Urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti geografiya yo’nalishi 171-guruh talabasi ahmedova yulduzning o’zbekiston geografiyasi fanidan kurs ishi


Sirdaryo o’ng sohili tekislik ekoturistik rayondagi marshrutlar


Download 1.45 Mb.
bet25/33
Sana05.01.2022
Hajmi1.45 Mb.
#224501
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33
Bog'liq
Yulduzcha739

Sirdaryo o’ng sohili tekislik ekoturistik rayondagi marshrutlar:


  1. Namangan-To’raqo’rg’on –Axsikent -Shaxant -Namangan marshruti. Sirdaryoning o’ng sohili tekislik ekoturistik rayoning birinchi marshuruti bo’ylab sayohatni tashkil etadigan turistlar dastlab To’raqo’rg’on markaziga kelgach Axsikent tarixiy-arxeologik majmuasiga so’ngra,Shaxant salomatlikni qayta tiklash maskaniga tashrif buyurishadi.

Qadimda Farg’ona vodiysining poytaxti bo’lgan Axsikent Sirdaryoni o’ng sohilida joylashib, 400 ga maydonidan iborat. Bu tarixiy shahar aholisi o’z davrida

200 ming kishiga yetgan. Savdo markazi, xonaqoxlar, 4 ta himoya qo’rg’oni- tepaliklar, madrasa, majmua, harbiy mashg’ulot o’tkazadigan maydon, oziq-ovqat va qurol aslsaha saqlaydigan yer osti omborlari, hammom, xon saroyi, bog’lar ichiki va tashqi sayyohlarni hozirda ham jalb etmoqda.Tarixiy turizimni o’zida mujassam etgan Axsikentning sharqiy tomonidan Sirdaryo havzasi oqib o’tishi

hisobiga qalaning suvga tutash joylarida yemirilishi, 1960 yildagi zilzila Axsikentni xaroba holatiga keltirgan. Hozirgi paytda bu tarixiy yodgorlik davlat dasturiga binoan qayta ta’mirlash,tiklash, muzeylar qurish, atrofini bog’larga aylantirish va turistlarni jalb qilish maqsadida qayta ko’rib chiqilmoqda. Axsikentdan 2 km shimoli sharqda 40 mingdan ortiq aholi yashaydigan Shaxant qishlog’ida shifobaxsh mineral buloqlar va balchiqdan foydalangan holda yurtimizning barcha viloyatlaridan salomatlikni tiklash maqsadlarida sayyohlar turizmning nozoturizm turini rivojlantirmoqda. Undan mevali va manzarali bog’lar, hiyobonlar, ko’l va favvoralar, zoopark filiali, ovqatlanish shohobchalari, savdo va maishiy xizmat uylari, sport, dam olish maskanlari, Xo’ja Axmad Vali tarixiy yodgorliklari ham mavjudligi turizmning eko-nozo-ekstremal-tarixiy kompleks turlarini yanada rivojlantirish imkoniyatini beradi.

To’raqo’rg’on tumanida G’oyibnazar qozi, Palasbon ota tarixiy yodgorliklari, Kaptarxona qishlog’idagi Umar Shayx Mirzoning ramziy qabri, Mahdumi A’zam Kosoniy avlodiga mansub bo’lgan Abdulmoniy maqbaralari viloyatning tarixiy qadamjoylari ro’yxatiga kiritilgan.




          1. Download 1.45 Mb.

            Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling