Darslikning bilim va ko’nikmalarni nazorat qilish materiallari matndagi nazorat savollari ta’limoluvchilarni bilim olishga qiziqtirishni, mustaqil fikrlash faoliyatini rivojlantirish, taqqoslash,sintez va tahlil qilish usullaridan foydalanailish mahoratlarini shakllantirishi kerak.
Darslikdagi infarmatsion –uslubiy ta’minot-bu ushbu fanga oid asosiy va qo’shimcha o’quv manbalari, electron ta’lim resusrlari va uslubiy qo’llanmalarni o’z ichiga oladi.
Darslikdagi qo’shimcha ma’lumotlar matniga mazkur Darslikda foydalanish tartibi.o’quv materialini o’rganishga tegishli electron vositalar va ulardan foydalanish tartiblari kiradi.
O’quv qo’llanma–bu darslikni qisman to’ldiruvchi,muayyan fan dasturi bo’yicha tuzilgan va fan asoslarining chuqur o’zlashtirishni ta’minlovchi ayrim bob va bo’limlarni keng yoritishga yoki mashq va mashg’ulotlar olib borishga mo’ljallangan nashr.
Do'stlaringiz bilan baham: |