Urganch Davlat Universiteti “Texnika” fakulteti


Download 0.95 Mb.
bet3/19
Sana27.10.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1726157
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
BITIRUV MALAKAVIY ISHI Автосохраненный Автосохраненный

2. MAVZU DOLZARBLIGI
Yurtimizda ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillar yildan yilga oshib bormoqda bu esa ularga ekpolatatsiya davrida ishlatiladigan sifatli extiyot qisimlarni ishlab chiqarishga bo’lgan talabni ham oshiradi. 2021- yil (yanvar-noyabr) xisobiga yurtimizda 41592 ta Gentra avtomobili ishlab chiqarilgan bundan kelib chiqadiki xar bir extiyor qisimdan eng kamida 41592 dona ishlab chiqarilishi kerak, bu avvaldan xarakatlanib kelayotgan Gentra avtomobillarni hisobga olmagan holda. Bundan kelib chiqadiki friksion ilashish muftasi detallari ham yangisiga almashtirish extiyojiga ega qisimlar qatoriga kiradi. Men ushbu bitiruv malakaviy ishimda Ilashish diskining nometal materialini yangisiga almashtirish jarayoni taxlil qilib chiqmoqchiman. Ushbu material ilashish diskining ish jarayonida asosiy vazifani bajaradi. Ilashish diskining ish faoliyatini qayta tiklash uchun nometal materialni almashtirishning o’zi kifoya. Mening taklifim va amaliyotda qo’llanilayotgan uslubning farki shundaki bir dona shu nometal materilning ishdan chiqishi sababli butun ilashish diskini almashtirish holatidir bu holat moddiy jixatdan anchagina qimmat hisoblanadi, mening taklifim bo’yicha ish olib borish esa anchagina tejamkor hisoblanadi. Hozirgi kunda avtoextiyor qisimlarning turlari ko’payib ketgan bularning ichida sifatsiz extiyor qisimlar ko’plab uchrab turibdi. Avtomobil ishlab chiqarishda unga eng sifatli detallar o’rnatiladi va ular uzoq muddat xizmat qilish saloxiyatiga ega hisoblanadi. Nometal materilni almashtirish hisobiga shu sifatli detal xizmatidan yana foydalanish imkoniyatini xosil bo’ladi. Bular haqida Konstruktorlik qismida batafsil so’z boradi.
3.ADABIYOTLAR SHARHI
O’zbek va rus olimlarining ilmiy adabiyotlaridan, gazeta va jurnallardan hamda internet ma`lumotlaridan keng foydalanilgan. Quyida eng asosiy ma`lumotlar olingan adabiyotlar va manbalar hamda ulardan olingan ilmiy ma`lumotlar sharxi kеltirilgan.
Горбацевич А.Ф., Шкред B. А. Курсовое проектирование по технологии машиностроения: [Учебное пособие для машиностроит. Спец Вузов]. – 4-е изд., перераб. И доп. – Мн.: Выш. Школа. 1983. – 256 с., ил. Ushbu kitobdan men birlamchi val detalini tayyorlash texnologiyasiga doir ma’lumotlarni oldim
Ю.В.Барановского.: Режимы резания метталов. Справочник/Под ред. 3 - е изд., пер и доп. – М.: Машиностроение, 2003. -944с. Ushbu kitobda Har xil turdagi metallar va nometal materiallar tashqi va ichki yuzalariga, aniqlik darajasi va sirt tozaligiga qarab qanday ishlov berilishi haqida ma’lumotlar berilgan. Birlamcji val detalini kesish ma’romlarini hisoblashda foydalandim.
С.Ф.Соболев, Ю.П.Кузьмин.: Методические Указания. Справочник/Под ред. Санкт – Петербург, 2007. – 120с. Ushbu kitobda metal va nometal bo’lgan materiallarga ishlov berish turlari haqida va ularga doir turli xil qo’shimcha ma’lumotlar berilgan. Kesish maromlari hisoblashda ushbu kitobdan juda ko’plab foydali ma’lumotlar olib foydalandim.
А.Г.Косиловой, Р.К.Мешерякова.: Справочник - технолога машиностроителя. Т.1/ Под ред. М.: Машиностроение 1986 – 656c. Bu kitobda injiner texnolog uchun zarur bo’lgan ko’plab ma’lumotlar mujassam qilingan. Birlamchi val detalini xom ashyosini materialini olishda foydalandim.
А.Г.Косиловой, Р.К.Мешерякова.: Справочник - технолога машиностроителя. Т.2/ Под ред. М.: Машиностроение 1985 – 496c. Bu kitobdan Frezalash – markazlash, Tokarlik va frezalash (tish ochish) operatsiyalari uchun kerak bo’lgan dastgohlarni tanlashda foydalandim.
Sobirov B.A. “Texnologik jixozlarni loyixalash” fanidan maruza matinlari. Urganch. 2004-yil. 135 bet. Ushbu kitobda texnologik jixozlarni loyixalash tartibi, qaysi operatsiyadan keyin qaysi bajarilishi kerakligi haqida, detalga ishlov berish davomida qo’shimcha qurilma va moslamarlardan foydalanish kerakmi degan savollarga javob oldim.
Анурьев В. И. Справочник - конструктора машиностроителя. М.: Машиностроение, 2001. – T1 – 920c. Bu kitobdan asosan ilashish muftasining konstruksiyasini o’rganish davomida foydalandim detallar qanday materiallardan tayyorlanishi kerakligi. Turli xil ilashish muftasini avzallik va kamchiliklarini taxlil qilib o’zimga kerakli xulosaga keldim.
Анурьев В. И. Справочник - конструктора машиностроителя. М.: Машиностроение, 2001. – T2 – 912c. Bu kitobda mexanizmlarda harakatlanadigan uzellar haqida ko’plab ma’lumotlar berilgan, ilashish diskining shesternyali qismining tuzilishi uning ish faoliyati haqida, birlamchi val detalining tishli g'ildirak sirti va podshipnik o'tqaziladigan sirtlarini o’rganishda ko’plab ma’lumotlaridan foydalandim.
Chevrolet Lacetti ekspluatatsiya kitobi. Bu kitobda Lacetii avtomobili haqida ko’plab ma’lumotlar keltirilgan.
Foydalanish bo`yicha eng ommaviy va qulay bo`lgan adabiyot bu gazeta va jurnallardir. Avtomobillar olamidagi barcha yangiliklar, qo`lga kiritilgan barcha yutuqlar, avtomobillar tarixi va klassik avtomobillar kolleksiyasi bilan ajoyib rangli tasvirlarda tanishtiradi. Jurnallar yana hozirgi jadal rivojlanayotgan avtomobil modifikatsiyalari, avtoolamdagi sotuvlar va avtomobil narxlari va turli reklamalar bilan bizni ogoh etadi. Jurnallarda eng e`tiborli jihatlaridan yana biri, bir qancha maqolalar yo`l harakat qoidalarini o`rgatadi, ibrat bo`lsin uchun to`qnashuvli holatlarning tasvirini ko`rsatadi. Bularning mutoala qilib yursak har jihatdan foydalidir.
Gurin F. V. va boshqalar, “Avtomobilsozlik texnologiyasi”. Ushbu kitobda zavodlarda avtomobil ishlab chiqarish texnologiyasi asoslari, ularni qo’llash va takomollashtirish yo’llari keltirilgan bo’lib, shu bilan birga avtomobilning payvandlash yo’li bilan tayyorlanadigan qismlariga ham alohida to’xtalib o’tilgan.
Babusenko S.M. “Traktor va avtomobillar remonti”. Dasrlikda traktor va avtomobillarni ishlatish va remont qilish holatlarida ularning ishonchliligini belgilovchi omillar berilgan.
G’.Yo.Yormatov, O.R.Yuldashev, A.L.Hamraev “Hayotiy faoliyati xavfsizligi“ darsligida ob-havo sharoiti va inson faoliyati, ishlab chiqarish muhitining ob-havo sharoiti, sanoat korxonalarida shamollatish qurilmalariga qo’yiladigan asosiy talablar, changlangan havoni tozalash qurilmalari, shovqindan saqlanish, texnika vositalarida xavf-xatarlar va ulardan muhofazalanish, elektr xavfsizligi, mehnatni muxofaza qilish qonunlari va tashkiliy asoslari va yong’inni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlari to’risida kerakli ma’lumotlar berilgan.
Saidov D.M. Solid Edge V20 programma kompleksida avtomatik loyihalash asoslari. Ushbu darslikda mashinasozlikda va avtomobilsozlikda qo’llaniladigan detallar, uzellarning chizish ketma-ketliklari, detallarni bikrlikka hisoblash usullari, chekli elementlar usulidan foydalanib detalni ishonchlikka baholash yo’llari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
O’quv adabiyotlardan tashqari internet ma’lumotlaridan ham keng foydalanildi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling