Urganch davlat universiteti texnika fakulteti


-rasm. Ko‘p bosqichli markazdan qochma nasos


Download 1.66 Mb.
bet16/81
Sana07.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1245474
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   81
Bog'liq
жараён ва апоратлар.doc (2)

5.3-rasm. Ko‘p bosqichli markazdan qochma nasos:

a) nasosning tuzilishi; b) uning tashqi ko‘rinishi; 1-qobiq; 2-ish g‘ildiragi; 3-uzatish kanallari; 4-so‘ruvchi quvur; 5-uzatuvchi quvur; 6-havo chiqadigan jo‘mrak.


Nasos qisqa muddatga to‘xtatilganda, shuningdek, ish g‘ildiragi suyuqlik bilan to‘ldirilganda, suyuqlikning oqib ketmasligi uchun so‘rish quvuriga qopqoq o‘rnatiladi.

Markazdan qochma nasoslar quyidagi afzalliklarga ega: suyuqlik vaqt o‘tishi bilan bir me’yorda uzatiladi, tuzilishi sodda, ixcham, vazni engil va o‘lchamlari kichkina, hamma qismlari quyma shaklda oddiy tayyorlangan, unumdorligini haydash quvuridagi siljituvchi mexanizm yordamida o‘zgartirish mumkin, siljituvchi mexanizm yopiq bo‘lganda ham ishlaydi.



47




5.4-rasm. Diffuzor:

1-ish g‘ildiragi; 2-diffuzor.
Kamchiligi: nasosni ishlatish uchun oldindan g‘ildiraklarini suyuqlik bilan to‘ldirish kerak, foydali ish koeffitsienti yuqori emas (=0,6...0,7).
Nasoslarning foydali ish koeffitsientini oshirish uchun ish g‘ildiragi bilan qobiq o‘rtasiga diffuzorlar o‘rnatiladi (5.4-rasm).


Markazdan qochma nasoslarning asosiy tenglamasi. Nasosning ishlashini tahlil qilish uchun suyuqlikni ish g‘ildiragining ikki parragi orasidagi kanal bo‘ylab harakat qilishini ko‘ramiz.

Nasos ishlaganida suyuqlikning har bir zarrachalari bir vaqtning o‘zida kanalda W nisbiy tezlikda parrak bo‘ylab hamda ish g‘ildiragi bilan birgalikda nasos o‘qi atrofida u tezlikda aylanma harakat qiladi. Kanaldagi suyuqlik zarrachalarining absolyut tezligi ikkala W va u tezliklarning geometrik yig‘indisiga teng.


Mexanika qonunlariga asosan, vaqt birligidagi o‘zgaruvchan harakat miqdori tizimga teng ta’sir qiluvchi tashqi kuchlarning momentiga teng. Agar suyuqlik massasini G desak, vaqt birligida nasos g‘ildiragidan o‘tayotgan suyuqlik miqdori:





G(R2 c2 cos2 Rc1 cos1 ) M ;

(5.11)

bu erda R1 va R2-g‘ildirakning ichki va tashqi radiusi (5.5-rasm); M-g‘ildirakning aylanish momenti.


48



5.5-rasm. Markazdan qochma nasoslarning asosiy tenglamasini aniqlash.


Aylanish momentida suyuqlikning sarfi bo‘lmasa va g‘ildirak aylanish momentining burchak chastotasi  bo‘lsa, g‘ildirak parraklarining suyuqlikka beradigan quvvati quyidagicha bo‘ladi:

M GgH H ;

(5.12)

bu erda NN nasos g‘ildiragi hosil qiladigan nazariy bosim.


SHunday qilib:




G (R2 c2 cos2 Rc1 cos1 ) GgHH ; (5.13)



  • Ru1 va  R2u2 bo‘lgani uchun (8.2) tenglamadan nazariy bosimni aniqlasak, u holda:

H H 1/ g(u2 c2 cos2 u1c1 cos1 ) ; (5.14)

Bu tenglik markazdan qochma nasoslarning asosiy tenglamasi bo‘lib, nazariy bosimni aniqlash uchun ishlatiladi.


Nasoslarda bosimning maksimal qiymatiga erishish uchun ish g‘ildiragi parraklarga suyuqlik radial yo‘nalishda kiradigan qilib tayyorlanadi. Nasos hosil qiladigan haqiqiy bosim nazariy bosimdan kam bo‘ladi, chunki bosimning bir qismi gidravlik qarshiliklarni engish uchun sarf bo‘ladi. Bundan tashqari, suyuqlikning hamma zarrachalari ikki parrak orasidagi kanalda bir xil traektoriya bo‘ylab harakat qilmaydi, shuning uchun g‘ildirakdagi suyuqlik oqimlari uchun ularning burchak tezliklari ham turlicha bo‘ladi.



Yo‘qotilgan





Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling