Urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti geografiya yo’nalishi 171-guruh talabasi ahmedova yulduzning o’zbekiston geografiyasi fanidan kurs ishi


Namangan-Uychi-Uchqo’rg’on-Namangan marshruti


Download 1.45 Mb.
bet27/33
Sana05.01.2022
Hajmi1.45 Mb.
#224501
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33
Bog'liq
Yulduzcha739

Namangan-Uychi-Uchqo’rg’on-Namangan marshruti. Uychi tumani viloyat markazidan 15 km shimoliy g’arbda joylashgan shahar bo’lib, u dengiz sathidan 600 m balandlikda Namangan–Uchqo’rg’on magistral yo’lida Sirdaryoning o’ng sohilida joylashgan. Adir va adir orti tekisliklarining umumiy maydoni 29,5 ming km2 teng. Hozirgi aholisi eng zich va uning soni 210 mingdan oshiq bo’lgan bu marshrut Shimoliy Farg’ona, Katta Namangan kanallari bilan birga Podshootasoy, Chortoqsoylari oqib o’tidagan gidroinshootlar atrofida dam olish maskanlari, oromgoxlar, shifoxonalar, sog’lomlashtirish maskanlari, sport va san’at saroylari, madaniyat va istirohat bog’larini qamrab oladi. Ekoturizm bilan birgalikda tarixiy turizmni tashkil etuvchi Tariqmozor,Nog’oratepa, Niyozbektepa, Oqtepa, Qoratepa, Oqgumbaztepa, Toshloqtepa, Ovchibuloqtepa, Qizbuloq, Mashxad kabi tarixiy qadamjolar mavjud.

Uchqo’rg’on Namangandan 40 km uzoqda joylashgan 30,7 ming km2 maydonni egallagan, aholisi 190 ming kishidan iborat rayonning shimoliy va g’arbiy qismlari Qirg’iziston Respublikasi, Janubiy tomoni Norin, g’arbiy tomoni Uychi tumanlari bilan chegaradosh. Tuman geoekologik sharoitini belgilovchi xarakterli hususiyati Norin daryosi, undan boshlanuvchi 5 ta yirik kanal va soylar Uchqo’rg’on suv tugunining hosil qilganligi va uni tuman tabiatiga ijobiy ta’siridadir. Uchqo’rg’on suv ombori atrofida so’lim va salqin manzarali hamda mevali bog’lar, sanatoriy, shifoxona, oromgohlar, dam olish maskani, nuroniylar va yoshlar bog’lari, vokzal, avtovakzal, sport, san’at shaxobchalari tashkil etilgan. Hududda tarkib topgan Nomsiztepa, O’g’riyortepa, Norinkaliklar, Oqtepa, Uchyog’ochtepa, No’shkantepa, Gultepa, Beshtepa, Qo’shtepa kabi tarixiy qadamjolar, yodgorliklar va masjidlarning mavjudligini ekoturlan bilan birga tarixiy va diniy turlarni kompleks rivojlantirishni talab etadi

        1. Download 1.45 Mb.

          Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling