Urganch davlat universiteti texnika fakulteti


-Modul: Xom-ashyoni etkazib berish


Download 1.66 Mb.
bet44/81
Sana07.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1245474
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   81
Bog'liq
жараён ва апоратлар.doc (2)

13-Modul: Xom-ashyoni etkazib berish.




13.1. Ta'minlagichlar to‘g‘risida umumiy ma'lumotlar.
Temir-beton mahsulotlarini va tayyor mahsulot sifatida har xil qurilish materiallarini ishlab chiqarish va xom ashyoni ratsional ravishda sarflash aniq miqdorlashga bog‘liq bo‘ladi. Miqdorlash materialni massasi (og‘irligi) yoki hajmi bo‘yicha miqdorlovchi yoki oziqlantiruvchi orqali amalga oshiriladi. Hajmi bo‘yicha miqdorlash aniqligi, massasi bo‘yicha miqdorlashga qaraganda sezilarli darajada pastdir. Hajmiy miqdorlash, asosan suyuqliklar uchun har xil texnologik va transport mashinalarini oziqlantirish uchun ishlatiladi. Ko‘proq hajmi bo‘yicha aniq miqdorlaydigan mashina va apparatlarni hajmiy miqdorlovchilar deyiladi. Massasi bo‘yicha miqdorlovchilarni esa – og‘irlik miqdorlovchilar deyiladi. Umumiy holdagi hajmiy og‘irlik miqdorlovchilar ham bor, ular bitta material hajmi bo‘yicha miqdorlansa, ikkinchisi esa – massa bo‘yicha miqdorlanadi.

Beton qorishmasini tayyorlashdagi betonni aniq miqdorlash ± 2% ni (massasi bo‘yicha) tashkil etsa, to‘ldiruvchilar uchun ±3% ni (mayda tosh, tosh, qum va boshqalar) tashkil qiladi. Bunday aniqlikga og‘irlik miqdorlagichlari orqali erishiladi. Suyuqlikni miqdorlashda og‘irlik miqdorlagichda ham hajmiy miqdorlagichda ham amalga oshiriladi. Miqdorlagichlar qo‘l bilan va avtomatik ravishda boshqariladiganlarga ajraladi. Miqdorlagichlar ishlash prinsipi bo‘yichassiklli va uzluksiz ishlaydiganlarga bo‘linadi.


Ta'minlagichlar materiallarni qayta ishlash mashinalariga, miqdorlagichlarga, uzatkich qurilmalariga va asosiy texnologik agregatlarga bir xilda uzatib berish uchun mo‘ljallangan. Konstruksiyasi bo‘yicha ta'minlagichlar lentasimon, plastinasimon, vintli, barabanli, ariqchali, tarelkasimon (disksimon) va qoshiqsimonlarga bo‘linadi. Ular o‘rnatilish usuli bo‘yicha qo‘zg‘almas, qo‘zg‘aluvchan va osma ta'minlagichlarga bo‘linadi. Ta'minlagich sifatida elaklar va har xil konveyerlar xizmat qilishi mumkin.



Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling