Urganch davlat universiteti servis faoliyati asoslari


shaxsiy, madaniy va rekreatsion xizmatlar


Download 0.51 Mb.
bet63/130
Sana22.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1647425
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   130
Bog'liq
SFA Maruzalar matni

shaxsiy, madaniy va rekreatsion xizmatlar;

  • hukumat xizmatlari.

    Mazkur tashkilotning tasnifida xizmat turlarining har biri yana bir qancha xizmatlarni o‘z ichiga oladilar, masalan, taransport xizmatlari yana ikkita katta guruhga bo‘linadi: yo‘lovchi tashish transporti va yuk tashish transporti xizmatlari, ular ham o‘z navbatida yana bir qancha guruhlarga bo‘linadi. Shunday qilib, xizmatlar va ular bilan bog‘liq muammolar xususida hali olimlar ham, xalqaro tashkilotlar ham bir to‘xtamga kelishgan emas.
    Xizmatga berilgan o‘zimizning ta’rifdan kelib chiqadigan bo‘lsak, ularni quyidagi guruhlarga bo‘lish maqsadga muvofiq:

    • inson kamoloti bilan bog‘liq xizmatlar;

    • oila ravnaqi bilan bog‘liq xizmatlar;

    • mehnat jamoalari takomillashuvi bilan bog‘liq xizmatlar;

    • hudud taraqqiyoti bilan bog‘liq xizmatlar;

    • davlat ravnaqi bilan bog‘liq xizmatlar;

    • jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq xizmatlar.

    Ushbu xizmatlarning barchasiga o‘ziga xos xizmat turlari kiradi, bular esa shu keltirilgan sub’ektlarning ma’lum bir ehtiyojini qondirishga qaratilgan kishilarning nafli faoliyatidan iboratdir. Shu tufayli, xizmatlarga har tomonlama kishilar, insonlar nuqtai nazaridan qarash kerak, deb o‘ylaymiz. Chunki xizmat ko‘rsatishning maqsadi birinchidan inson kamolotiga qaratilgan bo‘lsa, ikkinchidan xizmatni amalga oshiradiganlar ham shu insonlardir. Shu nuqtai nazardan qaraydigan bo‘lsak, xizmatlar inson va uning kamoloti bilan bog‘liq iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlar majmuasidan iborat ekan.
    6.O‘zbekiston Respublikasini faoliyat ko‘rinishlari bo‘yicha xizmatlar tasniflagichi
    2006 yildan Evropa iqtisodiy hamjamiyatining “Faoliyat turlari bo‘yicha mahsulotlarning statistik tasnifi” asosida xalqaro talablarga to‘la uyg‘unlashgan “O`z DT 010:2006. O‘zbekiston Respublikasi faoliyat turlari bo‘yicha xizmatlar tasniflagichi” joriy etildi. Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasidagi mavjud xizmat ko‘rsatish turlari va ularning soni quyidagilardan iborat:

    Download 0.51 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   130




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling