Urganch Davlat Universiteti Tabiy Fanlar fakulteti biologiya yo`nalishi 194 -guruh talabasi Quronboyeva Dilnozaning botanika fanidan Mustaqil ish referati


Toshkentda O‘zbekiston “Qizil kitobi”ning navbatdagi nashri taqdim etildi


Download 0.91 Mb.
bet2/2
Sana05.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#209735
1   2
Bog'liq
O’zbekistan Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan o’simliklar.

Toshkentda O‘zbekiston “Qizil kitobi”ning navbatdagi nashri taqdim etildi......................................................................................................


Mavzu:O’zbekistan Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan o’simliklar.
  • Inson tabiatdan foydalanish jarayonida odatda tabiiy jarayonlarga to‘sqinlik qiladi va buning oqibatlarini o‘ylamaydi. Aslida atrofimizdagi hayvonlar va o‘simliklar million yillar davomida evolyusiya natijasida murakkab biologik tizimni hosil qilgan. Tabiatda har bir tirik organizm yoki biologik tur tabiiy barqarorlikni ta’minlaydi. Agar ushbu tizimning biron bir qismi yo‘qolsa, barqarorlik izdan chiqadi.
  • Shu bois ham Birlashgan Millatlar tashkilotining 1992 yil Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan atrof-muhit va rivojlanish bo‘yicha konferensiyasida bioxilma-xillik haqida Konvensiya imzolangan. O‘zbekiston Respublikasi 1995 yilda ushbu Konvensiyaga a’zo bo‘lgan.
  • Umuman, mamlakatimiz hududi Yer sharining 0,3 foizini tashkil qiladi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan 180 dan ortiq o‘simlik turi yashaydi. Ya’ni, Qizil kitobga kiritilgan o‘simlik va hayvon turlarining deyarli yarmi muhofaza etiladigan tabiiy hududlardan tashqarida o‘smoqda va yashamoqda.
  • Qayd etish lozimki, qishloq xo‘jaligi, yaylov yerlar va urbanizatsiya quruqlikdagi hayvonlarning tabiiy yashash muhitini mayda bo‘laklarga bo‘ladi va buzadi. Oziq-ovqat, tibbiyot va boshqa sohalar uchun bioxilmaxillikdan me’yordan ortiq foydalanish ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Baliq ovlash sanoati baliqlar biomassasining 80 foizini, o‘rmon-butalarni kesish va brakonerlik oqibatida daraxt turlarining ko‘p turlarini yo‘q bo‘lib ketish chegarasigacha olib kelgan.
  • Yuqoridagilardan kelib chiqib, tabiatimiz bioxilma-xilligini asrash, saqlab qolish hamda kelajak avlodga yetkazish Konstitutsion burchimizdir.
  • Viloyatimizning shahar va tuman markazlarida, mahallalar va ko‘p qavatli uylar oraliqlarida, tashkilotlarga tegishli bo‘lgan hududlar, avtomagistral va temir yo‘llar yoqasidagi, daryo, soy, kanal, zovur va ariqlar yoqasidagi, fermer xo‘jaliklari yerlarida va davlat zaxira yerlaridagi daraxt va butalar xatlovdan (inventarizatsiyadan) o‘tkazilib, shakllantirilgan yagona elektron bazaga kiritilmoqda.
  • Qayd etish lozimki, joriy yil 1 maydan boshlangan bu tadbir Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 yanvardagi “Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxt va butalardan foydalanishni tartibga solish va ulardan foydalanish sohasida ruxsat berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan amalga oshirilmoqda.
  • Bundan tashqari, davlatimiz rahbarining joriy yil 30 oktyabrdagi farmoni bilan davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriy joriy etildi. 2019 yil 1 noyabrdan 2020 yil 31 dekabrgacha amal qilishi ko‘zda tutilgan moratoriyda vakolatli davlat organlariga davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga ruxsatnomalar berish man etildi.
  • Amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar kelgusida daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining noqonuniy kesilishi, daraxt turlari yo‘qolib ketishining oldini olishda katta ahamiyatga ega.
  • Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 11 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorida o‘rmonlarda dorivor o‘simliklar parvarishlanadigan plantatsiyalar maydonini kengaytirish, asrash borasida muhim vazifalar belgilangan. 
  • – Mazkur hujjat ijrosi doirasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda, – deydi “Shifobaxsh” dorivor o‘simliklarini yetishtirish va qayta ishlash markazi direktori o‘rinbosari Turg‘unboy Ibragimov. – Xususan, 2017-2021 yillarda o‘rmon fondi yerlari va fermer xo‘jaliklarida dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini tashkil etish loyihasi ishlab chiqildi. Joriy yilda qariyb 2 ming gektarga 70 turdan ortiq dorivor o‘simliklar ekish rejalashtirilgan. Yil oxiriga qadar qariyb 4 ming tonna dorivor giyohlar yig‘ilib, “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi hamda “O‘zfarmsanoat” davlat aksiyadorlik konserni korxonalariga yetkazib beriladi. Shuningdek, O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan omonqora, yetmak, bozulbang kabi dorivor o‘simliklar, tabiiy holda o‘sayotgan Turkiston arslonquyruq turini madaniylashtirish, qizil exinatseyaning madaniy plantatsiyalarini kengaytirish va dorivor o‘simliklar yetishtirish hajmini yiliga 4 ming tonnadan 5 ming tonnagacha yetkazish rejalashtirilgan. Amalga oshirilayotgan bu kabi chora-tadbirlar tufayli milliy va xalqaro “Qizil kitob”ga kiritilgan o‘simliklarning ayrim turlarini ko‘paytirishga muvaffaq bo‘linmoqda. 
  • Mamlakatimizda shifobaxsh giyohlar o‘sadigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish, o‘rmon xo‘jaliklarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, Bo‘stonliq, Oxangaron, Zomin, Baxmal, Forish, Urgut, Kitob, Yakkabog‘, Qamashi, Dehqonobod, Boysun, Uzun, Sariosiyo tumanlarida dorivor o‘simliklar yetishtirish keng yo‘lga qo‘yilgan. 
  • Mutaxassislarning ta’kidlashicha, shifobaxsh xususiyatlarga ega bo‘lgan o‘simliklar xastaliklarni samarali davolashda inson organizmi uchun foydali. Qolaversa, o‘zimizda yetishtirilishi ishonchli va arzon. Bundan tashqari, ularga xorijda talab yuqoriligi uchun eksport qilish imkoniyati mavjud. 
  • O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yurtimizda 4 ming 500 dan ortiq oliy navli o‘simlik turi mavjud. Shundan, 500 xili shifobaxsh xususiyatga ega bo‘lib, ular zamonaviy tibbiyotda va xalq tabobatida keng qo‘llaniladi. Afsuski, bugungi kunda o‘rmon fondi yerlaridagi 324 o‘simlik turi yo‘qolib ketish arafasida turibdi. Dalachoy, tog‘rayhon, o‘lmas-o‘t, sassiq kovrak, arslonquyruq, qizil do‘lana, qiriqbo‘g‘im, zubturum, shirinmiya, dug‘bo‘ylar shular sirasidandir. Bu kabi xolatlarning oldini olish, tabiiy zaxiralarni saqlash maqsadida har yili o‘rmon xo‘jaliklarida dorivor o‘simliklar plantatsiyalari tashkil etilmoqda. 
  • Joriy yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati o‘rmon xo‘jaliklarida 800 gektardan oshiq shirinmiya o‘simligi plantatsiyalari barpo etilmoqda. Shirinmiya xalq tabobatida juda qadimdan eng noyob dorilar tayyorlashda keng foydalanilgan. Bugungi kunda uning ildizi jahon bozorida raqobatbardosh mahsulotga aylanib, shifobaxsh xususiyatlari jahon farmakologiyasi va oziq-ovqat sanoatida yetakchi hisoblanmoqda. 
  • Cho‘l hududlarda uchraydigan bu noyob giyoh ildizi tomoq og‘rig‘i, nafas yo‘li shamollashi, bronxit, yo‘tal kabi xastaliklarni davolashda samarali vositadir. O‘zbekistonning tabiiy iqlim va tuproq sharoitlari mazkur noyob giyoh o‘sishi uchun har jihatdan qulay. Noyob dorivorlik xususiyatiga ega bu o‘simlik tabiatimizda tobora kamayib bormoqda. Uning xususiyatlarini o‘rganish va asrab qolish soha xodimlari oldidagi muhim vazifalardan biridir. 
  • Tabiatimizda shirinmiya kabi o‘simliklar juda ko‘p. Ulardan biri – tilov o‘ti. Bu o‘simlik o‘tkir yuqumli kasallik – kuydirgi (Sibir yarasi, antraks)ni davolashda keng qo‘llaniladi. Soha mutaxassislarining ta’kidlashicha, tabobatda o‘ta qadrlanadigan tilov o‘ti bundan o‘ttiz yil muqaddam mamlakatimizda juda mo‘l bo‘lgan. Afsuski, so‘nggi yillarda bu giyoh juda kamayib ketgan.
  • Mamlakatimizda atrof-muhit barqarorligini asrash, tabiatning bebaho ne’matlaridan to‘g‘ri va oqilona foydalanishga qaratilgan mustahkam tizim yaratilib, sohaga e’tibor yanada oshdi. Nabotot va hayvonot olamini asrashga qaratilgan bunday ezgu amallar ekologik barqarorlikni mustahkamlash, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini chuqur qaror toptirishda katta ahamiyatga ega. 
  • O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”: respublikamiz o‘simlik dunyosida qanday o‘zgarishlar yuz berdi?
  • Respublikamiz qo‘riqxonalarida muhofaza qilinayotgan o‘simliklarning umumiy holati nisbatan yaxshi bo‘lishiga qaramay, kishilar xo‘jalik faoliyati olib boradigan hududlarda ko‘plab yovvoyi turlarning tabiiy zahiralari keskin kamayib ketmoqda. Dunyoga dong‘i ketgan lola va sallagullar, qimmatbaho dorivor o‘simliklar – yetmak, bozulbang, kovrak, shirinmiya, kovul kabilar keyingi yillarda keskin kamayib ketdi. Buxoro otostegiyasi, yirik gulli ostrovskiya, Minkvits teziumi kabi bir qator relikt turlar yo‘qolib ketish holatiga kelib qoldi.
  • Aholining tabiatga noto‘g‘ri munosabati  tabiiy sharoitda o‘sadigan o‘simlik turlarining kamayib ketishiga eng asosiy sabab bo‘lmoqda. Bugungi kunga kelib yirik shaharlar va qishloqlarimiz atrofida qizil lola, sallagul, shirach va shunga o‘xshash nafis gulli o‘simliklar juda kamayib ketgan.
  • Bu borada yuzaga kelayotgan muammolarning qay darajada jiddiylashib borayotganligini O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ning yangi nashrlarida ko‘rishimiz mumkin. Ma’lumki, “Qizil kitob” O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining olimlari tomonidan nashrga tayyorlanadi. Mazkur kitobning avvalgi nashri chop etilganidan beri oradan o‘tgan 10 yil ichida O‘zbekistonning o‘simlik dunyosi tarkibida qanday o‘zgarishlar ro‘y berdi, ayniqsa, uning noyob turlari bo‘yicha holat qanday? 
  • “Qizil kitob”ning 1984-yilgi ilk marta chop etilgan nashriga O‘zbekiston florasining yo‘qolib ketish xavfi ostida qolgan 163 ta turi kiritilgan. Bu turlarning taqdiri bilan respublika mutaxassislari, olimlari muttasil shug‘ullanib kelmoqda. O‘tgan yillar mobaynida olib borilgan kuzatishlar ayrim o‘simlik turlar tuplarining soni va maydoni ancha kengayganligini ko‘rsatmoqda. Masalan, so‘nggi yillarda olib borilgan izlanishlar anzur va Suvorov piyozlari ma’lum darajada ko‘payganligini ko‘rsatadi. Milliy floramizning eng kamyob o‘simliklardan sanalgan Minkvits teziumi tuplarining soni 17 tadan 100 dan ortiq tuplargacha  ortganligi bir necha yillar davomida olib borilgan dala kuzatuvlari orqali aniqlandi. Ayni vaqtda ayrim o‘simlik turlarining tarqalish maydonlari keskin qisqarib, tabiiy populyatsiyalarining holati salbiy tomonga o‘zgargan. Omonqora, Piskom piyozi, Margarita marmaragi, tiyonshon marmaragi kabilar shular jumlasidandir.

Keyingi yillarda olib borilgan izlanishlar o‘lkamiz florasiga mansub yana 138 turdagi o‘simlikni “Qizil kitob”ga kiritish lozimligini ko‘rsatmoqda. 1998-yil ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan o‘simlik turlarining soni 301 tani tashkil etgan bo‘lsa, yangi nashrdan 48 oilaga mansub 313 turdagi o‘simlik o‘rin oldi.

  • Keyingi yillarda olib borilgan izlanishlar o‘lkamiz florasiga mansub yana 138 turdagi o‘simlikni “Qizil kitob”ga kiritish lozimligini ko‘rsatmoqda. 1998-yil ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan o‘simlik turlarining soni 301 tani tashkil etgan bo‘lsa, yangi nashrdan 48 oilaga mansub 313 turdagi o‘simlik o‘rin oldi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti ilmiy xodimlarining keyingi yillar mobaynida  viloyatlar kesimida olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlarining samarasi o‘laroq, “Qizil kitob”ning avvalgi (2009) nashridagi ma’lumotlar yangilandi, ya’ni, “Qizil kitob”ning yangi nashriga ayrim jiddiy o‘zgartirishlar kiritildi. Jumladan, O‘zbekistonda kam uchrashi, tarqalish hududlari, ya’ni tarqalish maydonlari, asosan boshqa mamlakatlar (Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va boshqalar)ga to‘g‘ri kelganligi sababli, botqoq toshyorari, kechki lloydiya, Martius qilicho‘ti, Oltoy trolliusi, yumaloqbargli parpi, Tojikiston yetmagi va boshqa bir qancha turlar “Qizil kitob”dan chiqarish lozimligi borasidagi ilmiy tavsiyalar tayyorlandi. Ulug‘bek skabiozasi, Olga sorbariyasi, Oloy nataliyellasi ham “Qizil kitob”dagi turlar ro‘yxatidan chiqarildi, sababi, hozirgi kundagi ma’lumotlarga ko‘ra, ularning areallari O‘zbekiston hududiga tegishli emasligi aniqlandi.
  • Bundan tashqari, so‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar Keller astragali, Olatog‘ za’faroni, Olьga soxta klausiyasi, Severtsov mug‘ultog‘i, Lipskaya chandiri singari turlarning o‘sish maydonlarini kengayganligi aniqlanib, mavjud tabiiy va antropogen omillar yig‘indisi ularning yo‘qolib ketish xavf emasligi tadqiqotlar davomida o‘z tasdig‘ini topdi. Shunga asoslangan holda, mazkur turlar “Qizil kitob”dan chiqarildi. Maqomi 0 ga tenglashtirilgan, ya’ni yo‘qolib ketgan deb hisoblanuvchi turlar soni 19 tadan 10 taga qisqardi. Shuningdek, 15 ta noyob va mamlakatimiz florasi uchun endemik turlar ham “Qizil kitob”ga kiritildi. Qiziqarlisi shundan iboratki, ular orasida so‘nggi bir necha yilda O‘zbekistonlik olimlar tomonidan kashf etilgan va hozirgacha dunyo botanika fani  uchun noma’lum bo‘lgan turlar ham bor. “Qizil kitob”ning avvalgi nashri bilan yaqin kunlarda chop etilishi rejalashtirilayotgan yangi nashrini taqqoslaydigan bo‘lsak, endilikda 157 ta turlarning kamyoblik maqomi o‘zgardi. Shuningdek, avvalgi nashr chop etilganidan beri xalqaro botanika nomenklaturaga kiritilgan ko‘p sonli o‘zgarishlar tufayli, shu jumladan, DNK-tahlillash usulidan keng foydalanilishi munosabati bilan uzoq vaqt davomida maxsus adabiyotlarda qo‘llanilib kelingan ko‘plab taksonomik birliklar (turlar, turkumlar, oilalar)ning ilmiy nomlari ham o‘zgardi.
  • “Qizil kitob”ning yangi nashriga antropogen omillar ta’siri ostida qolgan va tobora kamayib borayotgan bir nechta tur ham kiritilgan. Eslatib o‘tamiz, mazkur turlar “Qizil kitob”ning avvalgi nashrida qayd etilmagan. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti ilmiy xodimlari tomonidan Tojik kovragi tabiiy populyatsiyalarining hozirgi holati, tabiiy zahiralari va tarqalish hududlarini o‘rganishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida o‘simlik populyatsiyalari sonining keskin qisqarib ketganligi, o‘z navbatida, o‘simlik zahirasi hajmining kamayib ketganligi aniqlandi. Bunga asosiy sabab, tabiatdan foydalanuvchilar tomonidan o‘simlik xomashyosi (shirasi) nazoratsiz, rejasiz va noto‘g‘ri (o‘simlik ildizi o‘zak qismini to‘liq kesib tashlash orqali – bunda o‘simlikning to‘liq nobud bo‘lishiga olib keladi) yig‘ib olinayotganligidir. Boisi shuki, o‘simlikdan farmatsevtikada qon to‘xtatuvchi boylam sifatida foydalaniladi. Xalq tabobatiga bag‘ishlangan qator ilmiy manbalarda bu shira amenoreya kasalligini davolashda kataral mahsulot sifatida tavsiya etilgan. Ko‘pchilik Sharq davlatlarida xalq tabobatida bu o‘simlik ildizidan olinadigan shirasi quruq yo‘tal, meteorizm va tomir tortishish kasalliklarida foydalaniladi.
  • Ateroskleroz, katarakta, asab va ruhiy buzilishlarning rivojlanishini tormozlovchi vosita sifatida yuqorida darajada qadrlanadi. Bundan tashqari, o‘simlik kuchli antigelьmint xususiyatiga ega. Qandolatchilikda xushbo‘y hid beruvchi sifatida foydalaniladi. Biroq, bularning barchasi qat’iy tavsiyalar asosida va dori vositalarini tayyorlash retsentlariga jiddiy rioya qilingani taqdiridagina ijobiy ta’sir ahamiyatiga ega bo‘lishini unutmaslik lozim.
  • Respublikamizning Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari xududlaridagi yuqori adir va quyi tog‘ mintaqalarida joylashgan tabiiy zaxiralaridan, ya’ni) bunday nooqilona foydalanish natijasida ilgari xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan maydonlar butkul yaroqsiz holatga kelib, mazkur turni O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ning navbatdagi nashriga 3-maqom bilan tavsiya etilishiga asos bo‘ldi.
  • Endilikda, tojik kovragi tabiiy populyatsiyalarini saqlab qolish va qayta tiklash uchun:
  • - o‘simlik tabiiy populyatsiyalaridan uning shirasini yig‘ib olishga yo‘l qo‘ymaslik (bu o‘simlik populyatsiyalarining qayta tiklanishiga zamin yaratadi);
  • - o‘simlikni keng masshtabli sun’iy plantatsiyalarini tashkil etish;
  • - sun’iy plantatsiyalarni tashkil etishda o‘simlik tabiiy populyatsiyalaridan foydalanish, ya’ni populyatsiyalarga zarar yetkazmagan holda o‘simlik urug‘larini yig‘ib olish;
  • - o‘simlikni tabiiy populyatsiyalaridan foydalanishda qat’iy nazoratga yo‘lga qo‘yish;
  • - o‘z navbatida, tegishli tashkilotlar tomonidan tabiiy populyatsiyalarni muhofaza qilishni qat’iy chora-tadbirlar rejasi asosida amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish zarur.
  • Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, O’zR FA Botanika instituti tomonidan dorivor va xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan o‘simliklarning tabiiy zahiralarini o‘rganishga qaratilgan maxsus tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, tabiatdan foydalanuvchilar tomonidan o‘simlik xomashyosi rejasiz va nazoratsiz yig‘ib olinishi natijasida sassiq kovrak (Ferula foetida L.), qizilmiya (Glycyrrhiza glabra L.), Samarqand o‘lmaso‘ti (Helichrysum maracandicum Popov ex Kirp.) kabilarning ham tabiiy populyatsiyalarining keskin qisqarib ketganligi va zahiralari deyarli qolmaganligi aniqlandi. Bu esa mazkur o‘simliklarning ham tojik kovragi qatorida O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ning navbatdagi nashriga tavsiya etilishiga sabab bo‘lmoqda.
  • 2019 yil 6 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika institutida “O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi”ning navbatdagi nashri taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu nashr soha mutaxassislarining besh yillik izchil mehnati mahsuli sanaladi. U “Chinor ENK” nashriyoti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat Ekologiya qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi (FA) hamkorligida tayyorlangan.
  • Kitob ikki jildda nashr qilinyapti, unda o‘simlik va hayvonlarning kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida qolgan turlari haqida asosiy ma’lumotlar berilgan. Birinchi jild O‘zbekistondagi nabotot olami, ikkinchi jild esa hayvonot olami haqidagi ma’lumotlarni qamrab olgan.
  • “Qizil kitob”ga O‘zbekistondagi nodir va yo‘qolib ketish xavfi ostida qolgan, himoyaga muhtoj 314 o‘simlik turi kiritilgan. Uning avvalgi nashrida (2009 yil) bunday o‘simlik va zamburug‘lar soni 324 ta deb keltirilgan edi.
  • Yangi nashrda o‘n yil avvalgisidan kamroq o‘simlik nomi keltirilganining sababini FA Botanika Instituti olimlari shunday izohladi: o‘tgan vaqt davomida olib borilgan o‘rganishlar davomida eski ro‘yxatdagi ba’zi o‘simliklar o‘zi aslida O‘zbekiston hududida uchramasligi, ba’zilari O‘zbekiston hududida kamyob bo‘lgani bilan qo‘shni Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonda keng tarqalgani, yana ayrim turlar esa kamyob bo‘lmay katta mintaqalarda uchrashi yuzaga chiqqan. Shunga asoslanib yangi nashrda Olatov shafrani, Martius qilicho‘ti, Tojikiston alloxruzi kabi o‘simliklar ro‘yxatdan chiqarib tashlangan.
  • Yangi nashrda butunlay yo‘qolib ketgan o‘ismlik turlari soni 19 tadan 10 taga kamaygan. Ayni paytda, unga 15 ta kamyob o‘simlik turi qo‘shilgan. Umuman olganda avvalgi nashrga taqqoslaganda 157 o‘simlik turining maqomi o‘zgargan.
  • “Qizil kitob”ning yangi nashri 2-jildiga sutemizuvchi hayvonlarning 30 turi, qushlarning 52 xili, sudralib yuruvchilarning 21 turi, baliqlarning 17 turi, 3 xil chuvalchang, 14 xil mollyuska, bo‘g‘imoyoqlilarning 66 turi kiritilgan.
  • Taqqoslash uchun avvalgi, 2009 yilda nashr etilgan “Qizil kitob”dagi hayvonlarga doir ma’lumotlarni keltirib o‘tamiz: unga sutemizuvchilarning 24 turi, sudralib yuruvchilarning 16 xili, baliqlarning 17 turi, 3 xil

E`tiboringiz uchun rahmat.


Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling