Urganch Davlat Universiteti “Texnika” fakulteti
Korxonalarda baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini tekshirish va hisobga olish
Download 0.95 Mb.
|
BITIRUV MALAKAVIY ISHI Автосохраненный Автосохраненный
Korxonalarda baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini tekshirish va hisobga olish.
Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 iyun 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan, “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligini boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to’g’risida” gi nizom qabul qilindi. 1.Ushbu nizom O’zbekiston Davlati hududida mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, shuningdek, mehnat shartnomasi bo’yicha ishlayotgan ayrim fuqarolarda mehnat faoliyati bilan bog’liq holda yuz bergan hodisalarni tekshirish va hisobga olishning yagona tartibini belgilaydi. 2. Korxona hududi va uning tashqarisida mehnat vazifasini bajarayotganda (xizmat safarida) yuz bergan baxtsiz hodisalar tekshiriladi va hisobga olinadi. 3. Tabiiy o’lim, o’zini-o’zi o’ldirish, jabrlanuvchining o’z salomatligiga qasddan shikast yetkazishi, shuningdek, jabrlanuvchining jinoyat sodir qilish chog’ida shikastlanish holatlari (sud-tibbiy ekspertiza xulosasi yoki tergov organlarining ma’lumotiga ko’ra) tekshirilmaydi va hisobga olinmaydi. 4. Baxtsiz hodisa, ishchi mehnat qobiliyatini kamida 1-kunda yo’qotsa, tibbiy xulosaga ko’ra yengilishga o’tkazilsa, bunday hodisalarga N-1 shaklda dalolatnoma tuziladi va 3-sutka ichida jabrlanuvchiga berilishi shart. 5. Ish beruvchi o’z vaqtida N-1 shaklida dalolatnoma tuzish, baxtsiz hodisa sabablarini aniqlab, bartaraf etish chora-tadbirlarini tuzish va amalga oshirish uchun javobgar shaxs hisoblanadi. 6. Baxtsiz hodisalarni to’g’ri va o’z vaqtida tekshirish va hisobga olishni, korxonaning yuqori tashkiloti, kasaba uyushmasi qo’mitasi, davlat mehnat texnikanazoratchisi “O’zsanoatkontexnazorat” Davlat qo’mitasi organlari nazorat qiladi. 7. Ish beruvchi N-1 shakldagi dalolatnoma tuzishdan bosh tortsa, jabrlanuvchi uning mazmuni dan norozi bo’lsa, kasaba uyushmasi qo’mitasi hodisani 10 kun ichida o’rganadi va ish beruvchidan N-1 shakldagi dalolatnomani qayta tuzishni talab qiladi. 8. N-1 shakldagi dalolatnoma tuzilmaganligi yoki noto’g’ri tuzilganligi aniqlangan hollarda, davlat mehnat texnika nazoratchisi ish beruvchidan, N-1 shakldagi dalolatnomani tuzishni yoki boshqatdan tuzishni talab qilish huquqiga egadir. Ish beruvchi davlat mehnat texnika nazoratchisi xulosasini bajarishga majburdir. 9. Ish beruvchi bilan davlat mehnat texnik nazoratchisi o’rtasidagi anglashilmovchilikni bosh davlat mehnat texnika nazoratchisi hal qiladi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling