Urganch davlat universiteti texnika fakulteti


Download 1.66 Mb.
bet18/81
Sana07.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1245474
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   81
Bog'liq
жараён ва апоратлар.doc (2)

Proporsionallik qonuni. G‘ildirakning aylanishlar chastotasi o‘zgarganda nasosning ish unumdorligi, bosimi va nasos iste’mol qiladigan quvvat o‘zgaradi. G‘ildirakning bir minutdagi maksimal aylanishlar chastotasi n1 dan n2 ga qadar oshirilsa, nasosning ish unumdorligi Q2 ham Q1 ish unumdorligiga nisbatan proporsional ravishda ortadi:

51



Q2



n2

,

(5.16)




Q

n
















1

1










Suyuqlikning tegishli N1 va N2 bosimlari aylanishlar chastotasining kvadratlari nisbatiga proporsional:



H

2

n

2












2



, (5.17)





























H1

n1









Nasos iste’mol qiladigan quvvat N1 suyuqlik sarfi Q ning suyuqlik bosimi N ga ko‘paytmasiga proporsional bo‘lganligi sababli, g‘ildirakning bir minutdagi aylanishlar chastotasi turlicha bo‘lgandagi nasosning oladigan quvvati N2 va N1 bir minutdagi aylanishlar chastotasining kublari nisbatiga proporsional bo‘ladi:

N

2

n

3















2



,

(5.18)





























N1

n1












Demak, nasos g‘ildiragining aylanishlar chastotasi ortishi bilan uning ish unumdorligi birinchi darajada, bosimi ikkinchi darajada, talab qilinadigan quvvat esa uchinchi darajada oshadi. Ammo amalda proporsionallik qonuni g‘ildirak aylanishlar chastotasining ikki martadan kam o‘zgaradigan sharoitlardagina o‘z kuchini saqlaydi.
Nazorat savollari



  1. Nasos hosil qilgan bosim qanday aniqlanadi?




  1. Haqiqiy bosim bilan nazariy bosimning farqi nima?




  1. So‘rish balandligi qanday aniqlanadi?




  1. Nasoslarning ish xarakteristikasidan qanday foydalaniladi?



6- Modul. Issiqlik almashinish jarayonlari

52


Ventilyatorlar, ularning asosiy xarakteristikalari



  1. Ventilyatorlarning asosiy parametrlari




  1. Kompressorlarning umumiy bosimi va xaydash balandligi




  1. Gazoduvkalarning asosiy parametrlari




  1. Vakuum nasoslarining ish xarakteristikalari

Bumerang usulida mavzu bo‘yicha ma’lum bo‘lgan tushunchalarni faollashtiradi

Talabalar ikki guruhga bo‘linadi. Har qaysi guruhga mustaqil tayyorlanish uchun ventilyatorlar, kompressorlar, gazoduvka va vakuum nasoslarning turlari, ularning ishlash prinsipi, asosiy parametrlari, xaydash bosimi, napori , sarfi shular orqali ish xarakteristikasi va proporsionallik qonuniyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘yicha tayyorlanishga vaqt va mavzu beriladi. Ma’lum vaqtdan so‘ng 1 guruhdan 5, 6 ta talaba 2 guruhdagi 5, 6 talaba bilan o‘rin almashadi va har qaysi guruhda talabadar orasida bilim almashish jarayoni ketadi.


Gazlarni siqish va uzatish. Ximiya sanoatida gazlarni trubalar orqali uzatish va siyraklantirish uchun ular siqiladi. Siqilgan gazlar suyuqliklarni aralashtirish, sochib (purkab) berish uchun va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Gazlarni siqish va uzatish uchun kompressor mashinalardan foydalaniladi. Xuddi suyuqliklar kabi, gazlar ham bosimlar farqi bo‘lgandagina uzatiladi.

Siqilgan gaz bosimi r2 ning siqilmagan gaz bosimi r1 ga nisbati siqish darajasi deyiladi. Siqish darajasining kattaligiga qarab kompressor mashinalar quyidagi tiplarga bo‘linadi:





  1. Ventilyatorlar (r2/r1<1,1) - ko‘p miqdordagi gazlarni uzatish uchun foydalaniladi.




  1. Gazoduvkalar (1,12/r1<3) - gaz trubalarida katta qarshilik bo‘lganda ishlatiladi.




  1. Kompressorlar (r2/r1>3) – yuqori bosim hosil qilish uchun ishlatiladi.

  2. Vakuum nasoslar – bosimi atmosfera bosimidan past bo‘lgan gazlarni so‘rish uchun ishlatiladi.

Ishlash prinsipiga ko‘ra kompressorlar hajmiy va parrakli (qanotli) bo‘ladi.


Hajmiy kompressorlarda gaz bosimi uning hajmini majburiy kamaytirish hisobiga ko‘payadi. Hajmiy kompressorlar jumlasiga porshenli, rotatsion va vintli kompressorlar kiradi.


Parrakli kompressorlarda gaz bosimi kompressorning g‘ildiraklari aylanganida vujudga keladigan inersiya kuchlari ta’sirida ko‘payadi. Ular


trubokompressorlar ham deyiladi hamda markazdan qochma kuch ta’sirida ishlaydigan ventilyator va trubogazoduvkalarga bo‘linadi.

Porshenli kompressorlar kam miqdordagi gazlarni katta bosimlargacha (0,5; 1; 5; 10; 20 MPa va undan yuqori) siqishda ishlatiladi. Trubokompressorlar esa aksincha, katta miqdordagi gazlarni nisbatan past bosimlarda (0,15...1,5 PMa atrofida) uzatib berishga mo‘ljallangan.



Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling