tufayli u xususiy sektorda tez rivojlanishi, yangi ish o‘rinlarini tezlik bilan ochish mumkinligi uni jadal rivojlantirish imkonini yaratadi. Ish o‘rinlarining ochilishi, har bir kishini ish bilan band qilishi orqali ularning daromadlari tarkibida tadbirkorlikdan kelinadigan daromadlarni ko‘paytirish, oilalar farovonligini oshirish imkoniyatlarini beradi.
To‘rtinchidan, xizmat ko‘rsatish sohasi mamlakat yalpi ichki mahsulotini yaratishda, uning iste’mol bozorini to‘ldirishda katta hissa qo‘shadi. Xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish mamlakat xizmat bozorini xizmatlar bilan to‘ldiradi va jamiyatning xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish imkoniyatini yaratadi, shu bilan birga mamlakatning yalpi ichki mahsuloti ko‘payishini ta’minlaydi.
Beshinchidan, xizmat ko‘rsatish sohasi davlatning byudjetini soliq bilan to‘ldtirib borishda ishtirok etadi. Har bir xizmat ko‘rsatuvchi sub’ekt yuridik shaxs yoki yakka tadbirkor sifatida davlat yoki mahalliy byudjetga soliq to‘lab boradilar, shu bilan birgalikda ularning bir qismi yollangan xodimlar sifatida oylik maosh bilan ta’minlangan bo‘ladilar. Bular ham daromad solig‘i bilan davlat byudjetining shakllanishiga o‘z hissalarini qo‘shadilar.
Dunyoda, xususan bizning mamlakatimizda ham xizmat turlarining soni mingdan oshib ketgan bo‘lib, ularni o‘rganish va ma’lum darajada tartibga solish uchun ularni tasniflash taqozo etiladi. Shu tufayli bu soha ko‘p joylarda ma’lum tizimga keltirilgan. Xususan, Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) xizmatlarning 160 turini tan oladi va ularni 12 guruhga bo‘ladi:

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling