Urganch davlat universiteti “tarix” kafedrasi


Download 0.59 Mb.
bet74/78
Sana13.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1456955
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78
Bog'liq
3.Манбашунослик

Q
- Qabo (ar.) – jubba (sovut) ostidan kiyiladigan uzun ust kiyimi. Shohlik qabosi podshohlarning ana shunday kiyimi.
- Qadoq (turk.) – qadimgi va o’rta asrlarda mavjud bo’lgan og’irlik birligi. XX asr boshlarigacha O’rta Osiyo hududida keng qo’llanilgan. Bir qadoq 409,512 grammga teng bo’lgan.
- Qamar – oyning arabcha nomi.
- Qarovulbegi (turk.) – posbonlar boshlig’i.
- Qiyomat (ar.)dunyoning tugashi haqidagi diniy ta’limot.
- Qiyrat (yun.-fr.) – misqolning 1G’24 (yigirma to’rtdan bir) qismi bo’lib, u 0,195 grammga teng bo’lgan.
- Qiroat (ar.) – baland ovoz bilan ta’sirli va ifodali o’qish, mutolaa qilish.
- Qupchur (m.)ko’chmanchi xalqlardan va qabilalardan undiriladigan soliq. Qupchur solig’ining miqdori yuz bosh hayvondan birini, ba’zan qirqdan birini tashkil etgan.
- Qurultoy (m.) – turkiy va mo’g’ul xalqlarida ayrim vaqtlarda o’tkaziladigan umumiy yig’in yoki umumiy kengash. Qurultoylarda siyosiy masalalar ko’rilgan.
- Qushbegi (turk.) – XV-XVI asrlarda podshoh va xonlar qushxonasining mutasarrufi bo’lgan. Uning zimmasiga ovni tashkil qilish va o’tkazish vazifalari yuklatilgan.


G’
- G’a`zovot (ar.) – din uchun kurash. Islomda g’ayri dinlarga qarshi musulmonlarning muqaddaslashtirilgan urushi.
- G’assol (ar.) – marhumni yuvuvchi.
- G’oziy (ar.) – Islom dini uchun g’ayri dinlarga qarshi muqaddas urush –g’a`zovot ishtirokchisi.
- G’oshiya – egar ustiga tashlanadigan yopqich.


H

  • Habl (ar.) –arqon degani; vasiqalarda uzunlik o’lchovi ma’nosida kelib tanobning 1G’60 (otmishdan bir)ni anglatadi.

  • Harbiy doktrina - harbiy siyosatning ravshan izhor etilgan tizimi, bu siyosatning ilmiy asoslari.

  • Haj (ar.) - musulmonlarning Makkaga va Madinaga borib ibodat qilib kelishi.

  • Halifalik (ar.) - VII-IX asrlarda islom davlatini idora qilish tizimi (haliflar davlat boshlig’i bo’lish bilan birga diniy rahbar ham bo’lganlar).


  • Download 0.59 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling