Urganch davlat universiteti «tasdiqlandi»
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa ishchi dastur 2020 kredit Fil.ozbek tili
2
Rivojlanish falsafasi. Bilish nazariyasi. Shaklllanish, o‘zgarish, rivojlanish va taraqqiyot tushunchalarining o‘zaro aloqasi va farqi. Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolutsiyasi. Rivojlanishning fatalistik, volyuntaristik, emerjent talqinlari. Dialektika – rivojlanish haqidagi ta’limot. Metafizika, neometafizika, sofistika, eklektika, dogmatizm va konservatizm rivojlanishning muqobillari. Rivojlanishning umumiy qonunlari va kategoriyalari. Aprior va aposterior tushunchasining mohiyati. Falsafa qonunlarining asosiy shakllari. Qarama-qarshilik va ziddiyat. Ziddiyaglarning turlari. Miqdor va sifat o‘zgarishlari dialektikasi. Inkorni-inkor qonuni va vorisiylik. Kategoriya tushunchasi va ularning turlari. Falsafa tarixida kategoriyalarga turli munosabatlar. Falsafa kategoriyalarining tasnifi. Ontologik va munosabatdosh kategoriyalar. Metod, metodika va metodologiya tushunchasi. Falsafa tarixida metodlar haqidagi yondashuvlar. Metodlarning tasnifi: fan va falsafa metodlari. Umumilmiy metodlar, xususiy ilmiy metodlar, fanlararo tadqiqot metodlari. Ijtimoiy gumanitar fanlar metodlari. Hozirgi zamon metodologiyasi: kumatoid, keys stadis, abduksiya. Evristika yangi metodologik tamoyil. Tizim, tizimli yondashuv, tizimli tahlil tushunchalarining o‘zaro aloqasi va farqi. Tizim dinamikasi. Bilishning mazmuni va mohiyati. Falsafa tarixida bilishga oid qarashlar evolutsiyasi. Bilimning asosiy turlari va shakllari. Bilish da subyekt va obyektning o‘zaro aloqasi. Bilish faoliyatida ratsionallik va irratsionallik dialektikasi. Bilishdagi qarama-qarshiliklar. Hissiy, empirik, nazariy, mantiqiy va intuitiv bilish darajalarining o‘zaro aloqasi va farqi. Haqiqat bilish mezoni. Falsafa tarixida haqiqatga munosabat. Haqiqatning asosiy shakllari va konsepsiyalari. Haqiqatni anglashda emotsiya, ideal, iroda, ishonch, shubhaning roli. Verifikatsiya va falsifikatsiya tamoyili. Haqiqat va yanglishish, yolg‘on va dezinformatsiya (yolg‘on axborot). Amaliyot haqiqat mezoni. Amaliyotning predmeti va maqsadi. Amaliyot va 2
faoliyatning mutanosibligi. Faoliyatning tuzilishi va atributlari. Ijodiy va noijodiy faoliyat. O‘yin faoliyat sifatida. Haqiqatga erishishda tushunish va tushuntirish dialektikasi. Falsafa tarixida tushunish san’ati haqidagi qarashlar evolutsiyasi. Tushunishda ma’noni anglashning ahamiyati. Simvol, semiotika va dialog tushunish vositasi. Ontologik, gnoseologik, aksiologik simvollar. Tushunish va tushuntirishning mutanosibligi. Tushuntirish ilmiy bilimni tushunish shakli.
Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling