O’quv fani dasturi ham xuddi o’quv rejasi kabi muhim va davlat hujjati bo’lib,unda muayyan o’quv predmeti mazmuni ochib beriladi va o’quv yili davomida ta’lim oluvchilar tomonidan o’zlashtirilishi zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar hajmi ko’rsatiladi. o’quv fani dasturi ta’lim mazmuni uning ta’lim oluvchilar tomonidan eng maqbul usullari,o’zlashtirilishining axborot manbalari ko’rsatilgan normativ hujjat.o’quv fani dasturilari tegishli ta’lim(umumiy o’rta,o’rta maxsus,kasb-hunar yoki oily ta’lim) turdagi barcha ta’lim muassasalari uchun yagona,uning talablari doim bajarilishi majburiydir.
Dastur tushuntirish xati,bo’lim va mavzular bo’yicha ajratilgan soatlar hajmi,dastur materiali mazmuni hamda tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |