Urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti geografiya yo’nalishi 171-guruh talabasi ahmedova yulduzning o’zbekiston geografiyasi fanidan kurs ishi


Namangan viloyatida ekoturizmni rivojlantirishdagi istiqbolli yo’nalishlar


Download 1.45 Mb.
bet30/33
Sana05.01.2022
Hajmi1.45 Mb.
#224501
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
Yulduzcha739

2.3.Namangan viloyatida ekoturizmni rivojlantirishdagi istiqbolli yo’nalishlar

Namangan viloyati hokimi tomonidan 2017 yil 1 martda viloyatda 2017- 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqat va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi” tasdiqlandi. Unga binoan Viloyat hokimligi boshchiligida tegishli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va yangi turistik marshrutlarni yaratish, hududularning turistik imkoniyatlarini o’rganish va yangi turistik mahsulotlar va marshrutlarni shakllantirish, aholi uchun turlar va ekskursiyalar o’tkazish bo’yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Xitoylik tadqiqotchi I.Ven XXR misolida turizm, jumladan ekoturizmni rivojlantirish avvalam bor uzoq muddatga mo’ljallangan ierarxik, ya’ni qatьiy ketma-ketlikdagi samarali turistik infratuzilmani shakllantirishni taklif qilmoqda.

Xitoylik Lyu Szyamin esa mamlakat miqyosida ekoturizmni ilmiy va rejali rivojlantirish uchun avvalam bor ilmiy tadqiotlarni moliyalashtirish va ulardan aniq bir takliflarni olish, ularni sinovlardan aniq hudular miqyosida o’tkazish va chora-tadbirlarni yaqin va uzoq muddatli loyihalarini yaratishni taklif etadi. Fu Botsze ekoturizmni rivojlantirish istiqbollarini yaratishni milliy miqyosda zonallashtirish kontseptsiyasini yaratishdan boshlamoq kerakligi aytadi. Boshqalar tomonidan berilgan mazkur kontseptsiyalar nafaqat milliy miqyosda balki lokal ekotizimlar miqyosida ham yaratilishi mumkinligini takidlamoqdalar.

Ukrainalik mutaxssislar tog’li hududlarda joylashgan sanitar-kurort va rekratsion maskanlari faoliyatini ekologiyalashtirish masalasini qo’yganlar. Ular ekoturstik mashrutlariga tashrif buyurib, shifo topish maqsadida kelgan aholi vakillari hamda dam oluvchilarni taklif qilishdan avval ularga atrof-muhit muhofazasiga doir tegishli ma’lumotlarni berishni tavsiya etganlar. Jonli tabiat

ob’ektlarini saqlab qolish maqsadida angiyalik olimlar sog’liqni qayta tiklovchi va yozgi bolalar dam olish maskanlarida tabiat va uning tirik organizmlar bilan bog’liq bo’lgan jonli burchaklarni tashkil etish orqali ularga ona tabiatga bo’lgan mehr-muhabbatlarini shakllantirish o’ta muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o’tishgan.

Taniqli rus ekolog tadqiqotchisi A.V. Drozdov zamonaviy ekoturizm kontseptsiyasini yaratish va uni amalga tatbiq etishda: fan – ta’lim – amaliyot tizimidagi vazifalarni global, regional va lokal miqyosda ishlab chiqishni taklif etgan. U ekologik imperativlar va rekratsiya geografiyasining asosiy vazifalarini sanab o’tgan. Ekoturistik kontseptsiyalarni yaratish va chora-tadbirlarini turistik nuqtai nazardan tahlil qilishdagi tushunchalar, printsiplar, belgilar va shakllarni keltirib o’tgan. A.V. Drozdovning kasbdoshlari esa ekoturizmga tegishli dastur va rejalarni yaratishni rossiyalik va xalqaro tajribalardan kelib chiqqan tarzda amalga oshirishni tavsiya etganlar.

N.T.Shamuratova hozirda esa turli miqyosdagi 9 ta kontseptsiya mavjudligi, ular dunyo hamjamiyati e’tirof etgan 12 ta printsipga rioya qilgan holda ishlab chiqilganligi e’tirof etmoqda. Lekin 2017 yil 7 fevralda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning maxsus farmoni bilan qabul qilingan Harkatlar strategiyasida ko’rsatib o’tilgan 5 ta asosiy yo’nalishlar va so’ngi paytda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarni qayta ko’rib chiqish zamon talabidir.

Namangan viloyatining bir qator shahar, tuman va aholi manzilgohlarida olib borgan tadqiqotlar natijasi shuni ko’rsatadiki, Axsikent, Munchoqtepa, Mug’tepa kabi tarixiy arxeologik yodgorliklarda turistik jozibadorlikni ko’rish va uni mamlakat istiqboli yo’lida rivojlantirish mumkin. Ekoturizmni tashkil etishning xorijiy tajribasini o’rganish bilan birga, nafaqat Farg’ona vodiysida, qolaversa viloyatlarda ham rivojlantirish uchun quyidagi tavsiyalarni umumlashtirib bergan: sayyohlar uchun infratuzilmani yaratish; mehmonxona biznesini to’g’ri tashkil etish, reklamani yo’lga qo’yish, sayyohlik firmalarini ko’paytirish.

Namangan viloyatining 11ta qishloq tumanlaridan 7 tasi bevosita Davlat tasarrufida “qaramog’ida”. Ular Mingbuloq, Kosonsoy, Norin, To’raqo’rg’on,

Chortoq, Yangiqo’rg’on va hatto Chust tumanlaridir. Bu qishloq tumanlarini dotatsiyadan qutqarish viloyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish demakdir. Aynan shu asosda mintaqaning umumiy ijtimoiy - iqtisodiy vaziyati ham tubdan o’zgaradi. Iqtisodiyot sektorida hozirgi kunda yuqori daromad keltiradigan sohalardan biri turizm va uning yangi tarmoqlari hisoblanib, uni joylarda tashkil etish va mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqib rivojlantirish muhim vazifalardan biridir. Tumanlar iqtisodiyotini istiqbolda rivojlantirish va dotatsiyada chiqarishda turizm va uning tarmoqlarini shakllantirish, xorijiy investorlar bilan hamkorlikda investitsiya jozibadorligini taьminlash zarur.

Viloyat hududida turizm tarmoqlarni rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, agroturizmni tashkil etish va rivojlantirish istiqbolli uchun To’raqo’rg’on tumanida 500 ga yer maydonida gilos va olma kabi intensiv bog’ maydonlari tashkil etildi. Hududlarda yetishtirilayotgan mevalarni qayta ishlaydigan korxonalar va saqlash imkoniyatiga ega bo’lgan muzlatgichlarni qurish ishlari ham nihoyasiga yetkazildi. Agroturizm tarmog’i taraqqiy etgan Italiya davlati bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish, tajriba almashish, agroturistik maskanda qayta ishlashdan tayyor mahsulotga aylanishgacha bo’lgan texnologik jarayonlarni yaqindan tanishish imkoniyatlariga ega bo’lishadi.

Namangan viloyat xokimining 2017 yil 1martda qabul qilingan davlat dasturiga ko’ra Chodak, Parda Tursun, Arashonbuva, Nanay, Mamay, va G’ova hududlarida turizmning eko, shop va ekstremal turlarini rivojlantirish ko’zda tutilgan. Axsikent, Munchoqtepa, Buvanomozor, Baliqko’l, Mug’tepa, qadimiy Kushon davlatining arxeologik yodgorliklari kabi tarixiy obidalar, ziyoratgohlarni qayta ta’mirlash, tarixiy va diniy turizmni rivojlantirish, Kosonsoy, Chortoq, Gulshan, Paxtachi, Ko’ksaroy, Uchqo’rg’on, Shaxant, Shifo suv, Oromgoh kabi sog’liqni qayta tiklash va dam olish maskanlarida tibbiy va ekstremal turizmni , Norin, Qoradaryo va Sirdaryo havzalarida qayiq va paromlarda sayohat qilish, bu daryolar hosil qilgan noyob o’simlik va hayvonlarga ega bo’lgan orollarda ekoturizmni rivojlantirish, viloyat iqtisodiyotiga daromad keltiruvchi va xorijiy sayyohlarni jalb etish kabi siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy ishlar loyihalashtirilgan.

Ekologik zararsiz dorivorlik xususiyatiga ega bo’lgan mahsulotlarni aholiga yetkazish, qayta ishlash, texnologik va toksikologik me’yorlariga to’la javob beradigan eksportbop mahsulotga aylantirish zaruriyati mavjud. Sug’oriladigan yer maydonlarning tarkibidagi kam rentabilli maydonlarini muhofaza qilish va uning hozirgi holatini saqlab qolish maqsadida viloyatning Chust, Kosonsoy, Pop va Mingbuloq tumanlarida aholi salomatligini qayta tiklash va bir qator kasalliklarga davo hisoblangan kovul dorivor o’simligini yetishtirishni amalga oshirish, Yevropa tibbiyotning farmatseftika sohasi uchun eksportbop xom ashyosini yetkazib berishni takomillashtirish lozim.

Ekoturizmni rivojlantirish uchun har-bir joyning ekotizim imkoniyatlaridan sayyohlik yo’lida oqilona foydalanish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biri. Boshqacha qilib aytganda “Servis tabiat” industriyasini yaratish va uni davlat siyosati darajasiga olib chiqish lozim. “Servis tabiat” industriyasini amalga oshirishda birinchi navbatda xorijiy tajribalarni o’rganish, jumladan Kosta Rika tajribasini ilmiy va amaliy tadqiqot olib borilayotgan Namangan viloyatining tog’li hududlarida ham qo’llash va undan samarali foydalanish mumkin.

Namangan viloyatining ekotizimlarini o’rganish va balandlik nuqtai- nazaridan ekotizimlarga ajratish, tahlil qilish, hudud uchun xos bo’lgan o’simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish borasida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalariga ko’ra kiyik o’tining 2 turi Pop, Chust va Yangiqo’rg’on tumanlarining tog’li hududlarida zeziforani endemik holatda uchrashi aniqlangan.Turistlar mazkur tabiiy ekzotikalarga tashrifi chog’ida nafaqat dam olish, qator kasalliklarga (qon bosimi va yurak qon tomirlari) shifo bo’luvchi ziziforani tabiatdagi vegetatsion jarayonini, tabobatda damlama sifatida qo’llanilishini va tayyorlanishini ko’rish, baland tog’ daralarida undan tayyorlangan sharbatni chanqog’ini qondirish maqsadida isteьmol qilishlari uchun o’zlari bilan olib ketishlari mumkin.

Umuman olganda milliy ekoturizmni rivojlantirish o’ta dolzarb masalalardan bo’lib, u yurtimiz istikbolida barqaror rivojlanishini taьminlab beruvchi omillardan

biridir. Shunday ekan, mazkur tog’ ekotizimlarida servis xizmatlarini istiqbolda rivojlantirish ishlarini amalga oshirish lozim.

Namangan viloyatida xozirgi kunda 180 ming gektar sug’oriladigan yerlarni

70 foizidan ortig’i adirlar hissasiga to’g’ri keladi. Adirlarining landshaft- agroekologik sharoitlarini hisobga olgan holda adir yuzasini ya’ni tuproq qoplamini uzoq yillar himoya qiladigan, kam suv talab qiladigan ko’p yillik mevali daraxt ko’chatlarini ko’paytirish va undan yuqori hosil olish imkoniyatiga ega bo’lgan hududlar sirasiga kiradi. Yurtboshimiz tashabbuslari bilan Xitoy davlatidan keltirilgan yong’oq ko’chatlarini hamda moy beruvchi soya va zaytunzorlarni barpo etish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Agroturistik markazlarni tashkil etish, yetishtirilgan hosillarni qayta ishlaydigan agroinfratuzilmalarni barpo etish birga aholining maьlum bir qismi yangi mexnat faoliyatlari bilan taminlanadi va turizmning agro, eko hamda shop tarmoqlarini rivojlanishini ko’rishimiz mumkin.

Keyingi yillarda respublikamiz hukumati tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va ularni turlarini kengaytirish, aholini ish bilan taьminlash, daromadlarini oshirish maqsadida agrar sohaning noan’anaviy turlaridan biri hisoblangan asalarichilik rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu borada Namangan viloyatining tabiiy-iqlim sharoiti, tog’ va tog’ oldi hududlarida tarqalgan dorivor o’simlik dunyosing shifobaxshlik hususiyatlarini inobatga olgan holda tog’ oldi tumanlari hisoblangan Yangiqo’rg’on, Kosonsoy, Chust, Pop tumanlarining tog’ oldi zonalarida asal mahsulotlarini yetishtiradigan fermer xujaliklarini va asalari uyalarini yanada rivojlantirish zarur. Asal mahsulotlarini paydo bo’lishi va durda bog’lashida +120-130S haroratni bo’lishi asalarichilikni rivojlantirishga bo’lgan qiziqish va unga bo’lgan ehtiyojni doimiyligini taьminlaydi. Agarda harorat +350 450S va undan yuqoriga ko’tarilsa, asalning sifati va shifobaxshlik xususiyati yo’qoladi. Shuning uchun asal sifatini yaxshilash maqsadida tog’ oldi hududlarida asalarichilikni rivojlantirish tavsiya etiladi. Bunday hududlarda yetishtiriladigan asallar polifyor asallari hisoblanib, ularning tarkibi akatsiya, shashir, oqquray, yantoq, chitir, zezifora gullaridan va

o’simliklardan iborat bo’lib, madaniylashgan o’simliklardan tayyorlanuvchi monofyor asallardan keskin farq qiladi. Shu bois, viloyatning tog’ va tog’ oldi zonalarida asalarichilikni rivojlantirish, axoliga asal va asal maxsulotlarini arzon narxlarda yetkazib berish, axoli salomatligini kayta tiklash uchun xizmat qiladi. Mazkur tabiiy ekzotikalarga yilning to’rt faslida ham turistlarni tashrif buyurishi va ekotizimlardagi voqealiklarni tomosha qilishlari ham ayni haqiqat. Shu maqsadda tog’ va tog’ oldi zonalarida agrar sohani noan’anaviy turlarini rivojlantirishda hududga tashrif buyurgan turistlarga asal va asal mahsulotni tayyorlanish jarayonlarini va bir nechta kasallik turlariga shifo bo’lishligi haqida maьlumotlarni banner, bilbord, buklet, infografika va vidioroliklar ko’rinishida taqdim etish ishlari xam istikbolda rejalashtirilgan.

Namangan viloyatining janubiy qismida joylashgan Mingbuloq tumanida ham o’ziga xos tabiiy ekoturistik hududlar mavjud. Mingbuloq hududining asosiy yer fondini Markaziy Farg’ona cho’llari tashkil etib, tumanining Gulbog’, Gurtepa, Alami va Baland Gurtepa MFYlarining aholi istiqomat qilmaydigan hududlarida hozirgi kunda tabiiy qum barxanlari mavjudligi bilan xarakterlanadi. Markaziy Farg’ona cho’llarida tipik barxanlar bo’lib, asosan do’ng qumlar asosiy o’rin tutib, qumlarning balandligi 5-8 metrga yetadi. Tibbiyot sohasida kasalliklar ro’yxatida qayd etilgan bo’g’im, bot va tayanch harakat aьzolari (grija xastaligidan tashqari) kasalliklarini tabiiy ravishda davolashda o’z samarasini bermoqda.Yuqoridagi tabiiy yo’llar bilan shifo topish jarayonida yuvinish, dam olish va ovqatlanish xizmatlaridan keng foydalanish imkoniyatlari biroz cheklanganligi tadqiqotlar natijasida ma’lum bo’lib, mazkur ekoturistik hududda xizmat turlarini keng yo’lga qo’yish maqsadida hududda servis xizmatlarini rivojlantirish lozim. Markaziy Farg’ona cho’llari tarkibiga kiruvchi Mingbuloq hududidagi Qoraqalpoq cho’llarida tibbiy turizm bilan ekoturizmni olib borish mahalliy aholining sihat salomatligini yo’lga qo’yish bilan bir qatorda cho’l ekotizimlaridan oqilona foydalanishga olib keladi.Cho’l landshaftlarini muhofaza qilish va uni o’rganish uchun respublikadagi Qorako’l va Vardanzi qumli cho’l qo’riqxonalari yetarli emas. Tadqiqotlar natijasida yana shuni aytish mumkinki, bunday ekoturistik

hududlarga faqat davolanish nuqtai-nazaridan emas, balki cho’l mintaqasiga sayohat qilish, dorivor o’simlik dunyosi turlarini kuzatish, hayvonot dunyosini tabiiy xarakatlanishlarini ham kuzatishimiz mumkin.





Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling