Urganch davlat universiteti texnika fakulteti


Namlikning material yuzasidan bug‘lanishi


Download 1.66 Mb.
bet36/81
Sana07.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1245474
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   81
Bog'liq
жараён ва апоратлар.doc (2)

Namlikning material yuzasidan bug‘lanishi. Bu protsess asosan bug‘ning qattiq material yuzasidan havoning chegara qatlami orqali diffuziya yo‘li bilan o‘tishidan iborat. Materialning yuzasidan namlikning bug‘lanish yo‘li bilan havo oqimiga o‘tishi tashqi diffuziya deb

110



ataladi. Tashqi diffuziya yordamida namlikning taxminan 90 %i tarqaladi. Material yuzasidan atrof-muhitga namlik bug‘ holatida o‘tadi. Tashqi diffuziyaning harakatlantiruvchi kuchi material yuzasidagi va atrof-muhitdagi konsentratsiyalar yoki parsial bosimlar ayirmasi Rm-Rh bilan ifodalanadi.

Material yuzasidan namlikning berilishi quyidagi tenglama orqali topiladi:




m (P P ) 760


T X V
bu erda: β-modda berish (yoki namlik berish) koeffitsienti; RT-material yuzasidagi to‘yingan bug‘ning parsial bosimi; Rh-bug‘ning havodagi parsial bosimi; V- barometrik bosim.


Namlikning material ichida siljishi. Materialning tashqi yuzasidan namlikning bug‘lanishi natijasida material ichida namlik gradienti paydo bo‘ladi, bu gradient ta’sirida materialning ichki qatlamlaridan uning yuzasiga qarab namlikning bunday harakati ichki diffuziya deb ataladi. Quritishning birinchi davrida (quritish tezligi o‘zgarmas bo‘lganda) material ichidagi namlikning o‘zgarishi katta bo‘ladi, bunda quritish tezligiga asosan material yuzasidan namlikning bug‘lanish tezligi (ya’ni tashqi diffuziya) ta’sir qiladi. Biroq material yuzasidagi namlik kamayib borib gigroskopik namlikka etganda va undan keyin ham kamayishi davom etsa, ya’ni quritishning ikkinchi davrida protsessning tezligiga asosan ichki diffuziya ta’sir qiladi. Quritishning ikkinchi davrida protsessning tezligi doim kamayib boradi.

Quritishning birinchi davrida material ichidagi namlik (kapillyarlardagi namlik va osmotik birikkan namlik) suyuqlik ko‘rinishida tarqaladi. Ikkinchi davrning boshlanishi, ya’ni quritish tezligining bir me’yorda kamayishida material yuzasining ayrim joylarida



111



har xil shakldagi chuqur zonalar paydo bo‘ladi va materialning ichida bug‘lanish yuz beradi. Bunda kapillyarlardagi namlik va adsorbsion birikkan namlikning bir qismi materialning ichida bug‘ holida siljiydi.



Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling