Urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti geografiya yo’nalishi 171-guruh talabasi ahmedova yulduzning o’zbekiston geografiyasi fanidan kurs ishi


Namangan — Markaziy Farg’ona cho’l landshafti — Namangan marshruti


Download 1.45 Mb.
bet29/33
Sana05.01.2022
Hajmi1.45 Mb.
#224501
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
Yulduzcha739

Namangan — Markaziy Farg’ona cho’l landshafti — Namangan marshruti. Cho’l mintaqasi, uning tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini tadqiq etishning dolzarbligini BMT tomonidan 2006 yilni “Cho’llar va cho’llanish halqaro yili” deb eьlon qilinishi munosabati bilan olib borilgan chora-tadbirlar ko’lamidan iblib olish mumkin . Bu borada mustaqil O’zbekiston Respublikasida ham ijobiy ishlar, jumladan turizm sohasida ham foydalanish ko’lami bosqichma- bosqich amalga oshirilmoqda. Bunday tabiati nozik ekotizimlarni muhofaza qilish, uning tabiiy resurslaridan oqilona foydalangan holda ekoturizmni rivojlantirish, cho’l mintaqasida tarqalgan, lekin yo’qolib ketish xafi bo’lgan o’simlik va hayvonot olamini saqlab qolish prioritet ilmiy izlanishlar ko’lamidan joy olmoqda.

Viloyatining janubiy qismida joylashgan, Mingbuloq tumanida ham o’ziga xos tabiiy ekoturistik ob’ektlar mavjud bo’lib, ularning asosiy yer fondi Markaziy Farg’ona cho’llaridan iborat. Cho’l mintaqasining o’ziga xos hususiyatlari, tarkib topishi birinchi navbatda Farg’ona vodiysining tabiiy geografik o’rni bilan bevosita bog’liqdir. Mazkur vodiy Tyanshan va Oloy tog’ tizmalari orasida gertsin tog’ burmalanishida paydo bo’lgan tektonik botiqda joylashgan. Vodiy hududida dastlabki quruqlik paleazoy erasida tog’lar o’rnida paydo bo’lib, mezazoyda adirlar

ko’tarilgan, nihoyat, vodiyning tekislik qismi esa to’rtlamchi davrda to’liq quruqlikka aylangan.

Mingbuloq tumanining Gulbog’, Gurtepa, Alami, Baland Gurtepa MFYlarida aholi istiqomat qilmaydigan hududlaridagi qum barxanlari ekoturistik ob’ektdir. Aholi vakillari o’z salomatliklarini qayta tiklash maqsadida yilning iyul- sentyabrь oylarida cho’lga tashrifi kuzatilib, tibbiyot sohasida kasalliklar ro’yxatida qayd etilgan bo’g’im, bot va tayanch harakat tizimi (grija xastaligidan tashqari) kasalliklarini tabiiy ravishda davolashda o’z samarasini bermoqda. Kuzatuv va tahlillar natijasida tabiiy yo’l bilan davolanish maqsadida borgan aholi vakillarini salomatliklarini qayta tiklanish holatlari kuzatildi. Gulbog’ hududidagi qum barxanlariga 2017 yilning 20-25 avgust sanalarida 300 nafar kishi nozoturizm ishtirokchisiga aylandi. Qum barxanlariga davolanish maqsadida kelgan aholiga zamonaviy servis xizmatlarini o’z vaqtida ko’rsatish, tashkil etish va rivojlantirish lozim. Bo’g’im xastaligi bilan borgan insonlar kunning birinchi yarmida yaьni soat 10:00 dan 12:00 gacha tananing oyoq qismidan boshlab, 20-30 daqiqa oyoqning 5-10 sm qismi qumga tiqiladi, so’ngra son va tananing quymich qismigacha qum zarachalari bilan to’ldiriladi. Bu holat kunning ikkinchi yarmida ham takrorlanib, quyosh nuridan kelayotgan harorat biroz pasaygandan so’ng soat 16:00 dan, 17:30 gacha ham tabiiy davolanish profilaktika ishlari olib boriladi. Yuqoridagi tabiiy yo’llar bilan shifo topish jarayonida yuvinish, dam olish va ovqatlanish xizmatlaridan keng foydalanish imkoniyatlari biroz cheklanganligi servis xizmatlarini takomillashmaginini ko’rsatadi. Tadqiqotlar natijasida yana shuni aytish mumkinki, bunday ekoturistik hududlarga faqat davolanish nuqtai- nazaridan emas, balki cho’l mintaqasiga sayohat, o’ziga xos dorivor o’simliklarni terish va turlarini ko’paytirish, hayvonot dunyosini tabiiy harakatlanishini kuzatishi ham mumkin.

Mingbuloq tumanidagi mavjud ekoturistik hudud istiqbolida servis xizmatlarini takomillashtirish maqsadida mahalliy va mintaqaviy loyhalar aosida biznes rejalarni tayyorlash hozirgi kunning davr talablaridan biridir. Amaliyotga tadbiq etilayotgan loyihalar natijasida shuni ko’rish mumkinki, o’z navbatida bu

hududlarga ekoturistlarning salmog’i ortishi bilan birga aholini ishga joylashtirish masalalarida ham ijobiy ishlar amalga oshadi.


Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling