O’quv dasturlari quyidagi tamoyillari asosida tuziladi:
Dastur mazmunining ilmiy xususiyatiga egaligi.
Dastur mazmunining ijtimoiy-g’oyaviy xususiyatiga egaligi.
Nazariy g’oyalarning amaliyot bilan birligi.
Dastur mazmunining ijtimoiy-tarixiy xususiyatiga egaligi va aniq g’oyaga asoslanganligi.
Dastur mazmunining muayyan tizimgaega bo’lishi.
O’quv predmetlari o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik,bog’lanishlarning mavjudligi.
O’quv dasturini tayyorlashdagi ta’lim oluvchilarning psixologik va ruxiy xususiyatlarini e’tiborga olish.
Demak,o’quv rejasi va dasturi ta’lim muassasi ma’muriyati,ta’lim oluvchilar jamoalarining so’zsiz amal qilishlari lozim bo’lgan davlat hujjatlaridir.Ta’lim jarayonini samarali olib borish uchun mos darsliklar tayyorlanadi.
Darslik –DTS, O’quv dasturi, uslubiyati va didaktik uslublari asosida belgilangan, milliy mafkura g’oyalari singdirilgan, muayyan o’quv fanining mavzulari to’liq yuritilgan, tegishli fan asoslari mukammal o’zlashtirishga qaratilgan hamda turdosh ta’lim yo’nalishlarida foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan nashr.
Demak,darslikbu –muayyan o’quv predmeti mazmunining o’quv dasturida ko’rsatilgan hajmda, didaktik talablarga muvofiq ravishda batafsil bayon qilingan kitob bo’lib uning xarakterli xususiyati darslik mazmunining o’quv dasturi mazmuniga mos kelishidir. Darslikdagi material bo’limlari bo’yicha taqsimlanadi.Har bir mavzu, muayyan bob,uning tarkibida bo’lgan band asosida beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |