Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiy
Download 26.21 Kb.
|
Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil ishi Mavzu:Ma’lumot-axbarot hujjatlari
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TURIZM VA IQTISODIYOT fakulteti ‘’Buxgalteriya hisobi va audit ‘’ ( tarmoqlar bo’yicha ) yo’nalishi 1-kurs sirtqi 211 - guruh talabasi Hojiboyev Akbarbek Sardor o’g’lining O’zbek tilini sohada qo’llanishi fanidan yozgan Mustaqil ishi Mavzu:Ma’lumot-axbarot hujjatlari Reja; 1.Ariza 2.Ishochnoma 3.Tilxat 4.Tavsifnoma 5.Bildirshnoma 6.Tushuntirish xati Ma’lumot-Axborat Hujjatlari Ma’lumot-Axborat Hujjatlari anchayin katta guruxni tashkil qiladi, ular ish yuritish jarayonida ayniqsa ko’p ishlatiladi. Bu guruh ariza, bayonnoma, bildirishnoma, vasiyatnoma, taklifnoma, ishonchnoma, taklimnoma,tarjimayi hol, tushuntirish xati, e’lon, ma’lumotnoma, hisobat kabi hujjatlarni o’z ichiga oladi. Ariza Ariza – muayyan muassasa yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat, eng koʻp tarqalgan ish qogʻozi. Masalan, bogʻcha mudirasi, maktab direktori, oliy oʻquv yurti rektori, davlat yoki xususiy korxona yoxud nodavlat tashkiloti yoki jamiyat va hakozo rahbari nomiga ishga, oʻqishga kirish va ulardan boʻshatish, ish yoki uy-joy sharoitini yaxshilash, nafaqa belgilash, moddiy yordam koʻrsatish, taʼtil berish, jamoat yoki aksiyadorlik jamiyatlariga aʼzo boʻlib kirish va hokazo mavzulardagi arizalar. Ariza:1) Ariza (hujjat) - muayyan muassasa yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat, eng ko‘p tarqalgan ish qog‘ozi.2) Ariza (huquq) (arz) — davlat organi, sud, korxona, muassasa, tashkilotga, jamoat birlashmasi va fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlariga biron-bir masala bo‘yicha yakka tartibda yoki jamoa bo‘lib og‘zaki yoxud yozma ravishda qilingan shikoyat. Ariza (maʼnolari) soʻzini bildiruvchi bir necha sahifa topildi. Ushbu sahifaga sizni olib kelgan maqoladagi tegishli ishoratni bu yerga emas, toʻgʻri kerakli maqolaga yoʻnaltirishingiz mumkin. Arizalar bog’cha mudirasiga, maktab direktoriga, oily o’quv yurti rektori, Jamoa xo’jaligi boshqaruviga tuman rahbariyatiga va boshqalarga oddiy arizachining taklifi iltimos yoki shikoyatini ko’rib chiqib xal qila oladigan har qanday idora boshliq nomiga yozilish mumkin. Ariza (huquqda) (arz) – davlat organi, sud, korxona, muassasa, tashkilotga, jamoat birlashmasi va fuqarolarning oʻz-oʻzini boshqarish organlariga biron-bir masala boʻyicha yakka tartibda yoki jamoa boʻlib ogʻzaki yoxud yozma ravishda qilingan shikoyat. Oʻzbekiston Respublikasining „Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida“ Qonunida (1994-yil 6-may) ariza ham jismoniy, ham yuridik shaxslar tomonidan berilishi mumkinligi koʻrsatilgan. Qonun talabiga koʻra, arizalarni koʻrib chiqish oʻz vakolatiga kiradigan davlat organlari, jamoat birlashmalari, ularning mansabdor shaxslari, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari hamda boshqa mansabdor shaxslari: ularni har tomonlama, xolisona va oʻz vaqtida koʻrib chiqishlari; qonunga asoslangan qarorlar qabul qilishlari va ular ijrosini taʼminlashlari; arizalarni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida fuqarolarga maʼlum qilishlari shart. Arizada bayon etilgan talablarni qondirishning rad etilishi, sabablari koʻrsatilgan holda yozma tarzda fuqaroga maʼlum qilinishi lozim. Arizasi boʻyicha qabul qilingan qaror ustidan fuqarolar ushbu Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega. Fuqarolarning arizalari davlat organiga, jamoat birlashmasiga, korxona, muassasa va tashkilotga tushgan kundan eʼtiboran bir oygacha muddat ichida, qoʻshimcha oʻrganishni va tekshirishni talab qilmaydigan masalalar esa 15 kundan kechiktirmay hal qilinishi shart. Arizani hal etish uchun maxsus tekshiruvlar oʻtkazish, qoʻshimcha materiallarni soʻrab olish yoki boshqa chora-tadbirlar koʻrish zarur boʻlsa, tegishli organ, korxona, muassasa, tashkilot rahbarining oʻrinbosari arizani hal etish muddatini, istisno tariqasida, uzaytirishi mumkin, biroq bu muhlat bir oydan, arizani koʻrib chiqish umumiy muddati 2 oydan oshmasligi, bu haqda ariza bergan shaxsga maʼlum qilinishi shart. arizada fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan va arizaning mohiyati bayon etilgan boʻlishi lozim. Agar ushbu maʼlumotlar arizada koʻrsatilmagan boʻlsa, unday ariza anonim xat hisoblanadi va koʻrib chiqilmaydi. Jinoyat haqidagi imzosiz, qalbaki imzoli yoki uydirma shaxs nomidan yozilgan ariza anonim hujjat hisoblanib, jinoyat ishini qoʻzgʻatishga sabab boʻla olmaydi. Ariza arz qiluvchi shaxs tomonidan imzolanishi lozim. Ogʻzaki arizani qabul qilgan mansabdor shaxs tomonidan bu haqda bayonnoma tuziladi, unda arz qiluvchi, uning yashash va ishlash joyi, shaxsiy hujjatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettirilishi, arz qiluvchi hujjat koʻrsata olmasa, uning shaxsi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni boshqa yoʻllar bilan tekshirish chorasi koʻrilishi kerak (yana Oʻzbekiston Respublikasi FPK 40 – 45, 100, 148 – 157, 159-moddalariga q.). Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun talablarini buzganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi MJK 43-moddasiga asosan maʼmuriy javobgarlik koʻzda tutilgan. Download 26.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling