Urganch davlat universiteti texnika fakulteti
Ta'minlagichlarning tasniflari
Download 1.66 Mb.
|
жараён ва апоратлар.doc (2)
13.2 Ta'minlagichlarning tasniflari.
Ta'minlagichlar. Ta'minlagichlarning konstruksiyasi. Lentasimon ta'minlagichlar soluvchan, plastik va mayda bo‘lakli materiallarni bir xilda uzatib berish uchun mo‘ljallangan. Ta'minlagichning bunkeri payvandlangan. Bunkerning pastki qismida to‘siq bor, u vintli uzatgich orqali boshqaruvchi val bilan holati boshqariladi. Oldi qismidagi to‘siq, boshqaruvchi bilan boshqariladi. Lentali konveyerni ishlash vaqtida miqdorlanayotgan material lenta bilan harakatlanadi. To‘siq yordamida bunkerning chiquvchi joyini boshqariladi. Demak ta'minlagichning ish unumdorligi ham boshqariladi. Plastinasimon ta'minlagichlar jag‘li, konusli, maydalagichlarni oziqlantirish uchun material bo‘laklarini uzatish uchun va yirik hajmda miqdorlash uchun ishlatiladi. Ta'minlagich quyidagilardan tuzilgan: plastinasimon konveyer va korpusdan. Lentasimon konveyer alohida plastinalardan tuzilgan bo‘lib, uning oxirlari zanjir zvenolariga mahkamlangan. Plastinalar bir-birlarini berkitib turadi. SHuning uchun miqdorlanayotgan material sochilib ketmaydi. Zanjirlarni tortuvchi va uzatuvchi vallarga mahkamlangan yulduzchalar ushlab turadi. Ta'minlagichning qobig‘i to‘g‘ri to‘rt burchak ko‘rinishida quticha shaklida bo‘ladi. Unda qutichani uchga, ikkitaga bo‘lish uchun bir ikkita to‘siqlar o‘rnatilgan. Qutichaning oldi qismiga uruvchi val o‘rnatilgan, u tuproq qumloqlarni maydalash uchun mo‘ljallangan. Vintli ta'minlagichlar kukunsimon materiallarni bir xilda uzatish uchun mo‘ljallangan. Vintli ta'minlagich quyidagilardan tuzilgan. Germetik qobiqdan va valdagi vintli parraklardan iborat. Material ta'minlagichga varonka orqali yuklanadi va varonka orqali tushiriladi. Ta'minlagichni tekshirib turish uchun qobiqda teshiklar qilingan. Ta'minlagich valiga shkiv tasmali uzatgich yoki reduktor orqali elektrodvigateldan aylanma harakat uzatiladi. Barabanli ta'minlagichlar kukunsimon yoki mayda bo‘lakli materiallarni bir xil me'yorda uzatib berish uchun qo‘llaniladi. Ta'minlagich qobiqdagi barabandan iborat. Baraban valdan yon tomondagi devorlardan va radial poydevorli vtulkadan iborat. Barabanssilindrik yuzaga ega emas. Material ta'minlagichga yo‘lak orqali tushadi. Ariqli ta'minlagichlar mayda bo‘lakli materiallarni uzatish uchun qo‘llaniladi. Ta'minlagich: ramadan, ariqcha yurituvchidan iborat. Ariqcha roliklarga mahkamlangan payvandlangan idishsimon konstruksiyani hosil qiladi. Roliklar qobiqchaga mahkamlangan. Ta'minlagich elektrodvigatelьdan, reduktordan va ikkita egri tirsakli val shatunli mexanizmdan tashkil topgan. Egri tirsakli valning oxirlari ariqchaga mahkamlangan. YUrituvchi mexanizmdan ariqchalar ilgarilanma va qaytma harakatga keladi. Tarelkasimon ta'minlagichlar kukunsimon va mayda bo‘lakli materiallarni bir xilda uzatish uchun mo‘ljallangan. Ta'minlagich tarelkadan, vertikal valdan, bunker va trubalardan iborat. Val tasmali uzatma va chervyakli reduktorlar orqali elektrodvigatelьda aylanma harakat oladi. Ta'minlagich ishlayotgan vaqtda material bunkerdan truba orqali konussimon holda tarelkaga sochiladi. Tarelka aylanganda material to‘siq orqali teshikka tushadi. Tarelkasimon ta'minlagichni ishlab chiqarish samaradorligini oshirish mumkin.Qoshiqsimon ta'minlagichlar aravachadan va uzun bunkerdan iborat. Arava qo‘zg‘aluvchan arava bo‘lib 4 ta g‘ildirakli, ularning 2 tasi tortuvchidir. Aravachaga idish o‘rnatilgan, uning ichida aravani harakatlantiruvchi uyg‘otuvchi-tebratgichlar, taqsimlovchi tebratgichlar va gidro uzatmalar joylashtirilgan. Qoshiq almashinuvchi uchlarga ega. Ularning hajmi yasalayotgan truba o‘lchamlariga qarab o‘rnatiladi. Beton qorishmasi o‘zi yurar bunkerdan qoshiqchaga to‘ldiriladi. Keyin beton qorishmasi yuklangan qoshiqsimon arava o‘ng tomonga yuradi va aylanma harakat beruvchi mashinaga o‘rnatilgan shaklga keltiriladi. Qoshiqning oxiri tayanchga mahkamlanadi. Keyin gidrotsilindr to‘siqni ochadi, bir vaqtning o‘zida tebratgichlar ishga tushadi. Qoshiqchadan beton qorishmasini tushirilgandan keyin to‘siq yopiladi, tebratgich o‘chadi. Taqsimlovchi tebratgich gidrotsilindr yordamida yotqizilgan beton qorishmasidan chetga olinadi. Keyin arava chapga olinadi va truba shakllandi. Ish jarayoni shunday takrorlanadi. Bunday ta'minlagichlarni diametri 0,4-0,9 m. bo‘lgan trubalarni tayyorlashda qo‘llaniladi. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling