Urganch Davlat Universiteti “Texnika” fakulteti
Download 0.95 Mb.
|
BITIRUV MALAKAVIY ISHI Автосохраненный Автосохраненный
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.8 Xulosa va takliflar.
- 5. Bitiruv malakaviy ishi qismlari bo’yicha maslahatchilar. 6. Topshiriq berilgan sana: _____________________
3.4 Konstruksion qism. Friksion ilashish muftasining tuzilishi va ishlash uslubi.
3.5 Texnologik qism. S klassdagi yengil avtomobilning uzatmalar qutisidagi birlamchi valini tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish. 3.6 Iqtisodiy qisim. Tayyorlangan texnologik jarayonning iqtisodiy ko’rsatkichlarini hisoblash. 3.7 Hayot faoliyati xavfsizligi qismi. S klassdagi yengil avtomobilning uzatmalar qutisidagi birlamchi valini tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqishda mehnat muhofazasi. 3.8 Xulosa va takliflar. Mavzu bo’yicha umumiy yakuniy xulosa va takliflar beriladi. 3.9 Foydalanilgan adabiyotlar. Mavzuni tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlar, gazeta, jurnal, internet manzillari ro’yxati. 3.10 Ilovalar. Mavzu bo’yicha olingan hujjatlar, jadvallar, rasmlar, internet, gazeta va jurnal ma’lumotlari ilova qilinadi. 4. Bitiruv malakaviy ishining chizmalari ro’yxati. 5. Bitiruv malakaviy ishi qismlari bo’yicha maslahatchilar. 6. Topshiriq berilgan sana: _____________________ 7. Tugallangan bitiruv malakaviy ishini tiopshirish sanasi: __________________ Bitiruv malakaviy ishi rahbari: _____________ B. Sobirov Qabul qildi: _____________ B. Sobirov Kafedra mudiri: _______________ dots. I. Ruziev Taqrizchi: _________________ 1. KIRISH Oʻzbekiston Respublikasining jahon bozoridagi raqobatdoshligini oshirish va mavqeyni mustahkamlashga yoʻnaltirilgan tarkibiy oʻzgarishlar va yuksak tex-nologiyalarga asoslangan zamonaviy tarmoqlar va ishlab chiqarish sohalarini jadal rivojlantirish siyosatini davom ettirish-asosiy ustuvor yoʻnalish hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022-yil 1-fevral sanasida “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora – tadbirlari to’g’risida” gi farmoni imzolandi. Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini jadal yangilash eng muhim ustuvor vazifa hisoblanadi. Investitsiyalar salmoqli qismining sanoatni modernizatsiya qilish va texnologik yangilash dasturlarini amalga oshirishga yoʻnaltirilishi, yirik ishlab chiqarish korxonalarini qurishni yakunlash va foydalanishga topshirish, barcha yirik korxona va ishlab chiqarish quvvatlarida jahon tajribasida sinovdan oʻtgan zamonaviy texnologiyalar bilan almashtirilishi lozim boʻlgan uskuna va texnologiyalarning roʻyhatini aniqlash uchun texnik audit oʻtkazish zarurligi shular jumlasidandir. Prezidentimiz tomonidan avtomobilsozlik sanoatida ko’plab isloxotlar olib borilmoqda, shulardan biri manapoliyani yo’qotish, sog’lom raqobatni shakillantirishga doir chora – tadbirlar olib borilmoqda. Hozirgi kunda katta ko’lamda ommaviylashib borayotgan avtomobillardan biri Elektromobildir, elektromobil xarid qilish, xarakatlanish, quvvatlantirish, servis xizmatlari yurtimizda yuqori darajada yo’lga qo’yilgan va yangiliklar izchil hayotga tadbiq qilib kelinmoqda. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng qisqa davr o’tishiga qaramay respublika aholisi avtomobil transporti bilan ta’minlash jadal suratlar bilan amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda respublikamizda bir qator avtomobil kompaniyalari barpo qilinib, ularning ishga tushirilishi O’zbekiston xalqining muhim yutuqlaridan biridir. Andijon viloyatining Asaka shahrida “Uz Auto”, Xorazm viloyatining Pitnak tumanidagi “Uz Auto Motors” ning filiali; Samarqandda “Sam KOCH avto” kompamiyalariga qarashli avtomobil zavodlarida yengil, yuk avtomobillari, avtobuslar, maxsus avtotransportlarning ishlab chiqarilayotgani O’zbekiston Respublikasini avtomobil ishlab chiqaruvchi yetakchi davlatlar bilan bir qatorda turishiga imkon yaratadi. Yaqin kelajakda aholini sifatli avtomobillar bilan ta’minlangalik darajasi Respublikamizda avtomobil ishlab chiqarish sanoatining rivojlanishi ko’rsatkichlari bilan belgilanib, aholisi avtomobil bilan yuqori darajada ta’minlangan yetakchi davlatlar miqyosiga ko’tarildi deb bemalol aytsa bo’ladi. Yurtimizda ishlab chiqarilayotgan avtomoshinalarning ayrim extiyor qisimlari maxalliylashtirilgan holda o’zimizda ishlab chiqarilmoqda, lekin bu bir tomondan hursand qilsa yana bir tomondan harakat qilishga va qolgan chet eldan kelayotgan extiyot qisimalarni ham o’zimizdan ishlab chiqarishga harakat qilishga undaydi. Bunday natijaga ershsak avtomobilsozlik sanoati import qilib olayotgan extiyot qisimlar kamayishi hisobiga davlatga tushayotgan foyda yanada ortadi, Natijada boshqa soxalarga e’tiborni va moliyaviy mablag’larni qaratishga zamin bo’lib xizmat qiladi. Xorijiy investitsiyalarini keng jalb qilish, xorijiy investorlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish muhim, ustuvor yo’nalish. O’zbekistonda investorlar, xalqaro banklar va xalqaro jamg’armalar uchun beqiyos, o’ta qulay investitsion muhit, imtiyoz va preferentsiyalar tizimi yaratilganligi. Xorijiy sheriklar bilan o’zaro hamkorlilni chuqurlashtirish, mamlakatimizda yanada qulay investitsiya muhitini shaklanntirishdagi mavjud imkoniyatlarni ishga solishda ishonchli kafolatlarni yaratish, xorijiy investorlarning ishonchini qozonish va mustahkamlash zarur. O’zbekiston milliy avtomagistrali tarkibiga kiradigan avtomobil yo’llarini qurish va rekonstruktsiya qilish, mamlakatimizning barcha hududlarini o’zaro ishonchli bo`ladigan yagona milliy avtomobil transport tizimini tashkil etish loyihalariga birinchi darajali ahamiyat qaratish. Temir yo’l tarmoqlarini elektrlashtirish, yo’lovchi tashish lokomotivlari parkini yangilash, yuk tashish lokomotivlari hamda vagonlarini modernizatsiya qilish va qayta tiklash, temir yo’llarni modernizatsiya qilish bo’yicha loyixalarni amalga oshirishni jadallashtirish. O’zbekiston hududida yuklarning ichki va xalqaro tranzitini ishonchli ravishda ta`minlaydigan transport va logistika tizimlarini takomillashtirish. Zamonaviy kompyuter va telekommunikatsiya tizimlari hamda texnologiyalarini yanada rivojlantirish. Amalga oshirilayotgan islohotlar va tadbirlarning natijasida mamlakatimiz jadal rivojlanib bormoqda. Buni respublikamiz hayotida ro`y berayotgan ijtimoiy va iqtisodiy, an’aviy va ma`rifiy o`zgarishlarda ko`rish mumkin Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling