Urganch davlat universiteti “tarix” kafedrasi


Ekosan - atrof muhitni sog’lomlashtirish bo’yicha tuzilgan nodavlat tashkiloti. - Ekspeditsiya


Download 0.59 Mb.
bet71/78
Sana13.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1456955
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   78
Bog'liq
3.Манбашунослик

Ekosan - atrof muhitni sog’lomlashtirish bo’yicha tuzilgan nodavlat tashkiloti.

- Ekspeditsiya (lot.) - jo’natish, yuborish. Bir necha ma’noda ishlatiladi: 1) pochtamtning xatlarini saralaydigan va jo’natadigan bo’limi; 2) ilmiy tekshirish maqsadida biror joyga yuboriladigan guruh.

  • Ekspluatatsiya (fr.) - foydalanish, foyda olish. Bir necha ma’noda qo’llaniladi: 1) mulkdor tomonidan o’zganing mehnat xosilini o’zlashtirib olishi; 2) tabiiy boyliklarni qazib olish va ulardan foydalanish; 3) mehnat va transport vositalaridan foydalanish.

  • Eksport (ing.) - mahsulotni xorijiy mamlakatlarga chiqarib sotish.

  • Elat - kishilarning til, hudud, iqtisodiy va madaniy jihatdan tarixan shakllangan (qabila va millat oralig’i) birligi. Elat bir-biriga yaqin bir necha qabilalarning birlashishi asosida ma’lum bir tarixiy sharoitda vujudga keladi.

  • Ekstremizm (lot.) - siyosatda, e’tiqodga masalani xaddan tashqari keskin ravishda xal etish, shiddatli harakat qilish.

  • Elektorat (lot.) - saylovchilar guruhi (prezident yoki parlament saylovlarida).

  • Elita (fr.) - saralangan, eng yaxshi, ishonchli kishilar, buyumlar, tabiiy narsalar.

  • Ellinizm (yun.) - qadimgi yunon madaniyati.

  • Emigrant - (lot.) - turli sabablarga ko’ra boshqa yurtlarda boshpana topgan kishi.

  • Entsiklopediya (fr.) - turli sohalar bo’yicha ma’lumotlarning ilmiy ravishdagi qisqa izohi bitilgan nashr (to’plam).

  • Era (lot.) - milodiy. Solnomaning boshlanish davri.

- Eserlar partiyasi - ijtimoiy inqilobchilar. Rusiyada XX asr boshlarida dehqonlar, o’rta hol ziyolilar, hunarmandlar manfaatini ko’zlashni maqsad qilib qo’ygan siyosiy partiya (1923 yilda tugatilgan).
- Eskalatsiya (ing.) – urushning kuchayishi, mojarolarning kengayib ketishi, ahvolning zo’rayib ketishi.
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling