Urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti geografiya yo’nalishi 171-guruh talabasi ahmedova yulduzning o’zbekiston geografiyasi fanidan kurs ishi


Namangan - Kosonsoy - Mug’tepa - Namangan tog’oldi marshruti


Download 1.45 Mb.
bet23/33
Sana05.01.2022
Hajmi1.45 Mb.
#224501
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33
Bog'liq
Yulduzcha739

Namangan - Kosonsoy - Mug’tepa - Namangan tog’oldi marshruti. Bu ekoturistik rayonga viloyatning Kosonsoy tumanining 500-2000 m gacha ko’tarilgan hududlari Yettikon - Qo’qimboy tog’ oldi hududlari va adirlar kiradi. SHimoldagi tog’ va tog’ etaklari o’ziga xos geologik tuzilishga ega. Kosonsoy tumani dengiz sathidan 800 m balandda joylashgan tog’li hudud ekoturizm ob’ektiga mos. Agroturizm ob’ekti bo’lib paxtachilik, donchilik, bog’dorchilik, chorvachilik rivojlangan qishloq rayonlarini olish mumkin. Shaharlardja miloddan oldingi II-I asrlarda barpo etilgan Kushon davlatining poytaxti bo’lgan Mug’tepa tarixiy yodgorligi, XVIII asr yodgorligi Jome masjidi, XV-XVI asr yodgorligi Mahdumi A’zam Kosonsoy maqbarasi, XVII-XVIII asr yodgorligi G’o’zapoya masjidi, XVIII asr yodgorligi Yusufxon Eshonto’ra majmuasi ekoturizmni tarixiy turizm bilan birga olib borish imkoniyatini yaratadi. Kosonsoy sanatoriyasi kompleksi, madaniyat va istiroxat bog’i, o’lkani o’rganish muzeyi, markazlari, Kosonsoy havzasining ikki sohilidagi oromgohlar, dam olish maskanlari, madaniy ma’rifiy markazlari,salqin va kishi ruxiyatini yaxshilovchi so’lim buloqlar va atrofidagi jozibali tabiat kompleks ekoturistik marshrutlarni tashkil etishga ko’maklashadi .


  • Download 1.45 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling