Urganch davlat universiteti texnika fakulteti


Namlikning material ichida siljishi


Download 1.66 Mb.
bet31/81
Sana07.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1245474
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   81
Bog'liq
жараён ва апоратлар.doc (2)

Namlikning material ichida siljishi. Materialning tashqi yuzasidan namlikning bug‘lanishi natijasida material ichida namlik gradienti paydo bo‘ladi, bu gradient ta’sirida materialning ichki qatlamlaridan uning yuzasiga qarab namlikning bunday harakati ichki diffuziya deb ataladi. Quritishning birinchi davrida (quritish tezligi o‘zgarmas bo‘lganda) material ichidagi namlikning o‘zgarishi katta bo‘ladi, bunda quritish tezligiga asosan material yuzasidan namlikning bug‘lanish tezligi (ya’ni tashqi diffuziya) ta’sir qiladi. Biroq material yuzasidagi namlik kamayib borib gigroskopik namlikka etganda va undan keyin ham kamayishi davom etsa, ya’ni quritishning ikkinchi davrida protsessning tezligiga asosan ichki diffuziya ta’sir qiladi. Quritishning ikkinchi davrida protsessning tezligi doim kamayib boradi.

Quritishning birinchi davrida material ichidagi namlik (kapillyarlardagi namlik va osmotik birikkan namlik) suyuqlik ko‘rinishida tarqaladi. Ikkinchi davrning boshlanishi, ya’ni quritish tezligining bir me’yorda kamayishida material yuzasining ayrim joylarida har xil shakldagi chuqur zonalar paydo bo‘ladi va materialning ichida bug‘lanish yuz beradi. Bunda kapillyarlardagi namlik va adsorbsion birikkan namlikning bir qismi materialning ichida bug‘ holida siljiydi.


Keyinchalik materialning yuza qatlami to‘la qurib bo‘lgandan so‘ng, bug‘lanishning tashqi yuzasi borgan sari materialning geometrik yuzasidan kamayib ketadi. Bunday sharoitda namlikning ichki diffuziya ѐrdamida



98



siljishining ahamiyati ortadi. Ikkinchi davrning quritish tezligi turlicha kamayadigan bosqichda material bilan mustahkam bog‘langan adsorbsion namlik qattiq fazalar ichida faqat bug‘ holida tarqaladi.

Namlikning qattiq material ichida tarqalish hodisasi namlik o‘ikazuvchanlik deb ataladi. Namlik o‘tkazuvchanlikning intensivligi yoki namlik oqimining zichligi namlik konsentratsiyasi gradientiga proporsionaldir:





  1. Dm c n

bu erda Dm-namlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti.


Bu ifodaning o‘ng tomonidagi minus ishora namlikning konsentratsiyasi katta bo‘lgan qatlamdan konsentratsiyasi kichik bo‘lgan qatlamga qarab siljishini ko‘rsatadi.


Namlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti Dm ning (m2/soat) fizik ma’nosi namlikning materialdagi ichki diffuziya koeffitsientini ifodalaydi va


issiqlik o‘tkazish protsesslaridagi temperatura o‘tkazuvchanlik koeffitsientiga o‘xshaydi. Namlik o‘tkazuvchanlik koeffitsientining qiymati namlikning material bilan birikish turiga, quritish temperaturasiga, materialning namligiga bog‘liq bo‘lib, faqat tajriba yo‘li bilan aniqlanadi.


Quritishning ayrim turlarida (masalan, kontakt, radiatsiyalash ѐki dielektrik usullar ishlatilganda) material qatlamida namlik gradientidan tashqari, biror qiymatga ega bo‘lgan temperatura gradienti ham paydo bo‘ladi. Temperatura gradienti ta’sirida material ichida issiqlik oqimiga parallel bo‘lgan namlik oqimi hosil bo‘ladi.


Bu hodisa issiqlik ta’sirida namlik o‘tkazuvchanlik deb ataladi. Issiqlik ta’sirida namlik o‘tkazuvchanlik bilan namlikning o‘tish tezligi issiqlik ѐrdamida namlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti δ orqali belgilanadi. Namlik va temperatura gradientlari ta’sirida materialning


99


ichidan o‘tayotgan namlik oqimlari bir-biriga qarama-qarshi yo‘nalgan bo‘ladi. Konvektiv quritish protsessiga issiqlik ta’sirida namlik o‘tkazuvchanlik hodisasining ahamiyati sezilarli emas.

12.3-rasm. Laboratoriya qurilmasining sxemasi:


1-ventilyator; 2-elektr isitkich; 3-ho‘l termometr; 4-quruq termometr; 5-tarozi.



Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling