Urganch davlat universiteti texnika fakulteti “Qurilish” kafedrasi тaqdimot o’qituvchi: Axmedjanov S. Sh


Download 1.27 Mb.
bet2/3
Sana19.04.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1362531
1   2   3
Bog'liq
1-Maruza

Standartlashtirish-muayyan soha doirasida amalda mavjud va istiqboldagi vazifalarni hal qilishda umumiy holda va ko‘p martalab qo‘llash uchun nizomlar o‘rnatish vositasida maqbul darajadagi tartiblikka erishishga yo‘naltirilgan faoliyat. Bu faoliyat, jumladan, standartlarni ishlab chiqish, nashr etish va ishlatishda namoyon bo‘ladi. Standartlashtirishning maqsadi mahsulotning maqbul sifatini ta’minlash, mehnat unumdorligini oshirish, materiallar, energiya va ish vaqtini tejash va xavfsiz ish sharoitini kafolatlash bo‘yicha talablarni ishlab chiqishdir. Standartlashtirish detal va tuzilmalarning o‘zaro almashuvchanligiga imkon tug‘diradi.
O‘zaro almashuvchanlik deganda birikma yoki tuzilma tarkibiga kiruvchi ixtiyoriy tugun yoki detallarni mazkur tugun yoki butun inshootning ishi uchun oldindan belgilangan texnik talablarga putur yetkazmagan holda almashtirish imkoniyati tushuniladi. O‘zaro almashuvchanlik esa unifikatsiyalash (andozalashtirish) vositasida amalga oshiriladi. Standartlashtirish ijodiy jarayon bo‘lib, fan, texnika va amaliyotning eng so‘nggi yutuqlariga asoslanadi va bundan buyongi taraqqiyotga hizmat qiladi.
Sifat nazorati-sanoat va qurilish mahsulotining sifat ko‘rsatkichlarini standartlar, texnik shartlar, yetkazib berish shartlari, buyum pasporti va boshqa hujjatlarda qayd etilgan talablarga muvofiqligini tekshirish. Qurilishda sifat nazoratining maqsadi xom ashyo, material va konstruksiyalarning, qurilish jarayonlarining joriy etilgan talablarga muvofiq tayyorlanish va bajarilishini ta’minlash, pirovord natijada yuqori sifatli bino va inshootlar qurilishini ta’minlashdir.
Qurilishda sifatni nazorat qilishning asosiy turi sinash hisoblanadi. Sinash jarayonida qurilish materiallari va tuzilmalarining turli-tuman ko‘rsatkichlari va xususiyatlari aniqlanadiki, bularni bilmay turib bino inshootlarni oqilona loyixalash, qurish va foydalanish mumkin emas. Sinashlarda qo‘llaniladigan texnik vositalarning aniqlik darajasi, pirovard natijada, qurilish mahsulotining sifatini, ishonchliligini va tejamliligini, bino va inshootlarning me’moriy jazibadorligini belgilaydi.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling