I shning borishi
O’simliklar glikozidlarini ajratib olish.
1. 20 g angishvonagul barglari hajmi 250 ml bo’lgan kolbaga solinib, ustiga 100 ml suv qo’shiladi va kolba suv hammomida 15 – 20 minut davomida qaynatiladi. Hosil bo’lgan ajratma filtrlanib, olingan filtrat chinni kosachada 5 – 10 ml qolguncha bug’latildi. Qolgan qoldiq sovutilsa, glikozidlar cho’kmaga tushadi (mobodo cho’kma tushmasa, eritmaga atseton qo’shiladi). Cho’kma filtrlab olinib, 60 – 70 0C haroratda quritiladi.
2. Yurak glikozidlariga xos rangli sifat reaksiyalari ko’p bo’lib, ularni 3 guruhga bo’lish mumkin:
A) Yurak glikozidlarining skeleti sterinlariga bo’lgan Liberman – Purxard reaksiyasi.
Mahsulotdan tayyorlangan va bug’latib quritilgan ajratmani (yoki glikozidlarni) konsentrlangan sirka kislotasida va konstentrlangan sulfat kislota aralashmasidan (50 : 1) 2 ml qo’shib aralashtirilsa, bir ozdan so’ng (yoki bir oz qizdirilsa) oldin pushti rang hosil bo’ladi. Hosil bo’lgan rang tez ko’k yoki yashil tusga kiradi.
Yurak glikozidlarining to’yinmagan lakton halqasiga rekasiyalar:
1. Legal reaksiyasi. Quritilgan ajratmaning (yoki glikozidlarning) spirtdagi eritmasiga 2 tomchi piridin, natriy nitroprussidining 5% li suvli eritmasidan 2 tomchi qo’shilsa, suyuqliklar qo’shilgan joyda qizil rang (qizil halqa) hosil bo’ladi. Legal reaksiyasi, asosan tarkibida 5 a’zoli to’yingan lakton (butenolid) halqasi bo’lgan yurak glikozidlariga kardenolidlarga xosdir.
2. Raymond reaksiyasi. Glikozidlarning spirtlar eritmasiga dinitrobenzolning spirtdagi 10% li va natriy gidroksidning metil spirtdagi 10% li eritmalari aralashmasidan bir necha tomchi qo’shilsa, tezda ko’k ranga o’tuvchi binafsha rang hosil bo’ladi. Bu reaksiya ham asosan, kardenolidlarga (butenolid halqasi bo’lgan yurak glikozidlari) xosdir.
3. Rozengeym reaksiyasi. Glikozidlarning xloroformdagi eritmasiga 90% li trixlorsirka kislotadan bir necha tomchi qo’shib qizdirilsa, ko’k yoki qizg’ish 47 binafsha rang hosil bo’ladi. Bu reaksiya ko’pincha tarkibida 6 a’zoli to’yinmagan lakton (kumolin) halqasi bo’lgan glikozidlar – bufadiyenolidlarga xosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |