Asosiy ta’riflar va atamalar. Bu bo‘lim o‘lchashlarning turli sohalarda shakllangan ta’rif va tushunchalarni metrologiya nuqtai nazaridan kelib chiqib umumlashtirish va aniqlashtirish bilan shug‘ullanadi. Asosiy vazifasi metrologik ta’riflarning yagona tizimini yaratish, shu asosda metrologiyani rivojlantirib borish, ayrim o‘lchash sohalarida erishilgan yutuqlarni boshqa o‘lchash sohalarida ham qo‘llashga sharoit yaratishdir.
Metrologik postulatlar bo‘limining vazifasi metrologiyaning nazariy asoslarini asiomatik qurilishini rivojlantirish, postulatlar asosida sermazmun va to‘liq nazariyani yaratish hamda muhim amaliy xulosalar olishdir. Fizik kattaliklar haqida ta’limot bo‘limining asosiy vazifasi fizik kattaliklarning yagona tizimini yaratish, ya’ni hosilaviy kattaliklarni ifodalash uchun asosiy kattaliklar tizimi va bog‘lanish tenglamalarini tanlashdir.
O‘lchashlar metodologiyasi bo‘limida o‘lchash jarayonlarini ilmiy tashkil etish bilan shug‘ullanadi. Fizik tabiatni va o‘lchash uslublari turlicha bo‘lgan kattaliklarga oid o‘lchash sohalarini birlashtirishi, umumlashtirish nuqtai nazaridan o‘lchashlar metodologiyasining ahamiyati juda kattadir. Turli o‘lchash sohalarida to‘plangan tajriba, usullar va tushunchalarni umumlashtirish va bir tizimga keltirish muayyan muammolarni keltirib chiqaradi.
Nazorat savollari.
- Metrologiya so’zining ma’nosi?
- «Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish» fanini o‘rganishdan maqsadi?
- «Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish» fanini vazifasi?
- Standartlashtirish -?
- Qurilishda sifat nazoratining maqsadi?
- O‘lchashlar xatoliklari nazariyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |