Urganch davlat universiteti “tarix” kafedrasi


Download 0.59 Mb.
bet70/78
Sana13.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1456955
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   78
Bog'liq
3.Манбашунослик

Chopar (turk.)otliq xabarchi.

  • Chorsu (fors.) o’rta asr Sharq shaharlarida ikki yirik ko’cha kesishgan joy. Bunday joylarda odatda savdo rastalari, kosiblarning do’konlari joylashgan toqlar bo’lgan.

  • Cho’qmor (turk.)qo’l jangida ishlatiladigan oddiy qurol.



    SH

    • Shajara (ar.) – kishilarning kelib chiqishi, ajdodlari va qon-qarindoshlik aloqalari majmui. Uni tarix fanining bir tarmog’i –geneologiya fani o’rganadi.

    • Shariat (ar.) - musulmonlarning Qur’on asosida ishlab chiqilgan qonun-qoidalari.

    • Shahid (ar.)Islomda din yo’lida halok bo’lgan shaxs.

    • Shayx (ar.) - ruhoniylar boshlig’i, eshon.

    • Shovinizm - bir millatni xaddan ortiq ko’klarga ko’tarish hisobiga boshqa xalqlarni kamsitish, mensimaslik siyosati.

    • Shpion (nem.) - ayg’oqchi, josus.

    - Shturm (nem.) - dushman istehkomini qo’lga olish maqsadidagi keskin harakat, hujum.
    - Shtab (nem.) - askarlarni boshqarish markazi.

    • Shosh (Choch) - Toshkentning qadimgi nomi.

    • Shantaj (fr.) - siringni ochib sharmanda qilaman deb qo’rqitish yo’li bilan o’zganing boyligini olishga harakat.

    • Shef (fr.) – boshliq.

    • Shia (ar.) - islom dinining bir oqimi.

    • Shou (ing.) - dabdabali saxna tomoshalari.



    E
    - Evakuatsiya (lot.) – ko’chirish. Ma’lum xavf tug’ilgan hududdan aholini, korxona va tashkilotlarni tinch joyga ko’chirish.

    • Evolyutsiya (lot.) - asta-sekin sodir bo’lgan o’zgarish, osoyishta yo’l bilan amalga oshadigan rivojlanish jarayoni.

    • Ekologiya (yun.) - organizmlarning o’zaro va atrof muhit bilan munosabatlari to’g’risidagi fan. Bu fan hozirgi zamonda inson va biosfera o’rtasidagi munosabatlar muammosini ham keng ko’lamda va har tomonlama o’rganmoqda.


    • Download 0.59 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   78




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling