Urganch davlat universiteti “tarix” kafedrasi
Download 0.59 Mb.
|
3.Манбашунослик
Q
- Qabo (ar.) – jubba (sovut) ostidan kiyiladigan uzun ust kiyimi. Shohlik qabosi podshohlarning ana shunday kiyimi. - Qadoq (turk.) – qadimgi va o’rta asrlarda mavjud bo’lgan og’irlik birligi. XX asr boshlarigacha O’rta Osiyo hududida keng qo’llanilgan. Bir qadoq 409,512 grammga teng bo’lgan. - Qamar – oyning arabcha nomi. - Qarovulbegi (turk.) – posbonlar boshlig’i. - Qiyomat (ar.) – dunyoning tugashi haqidagi diniy ta’limot. - Qiyrat (yun.-fr.) – misqolning 1G’24 (yigirma to’rtdan bir) qismi bo’lib, u 0,195 grammga teng bo’lgan. - Qiroat (ar.) – baland ovoz bilan ta’sirli va ifodali o’qish, mutolaa qilish. - Qupchur (m.) – ko’chmanchi xalqlardan va qabilalardan undiriladigan soliq. Qupchur solig’ining miqdori yuz bosh hayvondan birini, ba’zan qirqdan birini tashkil etgan. - Qurultoy (m.) – turkiy va mo’g’ul xalqlarida ayrim vaqtlarda o’tkaziladigan umumiy yig’in yoki umumiy kengash. Qurultoylarda siyosiy masalalar ko’rilgan. - Qushbegi (turk.) – XV-XVI asrlarda podshoh va xonlar qushxonasining mutasarrufi bo’lgan. Uning zimmasiga ovni tashkil qilish va o’tkazish vazifalari yuklatilgan. G’ - G’a`zovot (ar.) – din uchun kurash. Islomda g’ayri dinlarga qarshi musulmonlarning muqaddaslashtirilgan urushi. - G’assol (ar.) – marhumni yuvuvchi. - G’oziy (ar.) – Islom dini uchun g’ayri dinlarga qarshi muqaddas urush –g’a`zovot ishtirokchisi. - G’oshiya – egar ustiga tashlanadigan yopqich. H Habl (ar.) –arqon degani; vasiqalarda uzunlik o’lchovi ma’nosida kelib tanobning 1G’60 (otmishdan bir)ni anglatadi. Harbiy doktrina - harbiy siyosatning ravshan izhor etilgan tizimi, bu siyosatning ilmiy asoslari. Haj (ar.) - musulmonlarning Makkaga va Madinaga borib ibodat qilib kelishi. Halifalik (ar.) - VII-IX asrlarda islom davlatini idora qilish tizimi (haliflar davlat boshlig’i bo’lish bilan birga diniy rahbar ham bo’lganlar). Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling